1. Jismni tebranma harakatga keltiruvchi kuchning… a yo‘nalishi o‘zgarib, kattaligi o‘zgarmaydi. B kattaligi o‘zgarib, yo‘nalishi о’zgarmaydi. C kattaligi va yo‘nalishi davriy ravishda o‘zgaradi. D kattaligi va yo‘nalishi o‘zgarmaydi


Tovush to‘lqinining uzunligi 8 m, davri 0,02 s bo‘lsa, uning tarqalish tezligi qanday (m/s) bo‘ladi? A) 340. B) 350. C) 400. D) 500. E) 600. 53



Yüklə 406,87 Kb.
səhifə5/6
tarix23.10.2022
ölçüsü406,87 Kb.
#65958
1   2   3   4   5   6
9-sinf 1-BSB baza

52. Tovush to‘lqinining uzunligi 8 m, davri 0,02 s bo‘lsa, uning tarqalish tezligi qanday (m/s) bo‘ladi?
A) 340. B) 350. C) 400. D) 500. E) 600.
53. Tebranish chastotasi 165 Hz bo‘lgan to‘lqin 330 m/s tezlikda tarqalmoqda. To‘lqin uzunligi qanday (m)?
A) 6. B) 5. C) 4. D) 2. E) 0,5.
54. Tovush chastotasi 680 Hz, havoda tarqalish tezligi 340 m/s. Uning havodagi to‘lqin uzunligi qanday (m)?
A) 0,5. B) 1. C) 2. D) 3,4. E) 5.
55. Chastotasi 2000 Hz bo‘lgan tovushning havodagi to‘lqin uzunligi qanday (m)? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s. A) 0,05. B) 0,08. C) 0,13 D) 0,17. E) 0,56.
56. Chastotasi 20 Hz bo‘lgan tovushning havodagi to‘lqin uzunligi qanday (m)? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s. A) 10. B) 680. C) 17 D) 2. E) 1,7.
57. Poyezddan 1200 m masofada turgan odam poezd gudogini u yangragandan 4 s keyin eshitgan. Agar gudok chastotasi 1 kHz bo‘lsa, gudok tovushining to‘lqin uzunligi qanday (cm)?
A) 120. B) 60. C) 30. D) 15. E) 2.
58. Yo‘lovchi 1020 m uzoqlikdagi radiodan berilgan aniq vaqt signalidan foydalanib, soatini to‘g‘riladi. Bunda uning soati necha sekund orqada bo‘ladi? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s.
A) 60. B) 30 C) 15. D) 0. E) 3.
59. Agar tovush manbaidan 1,7 km masofadagi to‘siqdan qaytgan aks sado, tovush chiqarilgach 10 s dan so‘ng eshitilgan bo‘lsa, tovushning shu muhitda tarqalish tezligi qanday (m/s)?
A) 340. B) 150. C) 75. D) 70. E) 3.
60. Mexanik to‘lqinning quyidagi parametrlaridan qaysilari havodan suvga o‘tganda o‘zgarmaydi:
1) tezligi; 2) to‘lqin uzunligi; 3) chastotasi?
A) 3. B) 2. C) 1. D) 1 va 3. E) 2 va 3.
61. Tovush havodan suvga o‘tganda, qaysi kattalik o‘zgarmaydi?
A) tezlik. B) chastota va to‘lqin uzunligi. C) chastota. D) to‘lqin uzunligi. E) TJY.
62. Tovush havodan suvga o‘tganda, uning to‘lqin uzunligi qanday o‘zgaradi? Tovushning havodagi tezligi ϑh=330 m/s, suvdagi tezligi ϑs=1485 m/s.
A) o‘zgarmaydi.
B) 2,25 marta ortadi. C) 4,5 marta kamayadi.
D) 4,5 marta ortadi. E) 2,25 marta kamayadi.
63. Tovush havodan po‘latga o‘tganda, to‘lqin uzunligi qanday o‘zgaradi? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s ga, po‘latdagisi esa 5100 m/s ga teng A) o‘zgarmaydi.
B) 15 mnrta kamayadi. C) 2,25 marta ortadi.
D) 2,25 marta kamayadi E) 15 marta ortadi.
64. Mergan miltiqdan otilgan o‘qning nishonga tekkan tovushini o‘q uzilgandan 3 s o‘tgach eshitdi. Agar o‘qning uchish tezligi 680 m/s bo‘lsa, nishon mergandan necha metr masofada joylashgan?
A) 340. B) 680. C) 1360. D) 1020. E) 2040.
65. Dengiz chuqurligi exolot yordamida aniqlanadi. Agar exolotdan yuborilgan ultratovush impulslari 2 s dan so‘ng qaytgan bo‘lsa, dengiz chuqurligi qanday (m)? Tovushning suvda tarqalish tezligi 1480 m/s.
A) 370. B) 740. C) 1480. D) 2960. E) 5920.
66. Dengiz tubiga jo‘natilgan ultratovushni exolot 1,4 s dan so‘ng qabul qilib oldi. Dengiz chuqurligi necha metr? Tovushning suvdagi tezligi1530m/s.
A) 1071. B) 214,2. C) 107,1. D) 2142. E) 10710.
67. Exolotdan yuborilgan signal 1,6 sekunddan keyin qabul qilingan bo‘lsa, dengizning chuqurligi qanday (km)? Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s.
A) 2,4. B) 2. C) 1,8. D) 1,6. E) 1,2.
68. Maxsus kemadagi exolotdan yuborilgan tovush signali 10 s da qaytgan bo‘lsa, okeanning kema turgan joydagi chuqurligi qanday (m)? Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s ga teng.
A) 15000 B) 7500. C) 6000. D) 4500. E) 1500.

Yüklə 406,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin