Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi



Yüklə 373,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix21.07.2022
ölçüsü373,63 Kb.
#62849
  1   2   3   4   5   6   7
afrika materigining umumiy xususiyatlari.



NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
TABIATSHUNOSLIK FAKULTETI 
 
GEOGRAFIYA O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI 
 
 
 
MAVZU
Afrika materigining umumiy xususiyatlari. 
 

Bajardi: Iskanova Gulniso 


 
 
Navoiy - 2016 


MUNDARIJA: 
KIRISH 
1-BOB. AFRIKA MATERIGINING UMUMIY 
XUSUSIYATLARI. 
1.1. AFRIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O’RNI VA 
CHEGARALARI. 
1.2. AFRIKA QIRG’OQLARIDAGI OKEANLARNING 
MATERIK TABIATIGA TA’SIRI.
2-BOB. AFRIKA MATERIGI ICHKI SUVLARI. 
2.1. AFRIKA MATERIGI DARYOLARI. 
2.2. AFRIKA MATERIGI KO’LLARI.
ADABIYOTLAR RO’YXATI. 
XULOSA. 
 
 


KIRISH 
Materiklar tabiiy geografiyasi tabiy geografiya fanlarining muhim 
qismidir. Tabiiy geografiyaning o’rganish ob’yekti-geografik qobiqdir. 
Geografik qobiq bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan yer po’sti, 
atmosferaning quyi qatlamlari, okean va materik suvlari, tuproqlar, 
o’simliklar hamda hayvonlardan tarkib topgan. Geografik qobiqning
ayrim tarkibiy qismlari, uchastkalari yoki komponentlarini o’rganish 
bilan tabiiy geografiyaga yaqin va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan –
geologiya, 
geomorfologiya, 
iqlimshunoslik, 
gidrologiya, 
tuproqshunoslik, biogeografiya shug’ullanadi. Geografik qobiq-bir 
butun sistema sifatida, uning tuzilishi, rivojlanishi va o’ziga xos 
xususiyatlari hamda asosiy qonuniyatlari tabiiy geografiyaning umumiy
yer bilimi deb ataluvchi bo’limida o’rganiladi. Geografik qobiqni tahlil 
qilish uning bir butunligini, uni tashkilo etuvchi komponentlarning 
hamda unda ro’y beruvchi tabiiy jarayonlarning o’zaro aloqadorligi va 
bir-biriga bog’liqligini ko’rsatadi. Biroq geografik qobiq bir butunligi 
bilan birga, makonda ya’ni bir joydan ikkinchi joyga farq qilishi bilan 
xarakterlidir. Geografik qobiqning bu xilma-xilligi hududiy bo’linishi 
differensiallanishi deyiladi.
Hududiy bo’linish-geografik qobiqning uni tashkil etuvchi 
komponentlar hamda unda ro’y beruvchi jarayonlarning o’zaro qarama-
qarshi ta’siri natijasida rivojlanishi oqibatidir. Geografik qobiq hududiy 
bo’linishi natijasida nisbatan bir xil joylarning murakkab tabiiy tizimga 
ajraladi, bu joylar tashqi ko’rinishi va ichki xususiyatlari jihatidan bir-
biridan farq qiladi. Geografik qobiqning bunday hududiy qismlari tabiiy 
komplekslar, eokomplekslar, geosistemalar, landshaftlar deyiladi. 


Ularning katta-kichikligi va bir xillik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. 
Geografik qobiqning katta-katta qismlarini egallovchi va faqat mayda 
masshtabli kartalargagina sig’adigan murakkab yirik geokomplekslar 
ajratiladi; bular esa yirik masshtabdagi o’rganishni talab etadi. 
Tabiiy hududiy birliklarni ajratish, kartaga tushirish hamda 
tasvirlash jarayoni tabiiy geografik rayonlashtirish deyiladi. Tabiiy 
geografiyaning geografik qobiqning konkret qismlarini-uchastkalarini 
o’rganish va tabiiy geografik rayonlashtirish bilan shug’ullanadigan 
tarmog’i regional tabiiy geografiya deyiladi. Latincha-regio o’lka, rayon. 
Umumiy yer bilimi va regional tabiiy geografik o’zaro 
chambarchas bog’liq, chunki ularning o’rganish ob’yekti umumiy-
epigeosfera, ya’ni geografik qobiqdir. Biroq umumiy yer bilimi 
epigeosferaga uning bir butunligi, yaxlitligi nuqtai nazaridan qaraydi, 
regional tabiiy geografiya esa epigeosferani ichki tafovutlari hamda 
regional xususiyatlari jihatidan ko’rib chiqadi. Bunda shuni ham yodda 
tutish kerakki, geografik qobiqning ichki tafovutlari tasodifiy bo’lmay, 
umuman butun geografik qobiqning mavjudligi va rivojlanishini
boshqaruvchi umumiy qonuniyatlarning namoyon bo’lishidan iboratdir.
Shuning uchun ham regional tabiiy geografiya geografik qobiq umumiy 
xususiyatlari va qonuniyatlarining konkret hududlard qanday namoyon 
bo’lishini o’rgatadi va. Binobarin umumiy yer bilimi regional tabiiy 
geografik kurslar uchun zaruriy ilmiy-nazariy bazadir, deb aytish 
mumkin. Regional tabiiy geografiyani o’rganishda, shuningdek
geografik qobiqning ayrim komponentlarini o’rganuvchi tarmoq 
kurslardan-geologiya, o’simliklar geografiyasi, tuproqshunoslik va h.k.


Regional tabiiy geografiya geografik qobiqning tabiiy chegaralar 
bo’yicha ajratilgan ayrim hududiy birliklarini o’rganadi. Bu tabiiy 
hududiy birliklar juda katta –masalan, butun bir materik, materikning bir 
qismi, okean, o’rtacha-materik doirasidagi katta tabiiy rayon, masalan, 
Sahroi Kabir va kichik bo’lishi mumkin. O’rganilayotgan rayonlarning 
katta-kichikligi va murakkabligiga qarab, ularni o’rganish mashshtabi 
hamda mukammallik darajasi ham o’zgaradi, bu esa, o’z navbatida 
regionlarni qanday o’rganish vazifalariga bog’liq. Kicik regionlar odatda 
batafsil o’rganiladi va bu o’rganishlar natijasi xalq xo’jaligida amaliy 
ahamiyatga ega bo’ladi. Katta hududlarni to’la emas, kamroq darajada, 
kichik msshtabda o’rganishning amaliy ahamiyatidan ta’limiy ahamiyati 
kattadir.
Kichik masshtabli regional geografiya mamlakatshunoslik bilan 
chambarcha sbog’liq. Keng ma’noda olinganda, mamalkatshunoslik 
biror mamlakat yoki rayonni siyosiy-ma’muriy chegarada tasvirlashdan 
iborat; u tabiat va tabiat resurslari, aholi, xo’jalik, madaniyatini 
tasvirlashni o’z ichiga oladi. Biroq mamlakatshunoslik deganda, kishilik 
jamiyati uchun muhit bo’lgan tabiiy geografik sharoitning o’zini 
o’rganishni ham tushunish mumkin. Bunday tabiiy geografik 
mamlakatshunoslik amalda regional tabiiy geografiyaning o’zi deyish 
mumkin.
Butun geografik qobiq haqida va uni tashkil etuvchi tizimlar-tabiiy 
komplekslar haqida gap ketganda, kishilik jamiyati faoliyatining tabiatga 
ko’rsatadigan juda katta ta’sirini unutmaslik kerak. Umuman geografik 
qobiq va uning ayrim qismlari tabiiy huddiy tizimlar sifatida garchi, Yer 
sharinig rivojlanishi jarayonida shakllangan bo’lsada, bu tizimlar 


kishilik jamiyatining ta’sirida ma’lum darajada o’zgargan. Jamiyatning 
rivojlanish darajasiga, uning qaysi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga 
mansubligiga, o’rganilayotgan hududda aholi qay darajada zich 
joylashganligiga qarab, tabiiy komplekslarning inson tomonidan 
o’zgartirilishi turlicha xarakterda bo’lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda geografik qobiqda biron bir joy yo’qki, u kishilik 
faoliyatining ozmi-ko’pmi bevosita yoki bilvosita ta’sirida bo’lmagan 
bo’lsin. Ba’zi hollarda bu ta’sir shu qadar kuchli va uzoq davom etganki, 
tabiiy sharoitning tub o’zgarishlariga olib kelgan hamda “antropogen” 
landshaftlarni vujudga keltirgan. Masalan, sanoat yulsak darajada 
rivojlanagan va shaharlar ko’p to’plangan regionlarda yoki dehqonchilik 
madaniyati ming yillik tarixga ega bo’lgan rayonlarda tabiatning 
takrorlanmas o’zgarishlari va haqiqiy tabiiy komplekslarning buzilishlari 
ro’y beradi. Hattao, inson faoliyati tabiatga muntazam ta’sir 
ko’rsatmaydigan joylarrda, chunonchi, okeanlarning, markaziy 
qismlarida yoki bu darajada namoyon bo’ladi. Ma’lumki, hatto 
muntazam qatnovchi hozirgi zamon kemalari yoki samolyotlari atrof-
muhitning muayyan o’zgarishlariga sabab bo’ladi. 
Shuning uchun tabiiy geografiya u yoki bu regionni ta’riflashda 
inson faoliyatining natijalarini tahlil qilmay, uning kelgusidagi 
oqibatlarini hisobga olmay va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiat 
boyliklaridan eng oqilona foydalanishga oid tavsiyalar bermay o’ta 
olmaydi. Agar geografik qobiqdagi u yoki bu joyni tahlil qilishda 
kishilik faoliyati natijasilari hisobga olinmay, faqat tabiiy sharoit va 
qonuniyatlar ko’rib chiqilsa, bunda gap ideal tabiiy ob’yektlar ustida 
ketgan bo’ladi, vaholanki, bunday ob’yekt haqiqatda endi yo’q. 


Materiklar tebiiy geografiyasi kursida barcha materiklar va 
okeanlarning ularga tutash qismlari-dengizlar va orollar bilan 
o’rganiladi. Bunda quruqlikka asosiy e’tibor beriladi, okeanlar va 
dengizlar 
esa 
asosan 
ularning 
materiklar 
tabiiy 
sharoitining 
shakllanishidagi ahamiyati va aholining hayoti hamda faoliyatiga ta’siri 
nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
Har bir materikning ta’rifi regional tabiiy geografik ta’riflashning 
umum qabul qilgan muayyan rejasi bo’yicha beriladi. Bu rejani 
geografik qobiq doirasida tabiiy hududiy komplekslarni hosil qiluvchi 
tabiat komponentlarining o’zaro aloqadorligi va bir-biriga bog’liqligi 
taqozo etadi. Dastlab materikning, uning o’lchamlari, shakli, geografik 
o’rni, tabiati asosiy xususiyatlarining umumiy ta’rifi beriladi. Bu 
nisbatan kichik kirish qismidan so’ng mazkur materikni o’rab turuvchi 
okeanlarning qirg’oq bo’yi qismlari qisqacha ta’riflanadi. Bundan keyin 
keluvchi “Tabiat shakllanishining asosiy bosqichlari” nomli bob butun 
materik tabiatining komponentlari-rel’yef, iqlimi va boshqalar tahlil 
qilinadi. Bunda asosiy tabiat resurslariga qisqacha baho beriladi. 
Komponentlar obzorining oxirida shu materikning aholisi, uning kelib 
chiqishi, rivojlanishi va joylashishining asosiy bosqichlari, irqiy 
xususuyatlari, shuningdek, uning tabiatga ko’rsatgan ta’sirining darajasi 
hamda xarakteri to’g’risida ma’lumot beriladi. 
Materik umumiy ta’rifining oxirida uning tabiatining hududiy 
taqsimlanishi xususiyatlari va uning doirasida ajaratiladigan tabiiy 
komplekslar sistemasi masalasi ko’rib chiqiladi. Geografik qobiqning 
ajratiladigan regionlari murakkab tabiiy komplekslardan iborat bo’lib, 
ular tarkibida umuman geografik qobiqni tashkil etuvchi barcha tabiat 


komponentlari ishtirok etadi va o’zaro bir-biriga ta’sir etib turadi. 
Shuning uchun na tabiat zonalari, na geomorfologik rayonlashtirish 
birliklari bunday regionlar bo’la oladi; chunki ular ayrim guruh 
komponentlar taqsimlanishinigina aks ettiradi va kompleks tabiiy 
geografik rayonlashtirishning birliklari hisoblanadi. “To’la” tabiiy 
komplekslarning shakllanishida esa, geografik qobiqning barcha 
komponentlari ishtirok etadi va binobarin, ulardan biri emas, balki ular 
orasidagi o’zaro aloqa xarakteri hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Rel’yef, 
iqlim, suvlar, organik dunyoning tarkibi va tashqi ko’rinishi 
xususiyatlari, zonal strukturaning namoyon bo’lish xarakterining xuddi 
shu o’zaro aloqasiga bog’liqdir. 
Mazkur kursda rayonlashtirishning asosiy birligi va geografik 
ta’riflashning asosiy o’b’yekti bir butun, geografik jihatdan alohida 
ajralib turuvchi hududdir, bu hududning asosiy qismi bir iqlim 
mintaqasida joylashgan bo’lib, bir tektonik oblastga kiradi. Uning 
doirasida bir iqlim tipi bilan biror morfostruktura tipining ustun turishi 
bilan xarakterlanuvchi nisbatan kichik tabiiy hududiy birikmalar 
ajratiladi. Tabiiy sharoiti bir-biriga o’xshash o’lkalar materikning katta 
qismlari-subkontinentlarni yoki okeanning katta qismlarini tashkil 
qiladi. Geografik qobiq hududiy bo’linishining eng katta birliklari 
materiklar yoki okeanlardir.



Yüklə 373,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin