69. Kemadan yuborilgan tovush signali 2,6 s dan keyin qaytib Kelgan bo‘lsa, aysberg kemadan necha metr uzoqlikda joylashgan. Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s. A) 1950. B) 2000. C) 1900. D) 1850. E) 3900.
70. Dengiz chuqurligini exolot bilan aniqlashda tovush signali yuborilganidan 6 s o‘tgach qaytib kelgan. Agar dengiz chuqurligi 4500 m bo‘lsa, tovushning suvdagi tezligi qanday (m/s)?
A) 6000. B) 3000. C) 1500. D) 750. E) 340.
71. Qanday tovushlar ultratovushlar hisoblanadi?
A) chastotasi 200 Hz dan kichik bo‘lgan.
B) chastotasi 20 Hz dan kichik bo‘lgan
C) chastotasi 20 Hz dan 20000 Hz gacha bo‘lgan
D) chastotasi 20000 Hz dan katta bo‘lgan.
E) TJY.
72. Qo‘zg‘almas kuzatuvchi yonidan sirenasi yoqilgan avtomobil o‘tdi. Avtomobil yaqinlashayotganida kuzatuvchi yuqoriroq ohangli tovush eshitadi, uzoqlashayotganda esa, pastroq ohangli tovush eshitadi. Agar sirena qo‘zg‘almas bo‘lib, uning yonidan kuzatuvchi o‘tsa, qanday effekt kuzatiladi?
A) yaqinlashishda ham, uzoqlashishda ham ohang pasayadi.
B) yaqinlashishda ham, uzoqlashishda ham ohang o‘zgarmaydi.
C) yaqinlashishda ohang pasayadi, uzoqlashishda ko‘tariladi.
D) yaqinlashishda ohang ko‘tariladi, uzoqlashishda pasayadi.
E) yaqinlashishda ham, uzoqlashishda ham ohang ko‘tariladi.
73. Garmonik tebranishida davri 24 s bo‘lgan moddiy nuqta muvozanat vaziyatidan yarim amplitudagacha qancha vaqtda siljiydi?
74. Matematik mayatnikning to‘la davri davomida uning potensial energiyasi necha marta kinetik energiyaga aylanadi?
7 5. Matematik mayatnik 3 s da 2 marta tebranmoqda. Mayatnik ipining uzunligini (sm) toping. , .
76. Rasmda matematik mayatnikning tebranish grafigi ko‘rsatilgan. Mayatnikning tebranish amplitudasi, tebranish davri va chastotasini aniqlang.
77. Tovush to‘lqinlari uchun quyida aytilganlardan qaysilari to‘g‘ri?
I. Vakuumda tovush tarqalmaydi
II. Manbadan uzoqlashganda intensivligi kamayadi
III. Chastotasi katta bo‘lgan tovush chastotasi kichik bo‘lgan tovushdan ingichka bo‘ladi
A) faqat I B) I va II C) I va III D) II va III E) I, II va III
78. Tovushning tezligi 340 m/s bo‘lgan muhitda tarqalayotgan K va L tovush to‘lqinlarining oniy ko‘rinishlari rasmda ko‘rsatilgan. Bunga asosan:
I. K to‘lqin infratovush to‘lqinidir
II. L to‘lqin ultratovush to‘lqinidir
III. K tovushning balandligi, L nikidan kata
A) faqat I B) faqat II C) I va II D) I va III E) II va III
79. Bir muhitda tarqalayotgan K va L tovush to‘lqinlarining oniy ko‘rinishlari rasmda ko‘rsatilgan.
Bunga asosan K tovush to‘lqining quyida berilgan qaysi parametrlari L to‘lqinnikidan kata?
I. amplitudasi II. balandligi III. Chastotasi IV. To‘lqin uzunligi
8 0. Mayatnik 1 minut 40 s ichida 50 marta tebranadi. Tebranish davrini, chastotasini va siklik chastotasini toping
81. 131- rasmda keltirilgan grafikdan: a) tebranishlarning amplitudasini, davrini, chastotasini va siklik chastotasini toping:
82. Tebranishlar amplitudasi 10 sm, chastotasi esa 0.5 Hz. uning grafigini chizing.
83. Ko'lda suv betida to'lqin 6 m/s tezlik bilan tarqaladi. Agar to'lqin uzunligi 3 m bo'lsa, suzgich (baken)ning tebranishlar davri va chastotasi qanday?
84. Baliqchi po'kak 10 s ichida to'lqinda 20 marta tebranganini payqadi. To'lqinning qo'shni do'ngliklari, orasidagi masofa 1,2 m. To'lqinlarning tarqalish tezligi qanday?
85. Ko'lda shamolsiz ob-havoda qayiqdan og'ir langar tashlandi. Langar tashlangan joydan to'lqinlar tarqala boshladi. Qirg'oqda turgan odam ungacha to'lqin 50 s da yetib kelganini payqadi. To'lqinning qo'shni do'ngliklari orasidagi masofa 0.5 m, qirg'oqqa 5 s ichida 20 marta to'lqin urildi. Qayiq qirg'oqdan qanday masofada bo'lganini aniqlang.
86. Royalning chastotaviy diapazoni 90 dan 900 Hz gacha. Havoda tovush to'lqinlari uzunligi diapazonini toping.
87. Momaqaldiroq vaqtida odam chaqmoq chaqqandan keyin 15 so'tgach, momaqaldiroqning gumburlagan tovushini eshitdi. Undan qancha masofa narida chaqmoq chaqqan?
88. Erkakning eng past tovushining havodagi to'lqin uzunligi 4,3 m, ayolning eng yuqori tovushining to'lqin uzunligi esa 25 sm. Bu tovushlarning tebranish chastotalarini toping.
89. 33 ayl/min ga mo'ljallangan patefon plastinkasini yanglishib 78 ayl/min chastota bilan aylanadrgan diskka qo'yildi. Bunda ovoz qanday o'zgaradi?