1. Jismni tebranma harakatga keltiruvchi kuchning… a yo‘nalishi o‘zgarib, kattaligi o‘zgarmaydi. B kattaligi o‘zgarib, yo‘nalishi о’zgarmaydi. C kattaligi va yo‘nalishi davriy ravishda o‘zgaradi. D kattaligi va yo‘nalishi o‘zgarmaydi



Yüklə 406,87 Kb.
səhifə1/6
tarix23.10.2022
ölçüsü406,87 Kb.
#65958
  1   2   3   4   5   6
9-sinf 1-BSB baza


1. Jismni tebranma harakatga keltiruvchi kuchning…
A) yo‘nalishi o‘zgarib, kattaligi o‘zgarmaydi.
B) kattaligi o‘zgarib, yo‘nalishi о’zgarmaydi.
C) kattaligi va yo‘nalishi davriy ravishda o‘zgaradi.
D) kattaligi va yo‘nalishi o‘zgarmaydi.
E) TJY.
2. Tebranishlar amplitudasi deb ...
A) T/2 vaqt ichidagi siljish kattaligiga aytiladi.
B) muvozanat vaziyatidan siljish kattaligiga aytiladi.
C) bir to‘la davr ichida siljish kattaligiga aytiladi.
D) muvozanat vaziyatidan eng katta siljish moduliga aytiladi.
E) TJY.
3. Agar moddiy nuqta tebranishlari amplitudasi 4 cm bo‘lsa, uning bir to‘la tebranish davomida bosib o‘tgan yo‘li qanday (cm) bo‘ladi? A) 0. B) 4. C) 8. D) 16. E) 32.
4. Agar moddiy nuqta tebranishlarining amplitudasi 0,5 m bo‘lsa, tebranishning bir davri davomida nuqta necha metr yo‘l o‘tadi? A) 0. В) . С) 4. D) 2. E) 1.
5. Agar bir tebranish davrida moddiy nuqta 32 cm yo‘l yursa, tebranishlar amplitudasi qanday (cm) bo‘ladi? A) 4 B) 8 C) 16. D) 64. E) aniqlab bo‘lmaydi.
6. Garmonik tebranma harakat qilayotgan jism bir to‘la tebranish mobaynida 2 m yo‘lni bosib о’tadi. Tebranish amplitudasini toping (m). A) 0,25. B) 0,5. C) 1. D) 2. E) 4.
7. Garmonik tebranayotgan jism T davrning qanday qismida muvozanat vaziyatidan chetki vaziyatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi? А) Т/4. В) Т/2. C) T. D) 2T/3. E) T/3.
8. Siklik chastota nima?
A) bitta tebranish uchun ketgan vaqt.
B) 1 sekunddagi tebranishlar soni.
C) 2𝜋 sekunddagi tebranishlar soni.
D) burchak tezlikning 1 sekunddagi o‘zgarishi.
E) 𝜋 sekunddagi tebranishlar soni.
9. Mayatnik 1 minutda 120 marta tebranadi. Tebranishlar chastotasini aniqlang (Hz).
A ) 1,6. B) 2. C) 3. D) 6. E) 12.
10. Rasmda garmonik tebranayotgan jism koordinatasining vaqtga bog‘lanish grafigi tasvirlangan. Shu grafik yordamida jism tebranishlarining chastotasini aniqlang (Hz). A) 0,1. B) 0,25. C) 0,35. D) 0,5. E) TJY.
11. Tebranayotgan jismning kinetik energiyasi
A) muvozanat vaziyatida eng kichik qiymatga erishadi.
B) muvozanat vaziyatida eng katta qiymatga erishadi.
C) eng katta siljish vaziyatida eng katta qiymatga erishadi.
D) o‘zgarmay qoladi.
E) TJY.
12. To‘g‘ri tasdiqlarni toping. Tebranayotgan jism potensial energiyasi: 1) eng katta siljish vaziyatida eng katta qiymatga erishadi; 2) muvozanat vaziyatini o‘tishda eng katta qiymatga erishadi; 3) muvozanat vaziyatini o‘tishda eng kichik qiymatga erishadi; 4) o‘zgarmas saqlanadi.
A ) 1, 3. B) 1. C) 2. D) 3. E) 4.
13. Rasmda OX o‘qi bo‘yicha garmonik tebranma harakat qilayotgan jism koordinatasining vaqtga bog‘lanish grafigi keltirilgan. Tebranishlar chastotasi qanday (Hz). A) 10. B) 5. C) 3. D) 2,5. E) 0,5.
14. Matematik mayatnikning tebranish davri nimalarga bog‘liq: 1) mayatnik massasiga; 2) tebranish amplitudasiga; 3) erkin tushish tezlanishiga; 4) mayatnik uzunligiga? A) 1, 4. B) 3, 4. C) 2, 3. D) 2, 4. E) 1, 2.

Yüklə 406,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin