1-Amaliy mashg’ulot Elektron apparatlarga tashxis qo’yishda foydalaniladigan vositalarni xatoliklarini xisoblash



Yüklə 19,8 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü19,8 Kb.
#167649
1   2   3
1- Amaliy mashg\'ulot

o’lchash aniqligi deb ataladi. Aniqlikni oshirishga intilib, biz o’lchash xatoligini kamaytirishimiz lozim. Ammo, aniqlikni oshirish usullari, ko‘pincha, murakkab bo’ladi va qimmat turadi. Shuning uchun, avval o’lchashning aniq shart-sharo’ltlari va maqsadlariga bogiiq bo’lgan maqbul aniqlikni baholab olish va zarur bo’lsa, so‘ngra aniqlikni oshirish choralarini ko‘rish lozim. O’lchashni bajaruvchi asboblarning ko‘rsatishi o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladi. Shuning uchun, o’lchash asbobining ko‘rsatishi va haqiqiy ko‘rsatishi degan tushunchalar mavjud.
Kattalikning sanoqqa ko‘ra topilgan qiymati о‘Ichash asbobining ko‘rsatishi deyiladi. Bu kattalikning namunaviy asboblar orqali aniqlangan ko‘rsatishi haqiqiy ko‘rsatish deyiladi.
Asbobning ko‘rsatishi va o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o‘lchash asbobining xatosi deyiladi. Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash mumkin bo’lm aganligi sababli, o’lchash texnikasida namunaviy asbobning ko‘rsatishi shu kattalikning haqiqiy qiymati deb qabul qilinadi.
Agar Xk bilan sanoq ko‘rsatishidagi qiymatni, Xh bilan haqiqiy qiymatni belgilasak, quyidagi ifodadan AX mutlaq xatolikni topamiz:

O’lchash asbobining mutlaq xatoligi deb, shu asbobning ko‘rsatishi bilan o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farqqa aytiladi. Bu yerda, xatoliklar plus yoki minus ishorasi bilan kattalikning birliklarida ifodalanadi. Mutlaq xatolik kattaligining haqiqiy qiymatga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi. Nisbiy xatolik orqali o’lchashning aniqlik darajasini ifodalash juda qulay.

Odatda, haqiqiy qiymat — Xh va topilgan qiymatlar — Xk ga nisbatan AX juda kichik bo’ladi, ya’ni

Shuning uchun, quyidagi ifodani yozish mumkin:

Shunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda mutlaq xatolikning asbobni ko‘rsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda ifodalanadi. Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun o ‘lchash asbobining ko‘rsatishiga tuzatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olingan mutlaq qiymatga teng:

bu yerda: T — tuzatma.
Asbobning xatoligi shkala diapazonining fo’lzlarida ifodalanadi. Bunday xatoliklar keltirilgan xatolik deyiladi va mutlaq xatolikning asbobni о‘lchash chegarasiga nisbatiga teng, ya’ni

bu yerda: N — asbobning o‘lchash chegarasi.
Misol. Yuqorigi o ‘lchash chegarasi 300°C bo‘lgan potensiometrning ko‘rsatishi Xk= 240°C va o ‘lchanayotgan haroratning haqiqiy qiymati Xh— 24\,2°C bo’lgandagi mutlaq, nisbiy va keltirilgan xatoliklari topilsin. Mutlaq xatolik (1.6) ifoda bo‘yicha AX= — 1,2°C, nisbiy xatolik (1.8) ifoda bo‘yicha b = —0,5 %, keltirilgan xatolik (1.10) ifoda bo‘yicha j = 0,4 %.
Xatolik qiymati o‘lchash asbobi aniqligini, demak, o‘lchash natijasini ham xarakterlaydi. 0 ‘lchash aniq bo‘lishi uchun xatoligi kichik bo‘lgan asboblardan foydalanish lozim. Ammo xatoliksiz asboblar tayyorlash mumkin emas. Xatoligi kichik bo‘lgan asboblar bilan ishlashda katta ehtiyotkorlik talab etiladi. Texnik o‘lchashlar uchun belgilangan qiymatdan oshmaydigan, yo‘l qo‘yiladigan xatoligi bor asboblardan foydalaniladi.
Asbob ko‘rsatishining standart yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatoligi yo‘l qo‘yiladigan xatolik deyiladi. Xatolik miqdori o‘lchashlar olib borilayotgan tashqi muhitga (atrof-m uhit harorati, atmosfera bosimi, tebranish va boshqalarga) bog‘liq bo‘lganligi sababli asosiy va qo‘shimcha xatoliklar tushunchalari kiritiladi. O‘lchash asbobi uchun texnik sharo’ltlar imkon bergan, maxsus yaratilgan normal ish sharo’ltida yo‘l qo‘yilgan xatolik asosiy xatolik deyiladi.
Atrof-muhitning normal sharti deb 20°C harorat va 101325 N /m 2 (760mm sim. ust.) atmosfera bosimi qabul qilingan. Tashqi sharo’lt o‘zgarishining asboblarga bo‘lgan ta’siridan kelib chiqadigan xatolik qo‘shimcha xatolikdir. O‘lchash asboblarining sifati ularning xatoliklaridan tashqari, asboblar variatsiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan xarakterlanadi.
Yüklə 19,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin