Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi



Yüklə 373,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix21.07.2022
ölçüsü373,63 Kb.
#62849
1   2   3   4   5   6   7
afrika materigining umumiy xususiyatlari.

Аfrikа ko’llаri. 
№ Ko’lning 
nоmi 
Mаydоni, 
km
2
Оkеаn 
sаthidаn 
Eng 
chuqur 


bаlаndligi,
(m) 
jоyi (m) 
1. Viktоriya 
68000 
1136 
80 
2. Tаngоnikа
32900 
773 
1435 
3. Nyasа
30800 
472 
706 
4. Rudоlf
8500 
375 
73 
5. Аlbеrt
4200 
619 
48 
6. Kivu
3000 
1460 
780 
7. Eduаrd
2000 
912 
114 
TАNА, Sаnа, Dеmbеа — Efiоpiyadаgi ko’l. Efiоpiya 
tоg’ligidаgi tеktоnik sоyliqdа, 1830 m bаlаndlikdа jоylаshgаn. Mаydoni 
3,1—3,6 ming km
2
(mаvsum bo’yichа o’zgаrib turаdi), Chuqurligi 70 m 
gаchа. Tanagа judа ko’p dаryo quyilаdi, ko’ldаn Аbbаy (Ko’k Nil) 
dаryosi оqib chiqаdi. Bаliq оvlаnаdi. Kеmа qаtnаydi. Habashiston 
tog’ligidagi Tana ko’lini lava bo’g’ib qo’ygan. Habashiston grabenida 
va Afar botig’ida kichkina oqmas ko’llar zanjir kabi tizilib yotibdi.
Afrikaning qurg’oqchil va cho’l hududlarida Atlas tog’ tizmalari 
orasidagi baland platolarda, Tunisdagi janubiy etaklarida, Janubiy va 
Sharqiy Afrikada qurib qoladigan ko’llar ko’p ular yoz faslida tuz 
qatqaloqlari bilan qoplanib yotadi. Shimoliy Afrikada bunday ko’llar 
shtotlar deb ataladi. 
Cho’l va chala cho’llarning zaminida suvli qatlamlar bor, bular yer 
osti sizot suvlarining zahirasi katta. Sahroi Kabir va Shimoliy Sudanda 
sizot suvlarining zahiralari “kontinental oraliq” formatsiyada to’plangan. 


Janubiy afrikaning chala cho’l va cho’llarida sizot suvlari asosan tub 
jinslarining yoriqlarida, karst hodisasi ro’y beradigan ohaktoshlarda va 
ba’zi taxminlarga qaraganda, Karru tizimi qumtoshlarida to’plangan.
XULOSA
Insoniyat tabiat qo’ynida paydo bo’ldi, ulg’aydi, hozirgi 
intellectual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana shu evolutsion 
rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarini oldi, uni 
chuqur o’zlashtirishga erishdi va, o’z navbatida, unga o’z ta’sirini 
o’tkazib keldi. Boshqacha aytganda, o’tgan uzoq tarixiy davrlar 
davomida insoniyatning tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga o’zaro 
ta’siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarin, taraqqiyot jarayonining 
barcha davrlarda insoniyat tarixini uning tabiat bilan o’zaro aloqalari 
tarixi deb ham hisoblash mumkin. Ana shu tobora kuchayib brogan, 


uzluksiz o’zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatni ularning hozirgi 
holatiga olib keldi.
Jamiyatning rivojlanishi jarayonida zamin bo’lgan ona Yer, ona 
Tabiat insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridan to hozirgacha 
o’z boshidan katta o’zgarishlarni o’tkazdi. Jamiyat va tabiatning o’zaro 
aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson, 
asosan tabiat tabiat bergan ne’matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, 
baliqchilik bilan shug’ullangan, o’simlik ildizlarini yig’ib kun 
kechirgan. Tabiiyki, u davrda kishilar o’simlik va hayvonlarga boy 
bo’lgan, asosan, iliq va nam hududlarda jamoa bo’lib yashashga 
inyilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda ibtidoiy jamoa 
davri deb ataladi.
Insoniyat hayotining 2- bosqichida dehqonchilik va chorvachilik 
tarmoqlari rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan boshlab Nil,Dajla va 
Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo vodiylari, 
Qadimiy Yunoniston va Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy 
o’zgarishlarga erishgan hududga aylandi.
Yillar, asrlar o’tishi davomida jamiyat bilan tabiatning o’zaro 
ta’siri ham sekin asta kengayib bordi. Bular, o’z navbatida, jamiyat 
hayotida tobora katta o’zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. 
Asta-sekin aholi soni ortib bora boshladi. Shu sababli jamiyat 
taraqqiyotining 3-bosqichi hisoblanmish O’rta asrlar davrida yer, 
mineral va o’rmon resurslarini kengroq o’zlashtirishga kirishila 
boshlandi. Karvon yo’llari (Buyuk Ipak yo’li) orqali hududlararo 


aloqalar kuchayib bordi. Aholining ko’paya borishi yerlarga ishlov 
berishni kuchaytirish va yangi hududlarni o’zlashtirishga undadi.
Bunday o’zgarishlar, eng avvalo, ,,Eski dunyo” hududlariga, ya’ni 
G’arbiy Yevropa, Osiyoning janubiy mintaqa kengliklarida joylashgan 
mamlakatlarga xosdir. Tabiiyki, O’rta asrlar davrida aholining yashash 
hududlari yanada kengaydi. Bular, eng avvalo, kashf qilingan ,,Yangi 
dunyo” deb atalmish Amerika va Avstraliya qit’alarining o’zlashtirila 
borishi misolida o’z ifodasini topadi.
Jamiyat bilan tabiatning o’zaro ta’siri jarayonining 4- bosqichida 
inson tomonidan tabiatni o’zlashtirish ancha tezlashdi. Ayniqsa, 
Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishi xilma-xil 
tabiiy resurslarni o’zlashtirish sur’atlarini keskin tezlashtirdi. Shimoliy 
va Jnubiy Amerika, Avstraliya, Afrika shuningdek, insoniyatning eng 
qadimiy beshiklaridan Osiyo hududlarini to’laroq egallash, ularni 
mustamlakalarga aylantirish va iqtisodiy jihatdan o’zlashtirish 
harakatlari mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy mazmuniga aylangan 
edi. Tabiiyki, bu holat Yevropada sanoat rivojlanishida tub 
burilishlarning boshlanishiga asos bo’ldi. Dunyo miqyosida tabiiy 
landshaftlarning tez sur’atlarda o’zlashtirilishi (bo’sh yotgan yerlarning 
haydalib, ekin maydonlariga aylantirilishi, tabiiy va ijtimoiy 
boyliklarning ayovsiz ishga solina borishi, temiryo’llar qurilishining avj 
olishi kabilar) natijasida inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’siri 
sekin-asta kuchayib bordi.
XXasrning ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika 
inqilobi davrida jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar 
faolligi o’zining eng yuqori darajasiga yetdi. Bu bosqichda ,,Jamiyat-


tabiat”ning o’zaro munosabatlarida jamiyatning faolligi yaqqol namoyon 
bo’lmoqda. Bu davrga kelib inson tomonidan yer yuzasi tabiatini keng 
miqyosda o’zlashtirishga erishildi. Ayniqsa, FTI davrida turli tabiiy 
resurslardan foydalanish sur’atlarining tinimsiz ortib borishi, tabiatga 
murakkab tarkibli, ko’p hollarda har taraflama zaharli sanoat va boshqa 
turdagi chiqindilarning tinimsiz chiqarib tashlanishi tobora ,,Jamiyat-
tabiat “ o’rtasidagi o’zaro munosabatlardagi muvozanatning buzila 
borishiga sabab bo’lmoqda. Bu holatda insoniyat o’z oykumena 
chegaralarini tinimsiz kengaytirib bordi. Olimlarning hisob-kitoblariga 
ko’ra hozirgi vaqtda inson tomonidan o’zlashtirilgan antropogen 
landshaftlar dunyo quruqligining 60% dan ortiqroq maydonini egallaydi. 
Ayniqsa, quruqlikning 20% qismida tabiiy landshaftlar tubdan 
o’zgartirilgan: ular shahar va qishloqlar, industrial ishlab chiqarish 
obyektlari, ekinzor va bog’lar, yo’llar va suv omborlri, qo’lda ekilgan 
o’rmonlar va istrohat joylaridir. 
Demak, inson o’z hayoti sharoitini takomillashtirish va ko’lamini 
kengaytirishi 
yo’lida 
sayyoramizning 
mintaqalarida 
tabiat 
imkoniyatlarida tobora ko’proq foydalanishga harakat qildi hamda 
shunga erishdi, o’ziga hos yashash muhitini yaratdi. Fanda bu geografik 
muhit deb ataladi. Shunday qilib jamiyat o’z ijtimoiy faoliyati davomida 
tabiatdan ko’proq resurslarni oladigan va ayni vaqtda, tabiatga tobora 
ko’proq turli xil chiqindilarni chiqarib tashlaydigan bo’lib qoldi. O’z 
navbatida bu jarayon insoniyat oldiga bir-biri bilan bog’liq bo’lgan: 
1. Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish; 
2. Atrof-muhitni ifloslashdan muhofaza qilishdek juda 
dolzarb muammolarni qo’yadi. 


Insoniyat o’z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli xil tabiiy 
resurslardan foydalanadi. 
Suv hayot manbaidir. Yer sharidagi mavjud suvning asosiy qismi 
dunyo okeani va dengizlarida to’plangan.
Aholiva barcha ishlab chiqarish tarmoqlari asosan toza chuchuk 
suvni iste’mol qiladi. Yaqin-yaqinlargacha suv ham havo kabi tabiatning 
to’kin in’omi va uning zahiralari chegaralanmagan deb hisoblanar edi. 
Lekin amalda unday emas. Chunki, chuchuk suv resurslari Gidrosfera 
umumiy hajmining atigi 2,5 % nigina tashkil qiladi. Buning ustiga 
chuchuk suvning asosiy qismi chekka, foydalanish qiyin bo’lgan 
Antarktida, Arktika, Grenlandiya va dunyoning baland tog’lari 
bag’ridagi ko’[lab qor va muzliklarida to’plangan. Bundan xuslosa 
shuki, aholi faol hayot kechiradigan yer sharining asosan mo’tadil, 
tropic mintaqalari chuchuk suv bilan ancha kam ta’minlangan. 
Insoniyatning chuchuk suvga bo’lgan ehtiyojini qondiradigan 
asosiy manba daryolar bo’lib, ulardagi suvning umumiy miqdori atigi 47 
ming km
3
dir. Buning ustiga bu suvning eng ko’p qismli aholi ancha 
siyrak yashaydigan dunyoning Shimoliy va ekvatorial hududlari bo’ylab 
oqadi va ulardan har taraflama foydalanish ancha qiyin. 
Chuchuk suvga bo’lagan talab uzluksiz oshib bormoqda. Jahonda 
chuchuk suvdan foydalanish hajmi 1950 yilda 1100 km
3
, 1980-1990 
yillarda 3300 km
3
dan 4100 km
3
ga 2000 yilda 4780 km
3
ga yetdi. 2005 
yilda 5000 km
3
dan oshib ketdi. Chuchuk suv, ayniqsa, ishlab chiqarish 
(sanoat va qishloq xo’jaligi)ehtiyojlari uchun eng ko’p sarflanmoqda. 
Iste’mol suvidan foydalanish hajmining tez o’sib borishi jahonda 
chuchuk suv tanqisligining yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.


Darhaqiqat, yer yuzasi bo’ylab chuchuk suv zaxiralarining 
taqsimlanishi o’ziga xosdir. Yer yuzasining ekvatorial va mo’tadil 
mintaqalari chuchuk suvga ancha serob. Chuchuk suv bilan eng yaxshi 
ta’minlangan davlatlar qatoriga Rossiya Federatsiyasi, Qirg’iziston, 
Gruziya va Tojikiston respublikalari kiradi.
Quruqlikning 1/3 qismini tashkil qiladigan qurg’oqchil-cho’l 
mintaqalarida suv tanqisligi juda keskin. Buning ustiga ularda qishloq 
xo’jalik ishlari, asosan, sun’iy sug’orish orqali olib boriladi. Shimoliy va 
Markaziy Afrika, ko’pgina Janubiy, G’arbiy Osiyo mamlakatlari, 
shuningdek, O’zbekiston, Moldova, Turkmaniston kabi mamlakatlar 
ham ana shunday davlatlar qatoriga kiradi. 
Aholi hayot kechirishida faqat suvning miqdori emas, balki sifat 
ko’rsatkichlari ham rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda jahon aholisining 1/3 
qismigina yaxshi, sifatli suvni, 1/3 qismi esa, asosan, sifatsiz suvni 
iste’mol qilmoqda.
Daryolar suvidan samaraliroq foydalanishga erishish uchun 
ko’plab suv omborlari qurilgan. Hozir jahonda qurilgan suv 
omborlarining soni 40 mingdan oshib ketdi. Yirik suv omborlarining 
ko’pligiga ko’ra AQSHva Rossiya alohida ajralib turadi.
Suvdan samarali foydalanish yo’llaridan yana biri oqar suvlarni 
hududlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash ishlaridir. AQSH, 
Kanada, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Meksika, Misr, O’zbekiston va 
boshqa ayrim MDH davlatlarida oqar suvlarni qayta taqsimlashda katta 
ishlar amalga oshirilgan. Dengiz suvini chuchitish texnalogiyasini 
kengroq qo’llash ham jahon chuchuk suv resurslaridan samarali 
foydalanishga olib keladi. Hozirgi paytda Fors qo’ltig’i, O’rta dengiz 


bo’yi mamlakatlarida, Qozog’istonning Kaspi bo’yi rayonlarida, 
AQSHjanubida, Yaponiyada, Karib dengizi mamlakatlarida dengiz 
suvini chuchitish va ulardan foydalanish ikengayib bormoqda. 
Chuchitilgan dengiz suvidan foydalanish hajmi bo’yicha eng katta davlat 
Kuvayt hisoblanadi. 
Ko’pgina chuchuk suvli daryolar va ko’llar ifloslanib 
borayotganligi sababli toza ichimlik suvining yetishmasligi tobora 
ko’zga tashlanmoqda.

Yüklə 373,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin