Sulfat kislotaning qaynoq eritmasiga shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turgan holda oz-ozdan mis (II)-oksid qo‘shiladi va oksid erimay qolguncha bu jarayon davom ettiriladi. Eritmani chinni kosachaga filtrlab olinadi va kosacha shtativ halqasiga o‘rnatiladi. Tuz kristallari hosil bo‘lguncha spirt lampasi alangasida qizdiriladi. Olingan tuz kristallari tashqi ko‘rinishiga e’tibor bering. Tajribada ishlatilgan moddalarning tashqi ko‘rinishiga, rangiga e’tibor bering. Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi: 1. Ishning mavzusi va maqsadi.
2. Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati.
3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibining qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.
4. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.
5. Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon etish