1 amaliy mashg'ulot Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish
Ommaviy ximoya inshootlari turlari:
1. Muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra - maxsus boshpanalar (panajoylar), radiatsiyadan yashirinish joylari va eng oddiy yashirinish joylariga (yerto‘la, handaqlar) bo‘linadi.
Maxsus boshpanalar - germetik holda qurilgan bo‘lib, yadro zaryadi portlashidan hosil bo‘lgan shikastlovchi omillardan hamda kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan to‘liq himoya qiladi.
Radiatsiyaga qarshi boshpanalar - aholini radiatsion zararlanishdan himoya qiladi. Metropoliten hamda alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalaridan foydalanish mumkin.
Eng oddiy yashirinish joylari – maxsus yoki radiatsiyaga qarshi boshpanalar yetarli bo‘lmaganda, ulargacha bo‘lgan masofa uzoqlik qilganda aholini favqulodda vaziyatlardan vaqtinchalik himoya qiladi. Yadroviy portlashda yorug‘lik nurlanishidan himoya qiladi, zarb to‘lqini va o‘tuvchi(singuvchi) radiatsiya ta’sirini kamaytiradi. Yerto‘lalar, handaqlar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun qurilgan omborlar va boshqa qurilmalar moslashtiriladi. Ular qurilish konstruksiyasiga ko‘ra, oddiy himoya inshootlariga kiradi. Oddiy boshpanalar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi.