Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir tajribaviy masalalar yechishda har bir masala uchun zaruriy jihozlar va reaktivlar tayyorlab olinadi. Mehnat xavfsizligi qoida lariga amal qilgan holda tegishli tajribalar bajariladi.
Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi: 1. Ishning mavzusi.
2. Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati.
3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibini
qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.
4. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.
5. Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon etish.
Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati.