2. B) TUPROQNING SUVLI ERITMASINI TAYYORLASH VA UNDA ISHQOR BORLIGINI ANIQLASH Tuproq ko‘pincha kislotali muhitga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik ishlarida kislotali tuproq ohak yordamida neytrallanadi, ba’zida esa ortiqcha
olingan ohak tuproqning ishqorlashishiga olib keladi.
Tuproq eritmasini tayyorlash. 5 g atrofida tuproq namunasi tarozida tortib olinadi va probirkaga solinadi. So‘ngra 1 molarli kaliy xlorid eritmasidan 12,5 ml olib probirkaga
quyiladi. Probirka og‘zi tiqin bilan berkitilib, ichidagi aralashma yaxshilab
aralashishi uchun bir muddat to‘xtovsiz silkitiladi. 10 minut tindirib
qo‘yilgan probirka devoridagi tuproq qoldiqlarini yuvib idish tubiga
tushirish uchun u o‘z o‘qi atrofida qiyalatilgan holda aylantiriladi.
Shundan so‘ng probirka ertasi kungacha shtativga mahkamlangan holda
qoldiriladi.