2-BOB. AFRIKA MATERIGI ICHKI SUVLARI
2.1. AFRIKA MATERIGI DARYOLARI
Afrika yillik oqim umumiy hajmiga ko’ra (5400 km
3
) Yevrosiyo
va Janubiy Amerikadan so’ng uchunchi o’rinda va suv oqimi qatlami
qalinligiga ko’ra (180 mm) Avstraliya va Antarktidani istisno qilganda,
barcha materiklardan keyinda turadi.
Afrika materigining bosh suvayirg’ichi uning eng baland
ko’tarilgan sharqiy chekkasidan o’tadi, shuning uchun ham qit’a yer
yuzasining 1/3 qismidan ko’prog’idan oqim Atlantika okeaniga tomon
oqadi, atigi 1/6 qismi Hind okeaniga, O’rta dengizga esa undan ham
kam oqadi. Afrika yer yuzasining taxminan 1/3 qismidan ( taxminan
9mln.km
2
) okeanga suv oqib kelmaydi, bular ichki havzalarga kiradi
yoki umuman oqar suvi yo’q.
Materik territoriyasida oqar suvlar juda notekis taqsimlangan. Shu
bilan birgalikda oqar suvlarning taqsimlanishi va rejimi ham
materikning muayyan qismida yog’inlarning miqdoriga va rejimiga
chambarchas bog’liq. Afrikada qor va muzliklar daryo va ko’llarning
to’yinishida juda kam rol o’ynaydi. Daryo va ko’llarning to’yinishida
yog’in suvlari asosiy rol o’ynaydi. Ekvator atroflaridagi rayonlarda
daryolar yil bo’yi bir tekisda to’lib oqadi. Bunda daryolarda suvning
kam bo’lish davri deyarli sezilmaydi. Lekin, zenith yomg’irlari ta’sirida
yiliga ikki marta daryolar toshadi.
Subekvatorial iqlimli oblastlarda oqim yoz paytida keskin
ko’payadi va daryolarning suv sarfi ortadi. Materikning shimoli-g’arbiy
va janubi-g’arbiy chekkalarida daryolarda suv qish paytida, har ikkala
yarimsharda qishki siklon yomg’irlari yoqqan paytda ko’payadi.
Yozda suv sarfi ko’p bo’ladigan oblast bilan qishda suv sarfi ko’p
bo’ladigan oblast orasida umuman doimiy suv oqimi bo’lmaydigan keng
territoriyalar bor. Shimoliy Yarimshardagi Sahroi Kabir va janubiy
yarimshardagi Kalaxari cho’lining ancha qismi ana shunday o’lkalardir.
Bu yerlarda umuman oqar suv yo’q, ularda quruq o’zanlar ko’p bo’ladi,
bu o’zanlarda ba’zan bo’lib qoladigan tasodifiy yomg’irlardan so’ng
qisqa vaqtdagina suv bo’ladi.
Afrikaning hozirgi vaqtda qurg’oqchil oblastlari uchun xarakterli
bo’lgan quruq o’zanlarning hamda quruq botiqlarning ko’p bo’lishi bu
yerda bir zamonlar iqlim ancha sernam bo’lganligidan darak beradi.
Markaziy Osiyo va Arabiston yarim orolidagi kabi bu yerda so’ngi
plyuvial davr shimoliy yarimsharning yuqori kengliklarida ro’y bergan
so’ngi muzlik davriga to’g’ri keladi.
Afrikaning deyarli barcha katta daryolari yassi tog’liklar va tog’
tizmalari bilan okeanlardan ajralib qolgan keng kotlovinalarga suv
beradi. Bu tog’lar Afrika platformasining chekka qismlarida yaqin
geologik davrlarda ro’y bergan tektonik harakatlar natijasida ko’tarilgan.
Ana shu tog’lar ko’tarilganda erosion harakat kuchaygan va ko’pgina
daryolarning vodiylarida yirik shaharlar va ostonalar paydo bo’lgan.
Bular esa kemachilikka halaqit beradi va afrika daryolarining
transportdagi ahamiyatini juda pasaytiradi.
Afrikadagi ko’l kotlovinalarining ko’pchiligi ham tektonik
protsesslar natijasida paydo bo’lgan.
Afrikaning eng uzun daryosi – NIL (6671km), uning havzasining
maydoni 2870 ming km
2
. Asvon shahri yaqinida o’rtacha suv sarfi 2600
m
3
/ sek, lekin ayrim yillarda suv sarfida farq bo’lib, 500 m
3
/ sek dan
15000 m
3
/sek gacha o’zgarib turadi.
Havzasining tabiiy sharoiti xususiyati va gidrografik rejimi
xarakteri hamda shu daryo vodiysida yashaydigan xalqlarning
hayotidagi ahamiyatiga ko’ra Nil daryosi dunyodagi eng ajoyib va
o’ziga xos daryolardandir.
2000 m dan ko’proq balandlikdan, sharqiy Afrika massivlarining
biridan, ekvatordan janubda boshlanadigan va Viktoriya ko’liga
quyiladigan Kagera daryosi Nilning boshi hisoblanadi. Ko’ldan bu daryo
viktoriya – Nil nomi bilan oqib chiqadi. Kioga ko’li orqali oqib o’tadi va
Albert ko’liga quyiladi. Bu ko’ldan so’ng Albert – Nil deb ataladi. Ana
shu masofada daryo tog’lar orasidan o’tadi va serostona, bir necha
sharsharalar hosil qiladi. Eng katta Merchison sharsharasining balandligi
40 m ga yetadi.
Tog’lar orasidan Bahril – Jabal, ya’ni “tog’lar daryosi“ nomi bilan
chiqib, keng va yassi kotlovinaga kirib keladi. Shundan so’ng Nil sekin
oqa boshlaydi va o’zanida shoxobchalarga bo’linadi. Ana shu qismda
daryoga eng yirik irmoqlardan Bahril – G’azal ( “ohular daryosi “) va
Sobat daryosi quyiladi. Sobat daryosi tog’lardan sariq rangli loyqa suv
keltiradi, chunki suv tarkibida ko’p miqdorda loyqa bo’ladi. Sobat
daryosidan quyida bu daryo Oq Nil (Bahril – Abyod) deb ataladi.
Xartum shahri yaqinida Oq Nil Ko’k Nil (Bahril – Azrak) bilan
qo’shiladi va shu yerda Nil nomini oladi (arabcha nomi Al – Bahr).
Ko’k Nil Oq Nilga Nisbatan ancha qisqa, lekin Xartum sharidan quyida
nil daryosi rejimining tarkib topishida Ko’k Nil katta rol o’ynaydi. Ko’k
Nil Efiopiya tog’ligida Tana ko’lidan boshlanadi. Nil daryosiga eng
so’ngi sersuv Atbara irmog’i ham ana shu Efiopiya tog’ligidan
boshlanadi. Atbara quyilgandan keyin Nil qattiq qum toshlardan tuzilgan
platoni kesib o’tadi va bir qancha ostonalar hosil qiladi. Xartum shahri
bilan Asvon shahri oralig’ida oltita ostona bor.
Asvon shahridan quyida Nil daryosi eni 20-50 km li vodiydan
oqadi, bu vodiy antropogen davr boshlarida O’rta dengizning qo’ltig’i
bo’lgan. Nil vodiysi tobora o’sib borayotgan delta bilan tugaydi. Bu
delta asta-sekin daryo oqiziqlari bilan to’lib borayotgan buxta o’rnida
vujudga kelgan. Delta maydoni 24000 km
2
.
Nilning suv miqdori mavsumlarda juda o’zgarib turadi. Nil suvi
iyun va sentabrda ko’paya boshlab, quyi oqimida maksimal miqdorga
yetadi. Qohira yonida Nil suvi eng kam bo’lganidan 6-7 m ko’tariladi.
Nilning Vodiy Xalfa yonidagi qismidan bir sutkada o’rta hisob bilan
718 mln. m
3
/sek, Qohira yonidagi qismidan 554 mln. m
3
/sek suv o’tadi.
So’ngra Nil suvi pasaya boshlaydi, lekin suvning pasayishi ko’tarilishiga
qaraganda sekinroq boradi. Suv pasayishi maygaacha davom etadi. May
oyida esa suv sathi hammadan past bo’ladi. May oyida Vodiy Xalfa
yonidagi suv sarfi 51 m
3
/sek ga, Qohira yonida 48 m
3
/sek ga tushib
qoladi.
Nildagi suv sarfining juda katta tafovut qilishiga sabab shuki, turli
mavsumlarda havza maydonidan keladigan suv miqdori katta farq qiladi.
Nil asosan uchta daryo-Ko’k Nil bilan Atbara (84 %) va qisman Oq Nil
(16%) daryolaridan suv oladi. Ko’k Nil va Atbara suvi yozda,
Habashiston tog’ligiga mo’l-ko’l yomg’ir yoqqan davrda maksimal
miqdorga yetadi. Qishda Ko’k Nildagi suv hajmi juda kamayib qoladi,
Atbara daryosi esa butunlay quriydi, Nil bu davrda Oq Nil va sizot
suvlaridan bahra oladi. Oq Nil suvi Ko’k Nilga nisbatan juda kam,
chunki oq Nil sudandan o’tgan vaqtda suvining taxminan yarmi
bug’lanib ketadi, shu bilan birga suv sathi mavsumga qarab kamroq
o’zgaradi, chunki ko’llar suv miqdorini tartibga solib turadi.
АTBАRА (аrаbcha— Bаhrаl-Аsvоd) — Sudаn vа Efiоpiyadаgi
dаryo, Nilning o’ng irmоg’i. Uzunligi 1120 km. Efiоpiya tоg’ligining
shimoliy chеkkаsidаn bоshlаnаdi. Аsоsаn Sudаn plаtоsidаn оqаdi. Suv
sаrfi o’zgаrib turаdi (700 m
3
/sеk dаn 2200 m
3
/sеk gаchа), quyi qismidа
qurg’оqchil dаvrlаrdа butunlаy qurib qоlаdi. Yog’ingаrchilik pаytlаridа
(iyun-sеntabr) dаryodа suv ko’pаyib, kеmаlаr qаtnаydi. Nilgа quyilish
jоyidа Аtbаrа daryosida GES qurilgаn.
Nil daryosi Shimoliy Afrikada o’z suvlarini O’rta dengizga
yetkazib boradigan va hayotsiz cho’lda hayot manbai hisoblanadigan
yagona daryodir. Janubiy o’lkalarda yog’adigan va uning bosh
qismlariga suv beriladigan yog’inlar hisobiga Nil daryosida doim suv
bo’ladi. Oq Nil ekvatorial mintaqada boshlanib, butun yil davomida
yog’adigan yomg’irlardan suv oladi. Daryoning yuqori oqimlarida suv
juda ko’p va deyarli hamma vaqt bir xil bo’ladi, chunki bu yerdagi
ko’llar suv miqdorini tartibga solib turadi. Lekin, Yuqori Nil
kotlovinasida ko’p miqdorda suv bog’lanishga sarf bo’ladi va Xartum
shahridan quyida Nil daryosining to’yinishida Oq Nil Ko’k Nilga
nisbatan ko’proq rol o’ynaydi. Chunki Ko’k Nil Efiopiya tog’ligida
yoqqan yozgi yomg’irlardan so’ng ko’plab suv (umumiy suv sarfining
60-70%) olib keladi. Nil daryosining quyi oqimida suv eng ko’payganda
eng kamaygandagiga nisbatan taxminan 5 marta ko’p bo’ladi. Nil quyi
oqimida toshib butun vodiyni bosadi. Qohira shahri yaqinida suv 8
metrdan ko’proq ko’tariladi. Nil daryosining Efiopiya tog’ligidan
boshlanadigan irmoqlari ko’plab loyqa keltiradi, u daryo toshganda
cho’kadi.
Baland Asvon to’g’oni qurilishiga qadar ko’pdan-ko’p ostonalar
bo’lganidan Nil daryosida boshdan-oyoq kema bemalol qatnay olmas
edi. Ostonalar yaqinida butun yil davomida faqat qayiqlardagina suzish
mumkin edi. Xartum bilan Juba, Asvon bilan Qohira bilan Nil quyilishi
orasidagina doimiy kemalar qatnay olar edi.
Nil daryosiga bir necha to’g’onlar va suv omborlari qurildi, bu
butun yil davomida daryoning suv sarfini tartibga solib turishga imkon
beradi. Yaqin vaqtlargacha Asvon shahri yaqinidagi gidrouzel paxta
dalalarini sug’orish uchun eng yyirik inshoot hisoblanar edi. Biroq bu
eskirgan
gidroinshootlar
muhim
xo’jalik
muammolarini-ekin
maydonlarini
kengaytirish,
arzon
energiya
olish
va
boshqa
muammolarni hal qila olmas edi. Nil vodiysida Asvon shahri yaqinida
yangi katta to’g’on qurildi. Sug’oriladigan yerlar maydoni ana shu
to’g’on tufayli 1/3 marta ko’paydi, mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy
etttirish uchun zarur bo’lgan elektroenergiya ishlab chiqarilmoqda va
kemachilik uchun sahroit yaxshilandi.
KONGO daryosi Afrika daryolari orasida uzunlgi jihatidan
ikkinchi o’rinda turadi. Lekin havzasining maydoni va sersuvligi
jihatidan Kongo Afrikada birinchi o’rinda va dunyoda Amazonka
daryosidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu daryo Luapuluga
quyiladigan Zambezining irmog’i-Kalunga daryosidan boshlanadi.
Lualaba va Zambezi daryolari Kongoning boshi hisoblanadi. Daryoning
uzunligi birinchi daryo boshidan hisoblanganda 4320 km, ikkinchisidan
esa 470 km, havzasining maydoni taxminan 3,7 mln. km
2
. Kalunga
daryosi Tangan’ika ko’linig janubiy chekkasi yaqinidadir. Kongo
qavariq tomoni shimolga qaragan katta yoy hosil qiladi va ekvatorni
ikki joyidan kesib o’tadi. Bu daryo Kongo botig’iga tushib, bir talay
sharshara va ostonalar hosil qiladi.daryoning quyi oqimi okeanga yorib
chiqadigan joydagi kambar vodiyda ham sharsharalar ko’p. Kongo
rejimining asosiy xususiyati shuki, uning suv miqdori kam o’zgarib
turadi. Daryoda suv eng ko’paygan vaqt bilan suv eng kamaygan vaqtda
2:1 60000 m
3
/sek va 30000 m
3
/sek bo’ladi, yer yuzining juda ozgina
daryolarida ko’riladigan g’oyat kichik nisbatdir. Bu tafovutning sababi
havzaning geografik o’rnida va daryo havzasidagi yog’in-sochin
rejimida. Kongo havzasi mo’l-ko’l nam oladigan ekvatorial iqlim
mintaqasi bilan subekvatorial iqlim mintaqasida. Daryo havzasining 1/3
qismi shimoliy yarim sharda va 2/3 qismi janubiy yarimsharda, shunga
ko’ra daryodagi suv miqdori turli mavsumlarda ancha barobarlashib
turadi. Quyilish joyida daryoning o’rtacha suv sarfi 40000 m
3
/sek,
ya’ni Nil daryosining o’rtacha suv sarfidan 15 martadan ko’proq katta.
Kongo daryosi shimoliy va janubiy yarim shardan oqib ekvatorni ikki
marta kesib o’tadi. Atlantika okeaniga quyilaverishda Afrika
platformasining balandroq ko’tarilgan chekka qismini kesib o’tadi.
Tangan’ika ko’liga suv beradigan Lukuga daryosi, Ubangi, Kasai
daryolari Kongoning yirik irmoqlaridir.
KАSАI (quyi оqimidа Kvа) — Mаrkаziy Аfrikаdаgi dаryo,
Аngоlа vа Kоngо Dеmоkrаtik Rеspublikаsi hududidа. Kоngо
dаryosining yirik chаp irmоg’i. Uzunligi 2000 km, hаvzаsining mаydoni
880,2 ming km
2
. Lundа plаtоsidаn bоshlаnib, uning shim. yon bаg’irlаri
bo’ylаb оstоnа vа shаrshаrаlаr hоsil qilib, Kоngо bоtigigа оqib tushаdi.
Quyi оqimidа ko’lgа o’хshаsh shаkllаrni hоsil qilgаn. Yirik irmоqlаri:
o’ngdаn — Luluа, Sаnkuru, Fimi; chаp-dаn — Kvаngо. Sеntabr
оktabrdаn аprelgаchа to’lib оqаdi. O’rtаchа suv sаrfi 10 ming m
3
/sеk.
Bаliq оvlаnаdi. Quyilish jоyidаn bоshlаb 790 km mаsоfаdа kеmа
qаtnаydi. Yirik pristаni — Ilеbо. Kasai hаvzаsidа yirik оlmоs kоnlаri
bоr.
Kongo va uning irmoqlarining yuqori oqimi chekka platolar va
tog’larni kesib o’tib, ostonalar va sharsharalar hosil qilgan. Daryo
ekvator yaqinida yettita sharshara hosil qilgan. Bu sharsharalar
tadqiqotchi Stenli nomi bilan ataladi. Kongoning yuqori oqimi Stenli
sharsaharalari bilan tugaydi. Kongo daryosi o’rta oqimida kotlovina
doirasida keng vodiyda sekin oqadi. Ba’zi bir joylarda daryo o’zani eni
20 km gacha yetadigan ko’llarga o’xshab yoyilib oqadi. Ana shu
qismida Kongo daryosiga eng yirik irmoqlar quyiladi. Kongo quyi
oqimida kristalli tog’ massivini kesib o’tib, yana qator hammasi bo’lib
32 ta sharshara hosil qiladi. Bu sharsharalar Livingston sharsharalari deb
ataladi. Kongo daryosi sohil bo’yi tekisligiga oqib chiqar ekan,
kengayadi va chuqurligi ortadi-70 metrgacha. Daryo quyilish joyida
tarmoqlarga bo’linadi va keng hamda chuqur estuariy bilan tugaydi.
Atlantika okeanida Kongo daryosining o’zani suv tagida 150 km gacha
davom etib, suv osti jo’yagini hosil qilgan. Kongo daryosi olib keladigan
ko’p miqdordagi suv natijasida okeanda bir necha o’n kilometrgacha
bo’lgan masofada suv chuchuk bo’ladi.
Kongo darsyosining juda sersuv bo’lishiga sabab shuki, daryoning
havzasi ekvator atroflarida joylashgan va uning shimoliy hamda janubiy
yarimsharlardan keladigan irmoqlari yilning turli fasllarida yog’in ko’p
bo’ladigan yerlardan o’tadi. Shimoliy irmoqlar Kongo daryosiga mart
oyidan noyabr oyigacha asosiy suvni olib keladi. Kongo daryosining
o’rta va quyi oqimida suv sarfi asta-sekin orta borib, oktabr-noyabr
oylarida maksimumiga yetadi. Yanada sersuv bo’ladigan ikkinchi
maksimum janubiy yarmshardagi yomg’irlar bilan bog’liq bo’lib, fevral-
mart oylariga to’g’ri keladi. Toshqin paytida Kongo daryosi o’rta
oqimida suv qirg’oqlardan chetga chiqadi va bir necha yuz kvadrat
kilometr masofada kotlovinaning yassi yer yuzasini suv bosadi. Suv sarfi
eng kamaygan vaqtlarda Kong ova irmoqlarining suv sathi baribir juda
baland bo’ladi.
Kongo daryosining barcha daryolari juda katta suv energiyasi
zahiralariga ega. Biroq bu energiyadan juda kam miqdorda
foydalaniladi. Foydali qazilmalar qazib chiqariladigan eng muhim
Kataiga rayonida bir necha gidroelektrstansiyalar qurilgan.
Kongo daryosi va irmoqlarining kemachilikdagi ahamiyati
ko’pdan-ko’p ostonalar va sharsharalar tufayli ancha pasayadi. Shunga
qaramasdan, kongo sistemasida kema qatnaydigan qirqqa yaqin daryo
bor va kema qatnaydigan suv yo’llarining umumiy uzunligi 14000
kilometrga yetadi. Kinshasa bilan Kisangani oralig’I Kongo daryosining
kema eng ko’p qatnaydigan qismidir. Daryoning quyi oqimida ostona va
sharsharalar bor joylarda aylanma temir yo’llar qurilgan.
NIGER daryosi uzunligi jihatidan Nil va kongodan keyin, havza
maydoni jihatidan Kong ova Nil daryolaridan keyin va yiliga oqib
o’tadigan suv hajmi jihatidan Kong ova zambezidan keyin Afrika
daryolari o’rtasida uchinchi o’rinda turadi. Shunga qaramasdan Niger
yer sharidagi yirik daryolardandir. Niger daryosining uzunligi 4160 km,
havzasining maydoni 2 mln. Km
2
ga yaqin. Uning o;rtacha yillik suv
sarfi Nil daryosi suv sarfidan ancha ko’p. 12000 m
3
/sek. Niger daryosi
900 m balandlikdan boshlanadi. Daryo boshi okeandan atigi bir necha
o’n km uzoqdadir. Niger Gvineya tog’laridagi manbalaridan to Gvineya
qo’ltig’ining sohilidagi quyiliush joyigacha yo’l-yo’lakay bir yoy hosil
qiladi. Bu yoyning Niger tirsagi deb ataladiga uchi deyarli Sahroi kabir
chegaralarigacha yetadi. Niger daryosi dastlab shimoli-sharqqa qarba
oqadi, so’ngra sahroi kabir chegarsida o’z oqimini keskin o’zgartiradi va
janubi-sharqqa buriladi. Havzasining ana shu qismida Nigerning juda
katta ichki deltasi joylashgan. Bu delta qadimgi suv havzasi mavjud
bo’lgan davrda paydo bo’lgan. Bu suv havzasiga Nigerning yuqori
oqimi quyilgan.
Hozirgi Niger daryosi qadimiy Nigerning janubi-sharqqa qarab
oquvchi yangi daryoni qo’shib olishidan paydo bo’lgan. Qadimiy Niger
hozirgi Nigerga Timbuktu yaqinida qadimgi Nigerning materikdagi
deltasi tarmoqlangan joyda qo’shilgan. Qadimiy Niger pleystotsenda
“Sahroi kabir” dengiziga-Al-Jof botig’idagi oqmas ko’lga quyilgan.
Daryo Gvineya qo’ltig’iga quyilar ekan, keng delta hosil qilgan.
Nigerning eng yirik irmog’i-Benue quyi oqimida chap tomondan
quyiladi. Yuqori va quyi oqimida Niger serostona, quyi va o’rta oqimida
esa tekislikdan o’tadi.
Nigerning yuqori va quyi oqimlari subekvatorial va ekvatorial
oblastlarda, mo’l-ko’l yozgi yomg’irlar polosasida, o’rta oqimi juda
qurg’oq, yarim cho’l oblastlardadir. Daryoning o’rta oqimi qurg’oq
chala cho’l oblastlarda bo’lganligidan yillik suv miqdori kamayadi va
daryo rejimi o’zgaradi. Daryoning yuqori oqimi va quyi oqimi taxminan
bir vaqtda toshadi: yuqori oqimi iyuldan oktabrgacha, quyi oqimi
avgustdan noyabrgacha tooshadi. Daryoning bosh tomonidagi toshqin
suvlari Timbuktuga yetgach, keng yoyilib, qadimgi delta tarmoqlari va
shoxobchalarini bosadi. Bu yerda ko’p suv bug’lanib va shimilib ketadi,
lekin shunga qaramay, toshqin suvining bir qismi quyi oqimga yetib
boradi, shuning uchun kuzdagi asosiy toshqindan keyin daryo etaklarida
ikkinchai marta bahorda fevraldan aprelgacha suv toshadi.
Sahroi Kabir chegarasida Niger sug’orishda juda katta ahamiyatga
ega. Bu yerda bir necha to’g’on, kanallar qurilgan va yirik sholikorlik
rayoni bunyodga kelgan.
Nigerning yuqori va quyi oqimi vodiysi Shimoliy gvineya
qirlarining yon bag’irlarini yori kirgan, daryo o’zanining ko’p joylari
ostonali, lekin daryo qirg’oqbo’yidagi kambar tekislikka chiqqanda yana
juda yoyilib ketadi. Niger Shimoliy Gvineya va Sudan qumtoshlari
hamda kristall jinslarini yuvib ketadi; bu suvda qum-loyqa miqdori
Kongo suvidagi qum-loyqa miqdoridan kamroq, ammo Niger quyilish
joyida juda sertarmoq keng delta hosil qiladi, mangra chakalakzorlari bu
deltaning kengayishiga imkon bermoqda.
ZAMBEZI-Janubiy afrikadagi eng katta daryo va materikning
Hind okeaniga quiladigan daryolaridan eng yirigidir. Uzunligi 2660 km,
havzasining maydoni 1330 ming km
2
. Zambezining o’rtacha yillik suv
sarfi juda katta. 19000 m
3
/sek; bu esa Niger daryosi suv sarfidan bir
necha marta ortiqdir.
Zambezi Kongo-Zambezi suvayirg’ich platosida 1000 m dan
ko’proq balandlikdan boshlanadi, yani Lunda Katanga balandligining
yassi
tekisliklarida
boshlanadi.
Yuqori
oqimi
to
Viktoriya
sharsharasigacha
tinch
oqadigan
keng
daryo
bo’lib,
yozda
yomg’irgarchilik faslida suv bosadigan keng vodiyning bepoyon
botqoqliklarida oqimi ko’rinmay yo’qolib ketadi. Daryo o’z yo’lida
yassi kotlovinalarni va ularni ajratib turgan yassi tog’larni kesib o’tadi
va ko’pdan –kop ostona va sharsharalarni hosil qiadi. Zambezidagi eng
yirik va dunyodagi eng katta sharsharalardan biri Viktoriya
sharsharasining balandligi 120 m, eni 1800 m. Sharsharada suv daryo
o’zaniga perpendikulyar joylashgan basalt daraga otilib tushadi.
Shovqin bilan otilib tushgan suv bir necha kilometrgacha eshitiladi va
suv uchqunlari oppoq ustunga o’xshab ko’tariladi, shuning uchun
mahalliy xalq “Chinqiriq tutun” deb nomlangan. Viktoriya sharsharasi
yaqinida gidroelektr stansiya va Kariba suv ombori qurilgan. Sеkundigа
urtа hisоb-dа 1400 m3 suv tushаdi. V.dа kichikrоq GES qurilgаn. V. vа
ungа yondоsh hudud-lаrning tаbiаt mаnzаrаlаri vа nоyob hаyvоnlаrini
muhоfаzа qilish mаqsаdidа Zаmbеzi dаryosining jаnubiy sоhilidа
Viktоriya-Fоlе milliy pаrki tаshkil etilgаn. Viktoriyani 1855 yildа ingliz
sаyyohi D. Livingstоn kаshf etgаn vа ingliz qirоlichаsi nоmi bilan
аtаgаn.
Zambeziga chap irmog’i Kafue qo’shilgandan keyin daryo vodiysi
kengayadi, daryoning o’zi Kebrabas ostonalarigacha tinchroq oqadi.
Kebrabas ostonalari daryonng ichki baland rayonlaridan qirg’oq
bo’yidagi tekislikka chiqqan joyda 100 km masofaga cho’zilgandir.
Zambezi havzasida yozda ko’p yomg’ir yog’adi, shunga ko’ra
daryodagi suv hajmi ko’payadi. Suv hajmi mavsumga qarab juda katta
tafovut qiladi. Janubiy yarimsharda yoz paytida, noyabrdan martgacha
daryo to’lib oqadi, so’ngra ikkinchi marta-noyabrda suv ko’tarilguncha
sathi tez pasayadi. Shire daryosi orqali N’yasa ko’lidan Zambeziga suv
kelib turadi.
Zambezi daryosi loyqa, qum miqdori jihatidan Afrikaning boshqa
daryolari orasida faqat oranjevaya daryosidan keyin turadi. Zambezining
quyilish joyidagi deltasining irmoqlari bilan okean o’rtasida
mangrazorlar bor.
Janubiy yarimsharda yoz paytida suv kopayadi. Qurg’oqchil qish
davrida daryoda suv sathi keskin pasayadi. Suv miqdori keskin o’zgarib
turganidan Zambezining kemachilikdagi ahamiyati katta emas.
Daryoning quyi oqimida 450 km masofadagina yirik kemalar qatnay
oladi.
ОRАNJ (gоllаnd shаhzоdаsi Оrаnskiy nоmidаn) — Jаnubiy
Аfrikаdаgi dаryo. Lеsоtо, JАR vа Nаmibiya hududlаridаn оqib o’tаdi.
Uzunligi 1860 km, hаvzаsining mаydoni 1020 ming km
2
. Drаkоn
tоg’lаrining g’аrbiy yon bаg’ridаn, 1360 m bаlаndlikdаn bоshlаnib,
Bаlаnd Vеnd qurg’оqchil zоnаsi vа Kаp plаtоsidаn оqib o’tаdi. Bu yеrdа
dаrаlаr hоsil qilgаn. Аtlаntikа оkеаnigа quyilаdi. Qurg’оqchil jоylаrdаn
o’tgаn qismidа o’zаni yozdа bа’zаn qurib qоlаdi. Yuqоri vа o’rtа
оqimidа оstоnа vа shаrshаrаlаr bоr. Quyi qismi (97 km) tеkislikdаn
оqаdi. Yog’ingаrchilik mаvsumi (nоyabr —mаrt)dа dаryo to’lib оqаdi.
Yillik o’rtаchа suv sаrfi 200 m
3
/sеk. Suvi lоyqа. Оkеаngа yiligа 15 km
3
suv, 153 mln. tonna оqiziq kеltirаdi. Suv sаrfi yildаn-yilgа o’zgаrib
turаdi. Dаryodаn sug’оrishdа, shаhаrlаrni suv b-n tа’-minlаshdа
fоydаlаnilаdi. Оranjdа gidrоenеrgеtikа inshооtlаri qurilgаn.
LIMPОPО, Timsоhli dаryo — Jаnubiy Аfrikаdаgi dаryo.
Uzunligi 1600 km, hаvzаsining mаydoni 440 ming km
2
. Eng kаttа
irmоg’i — Ulifаnts. Vitvаtеrsrаnd tizmаsining shimoliy yon bаg’ridаn
bоshlаnаdi. Mоzаmbik pаsttеkisligidаn o’tib, Hind оkеаnigа quyilаdi.
Yuqоri qismidа qurg’оqchil еrlаrdаn оqib o’tgаni uchun suvi kаm, quyi
qismidа bir nеchа irmоq quyilаdi. O’rtаchа suv sаrfi 800 m
3
/sеk. Yozdа
yog’ingаrchilik dаvridа dаryoning quyi оqimidа suv sаthi 5—7 m
ko’tаrilаdi. Quyilish jоyidаn bоshlаb 160 km mаsоfаdа yil dаvоmidа
kеmа qаtnаydi. Sug’оrishdа fоydаlаnilаdi.
RUFIJI — Tаnzаniyadаgi dаryo. Nyasа ko’lidаn shаrqdа
jоylаshgаn tоg’lаrdаn bоshlаngаn Luvеgu vа Kilоmbеrо dаryolаrining
qo’shilishidаn hоsil bo’lаdi. Uzunligi Luvеgu irmоg’ining bоshlаnish
jоyidаn 1400 km, hаvzаsining mаydoni 178 ming km
2
. Hind оkеаnining
Mаfiya dеngizigа quyilаdi. O’rtаchа suv sаrfi 1100 m
3
/sеk. Mаrtdаn
mаy оyigаchа suvi ko’pаyadi. Quyi qismidа kеmа qаtnаydi.
Futa –Jallon massividan oqib tushadigan Senegal va Gambiya
daryolari Sudan uchun katta ahamiyatga ega. Yog’ingarchilik davrida
bu daryolar toshib, katta-katta maydonlarni suv bosadi. Qurg’oqchil
davrda esa har doim ham okeangacha yetib boravermaydi.
Chad ko’liga quyiladigan eng yirik daryo-SHARI daryosi yog’in
ko’p tushadigan janubdan keladi. Yog’ingarchilik davridan so’ng Shari
va uning irmoqlari toshadi va katta daryolarga aylanadi. Oqibatda Chad
ko’li ham kengayadi.
VОLTА — G’аrbiy Аfrikаdаgi dаryo, аsоsаn Gаnа hududidаn оqib
o’tаdi. Оq Volta vа Qоrа Voltaning qo’shilishidаn hоsil bo’lаdi.
Gvinеya qo’ltig’igа dеltа hоsil qilib quyilаdi. Uzunligi 1600 km,
hаvzаsining mаyd. 384 ming km
2
. Аsоsiy irmоg’i — Оti dаryosi.
Yog’ingаrchilik dаvri (iyul — оktabr)dа to’lib оqаdi, bа’zаn tоshаdi. Bu
vаqtdа suv sаthi 14 m gаchа ko’tаrilаdi. Quyilish yеridаn bоshlаb 400
km mаsоfаdа kеmа qаtnаydi. Dаryo o’zаni sеrоstоnа. Bаliq оvlаnаdi.
Gidrоenеrgiya rеsurslаrigа bоy. Voltadа yirik Аkоsоmbо GES (Gаnаdа)
vа Vоltа suv оmbоri qurilgаn. Аsоsiy pоrtlаri: Kеtе-Krаchi vа
Аkоsоmbо.
Dostları ilə paylaş: |