1-amaliy mashg’ulot. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja



Yüklə 414 Kb.
səhifə13/13
tarix02.01.2022
ölçüsü414 Kb.
#42387
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 amaliy mashg'ulot Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish

Zararsizlantirish vositalari (IPP-8, IPP-9). Terining ochiq joylariga tushgan zaharlovchi moddalarni va terining ochiq joyiga tegib turadigan (bo‘yin, yuz, qo‘llar) kiyim-kechak yengini, yoqasini hamda protivogazning yuz qismini zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ushbu vosita jangovar holatlarda zarur bo‘lib qolgan vaqtda shaxsiy qurol va harbiy texnikaning ayrim qismlari, kishilar tegadigan joylarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi.

IPP-8 shaxsiy paket polietilen xaltadan iborat bo‘lib, uning ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqlik solingan shisha flakon va to‘rtta paxta-dokali tampon solingan.



Zaharlovchi moddalar teriga tushgan vaqtda tezlik bilan shaxsiy paketlar chap qo‘lga olinadi; IPP-8 paketining shisha idishi qopqog‘i ochiladi; teridagi suyuq-tomchi holidagi zazarlovchi moddalar asta-sekinlik bilan quruq paxta-dokali tamponga shimdirib olinadi; paxta-dokali tomponning ikkinchisi olingan va degazatsiya qiluvchi suyuklikka xo‘llanib zaharlovchi modda tushgan joylar va protivogazning yuz qismi sinchiklab artib chiqiladi (odamning yuz qismi artilayotgan vaqtda ko‘zga suyuqlik tushmasligiga harakat qilish kerak) ishlov o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng shisha flakon qopqog‘i maxkam qilib yopiladi va protivogaz sumkasiga solinadi.
Yüklə 414 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin