Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi



Yüklə 373,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.07.2022
ölçüsü373,63 Kb.
#62849
1   2   3   4   5   6   7
afrika materigining umumiy xususiyatlari.

1-BOB. AFRIKA MATERIGINING UMUMIY 
XUSUSIYATLARI 
1.1. AFRIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O’RNI VA 
CHEGARALARI. 
Afrika materigi-yer sharida maydonining kattaligi jihatidan 
Yevrosiyodan keying ikkinchi materik. Atrofdagi orollar bilan 
birgalikda uning maydoni 30,3 mln. km
2
, orollarni qo’shmaganda-29,2 
mln. km
2
Afrika materigi yevrosiyo bilan chambarchas bog’liq; bu 
materiklarni Qizil dengiz bilan O’rta dengizgina ajratib turadi. Afrika 
bilan Yevrosiyo sharqiy yarimshardagi yaxlit quruqlikdan iborat bo’lib, 
uni boshqa materiklardan juda katta maydondagi okeanlar ajratib turadi.
Materikning eng chekka nuqtalari shimolda-Al-Abyad burni -
37
0
20
1
shimoliy kenglik, janubda-igna burni 34
0
52
1
janubiy kenglik. 
Afrika shimoldan janubga 8 ming km ga cho’zilgan. Materikning eng 
serbar qismi ekvatordan shimolda-10
0
va 16
0
shimoliy kengliklar 
orasidadir; bu yerda Afrika 17
0
33
1
g’arbiy uzunlikda Almadi burnidan 
51
0
24
1
sharqiy uzunlikdagi Xafun burnigacha davom etadi va eni 7500 
km ga yetadi.
Afrika qirg’oqlari yaqinida orollar u qadar ko’p emas. Orollardan 
eng kattasi Madagaskar. Bundan tashqari, Hind okeanida Sokotra, 
Zanzibar, Pemba, Mafiya, Komor, maskaren orollari bor. Bu orollarning 
deyarli hammasi materik orollari bo’lib, materikdan u qadar uzoqda 
emas. Atlantika okeanida materik va vulkan orollaridan Madeyra, 


kanar, yashil burun, Masias-Ngema-Biyogo, prinsipi, san-Tome, 
annoban orollari joylashgan.
Yevrosiyo orografiyasi juda parchalangan, past-baland bo’lsa va 
xilma-xil bo’lsa, Afrika rel’yefi aksincha, ancha tekis va yer yuzasining 
tuzilishi ham murakkab emas. Afrika rel’yefida balandligi balandligi 
balandligi 200 m dan 1000 m gacha bo’lgan tekisliklar va yassi 
tog’liklar asosiy o’rin tutadi. Maydonini 10 % dan kamrog’I 
pasttekisliklardan, 20 % dan ko’prog’I tog’li o’lkalardan iborat. 
Amterikning chekka qismlari ko’pincha ichki rayonlarga nisbatatn bir oz 
balandroq. O’rtacha balandligi 750 m.
Afrika ekvatorning har ikki tomonida joylashgan. Asosiy qismi 
tropic-ekvatorial kengliklarda, shuning uchun ham harorat ko’pincha 
juda balnd bo’ladi. Materik ichki qismlarining rel’yefi ancha tekis va 
atrofi berk bo’lganidan Afrika iqlimi o’ziga xos kontinentaldir. Tekislik 
rel’yefining ko’pchilikni tashkil etishi va geografik o’rni materikda 
geografik zonallikning yaqqol namoyon bo’lishiga sharoit yaratgan. 
Tabiiy sharoiti nisbatan bir xil bo’lgan va deyarli kenglik bo’ylab 
cho’zilgan keng polosalar qonuniy ravishda ekvatordan shimol va 
janubga tomon almashina boradi. Zonal struktura materikning kattagina 
va rel’yefiga ko’ra bir xil bo’lgan shimoliy qismida ayniqsa yaqqol 
namoyon bo’lgan. 
Miloddan oldin ko’p asrlar ilgariyoq materikning sohiliga va ichki 
rayonlariga Osiyo va Shimoliy Amerika xalqlari: finikiyaliklar, 
misrliklar, karfagenlar kelib turishgan. Ilk o’rta asrlarda Sharqiy va 
shimoliy Afrikaga Arabiston yarim orolidan arablar kelgan. \XV asrda 


portugallar Hindistonga boradigan yo’l qidirib, Afrikaning sohillarini 
tekshirishgan. Bu esa qul savdosi hamda yevroplaiklarning Afrika 
mamlakatlarini zabt etish davrining boshlanishi edi. XVIII asr oxiri va 
XIX asrda Angliya bilan Fransiya materikning ichki qismlarida bir 
qancha mustamlakalar zabt etdilar. Shundan keyin kashfiyotlar va 
tadqiqotlar boshlanib ketdi. 1788 yilda inglizlar “Afrika ichki qismlarini 
kashf etishga yordam assotsiyasini” tuzdilar. Bu assotsiatsiya yirik 
ekspeditsiyalar tashkil qildi. Afrikadagi eng yirik daryolar: Niger, Nil, 
Kong ova Zambezi daryolari havzalarining tadqiq etishi bilan bog’liq 
asosiy 
geografik 
muammolarning 
hal 
qilinishi 
XIX 
asrdagi 
tadqiqotlarning ijobiy samarasi edi. Markaziy va janubiy Amerikani 
o’rganishga ingliz olimi D. Livingston katta hissa qo’shdi. Bu olim 30 
yil davomida 1843-1873 yillarda Atlantika okeanidan Hind okeanigacha 
keyptaun burnidan deyarli ekvatorgacha bo’lgan katta maydonlarni 
o’rgandi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida Nil daryosi bilan Kongo daryosining 
suvayirg’ichidagi o’lkalarni rus olimi V.V. yunker o’rgandi. 
XX asrning birinchi yarmida butun continent yoki uning ayrim 
qismlari va o’lkalari geografiyasi bo’yicha yirik asarlar paydo bo’ldi.
1960 yildan Afrikani tadqiq etishda jiddiy qiziqishlar boshlandi, 
chunki bu davrga kelganda sobiq mustamlakar o’rnida mustaqil davlatlar 
paydo bo’la boshlagan edi.

Yüklə 373,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin