15. Matematik mayatnikning tebranish davri formulasini toping.
A) В) Т=2𝜋 . С) T= D) T= E) Т=2𝜋
16. Matematik mayatnikning tebranishlari amplitudasi 2 marta oshsa, uning kichik tebranishlari davri qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta ortadi. B) √2 marta ortadi. C)√2 marta kamayadi. D) 2 marta ortadi. E) o‘zgarmaydi.
17. Matematik mayatnik uzunligi 4 marta orttirilsa uning tebranishlar davri qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta ortadi.B) 4 marta kamayadi. C) 4 marta ortadi. D) 2 marta kamayadi. E) o‘zgarmaydi.
18. Agar sharchasining massasi va ipining uzunligi 4 martadan oshirilsa, matematik mayatnikning tebranishlar davri ... A) 16 marta ortadi. B) 2 marta ortadi.
C) 4 marta ortadi. D) 8 marta ortadi. E) o‘zgarmaydi.
19. Agar tebranishlar davri Т bo‘lgan matematik mayatnikning uzunligi n marta oshirilsa, tebranishlar davri qanday bo‘ladi? A) nT. B) n2T. C) T/n. D) E) .
20. Ipining uzunligi bo‘lgan matematik mayatnikning tebranish davri Т ga teng. Agar ipning 1/2 qismini kesib tashlab, qolgan qismiga yana o‘sha yuk osilsa, tebranish davri qanday bo‘ladi?
A) T/4 B) C) D) Т/2 Е) 2Т/3.
21. Mayatnik uzunligi necha metr bo‘lganda uning tebranishlar davri 3,14 s ga teng bo‘ladi?
A) 0,5. B) 1,6. C) 2,5. D) 3,14. E) 6,28.
22. Agar matematik mayatnikning tebranish davri 1 s ga teng bo‘lsa, uning uzunligi necha metr?
A ) 1. B) 0,25. C) 0,7. D) 0,5. E) 0,1.
23. Rasmda tasvirlangan to‘lqinning uzunligi qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
A ) 5 B) 4. C) 3. D) 2. E) 1.
24. Rasmda tasvirlangan to‘lqinning uzunligini aniqlang (m).
A) 5. B) 0,1. C) 4. D) 2. E) 0,2.
25. 18 m oraliqqa 4,5 ta to‘lqin uzunligi joylashsa, bu to‘lqin uzunligi qanday (m)?
A) 2. B) 4,5. C) 4. D) 3. E) 6.
26. Elastik muhitda tarqalayotgan to‘lqin, muhit zarralari 35 marta tebranguncha, 70 m masofani o‘tsa, to‘lqin uzunligi necha metr? A) 0,5. B) 1. C) 2 D) 20. E) 35
27. Suv yuzida tarqalayotgan to‘lqin tufayli po‘kak 5 s da 10 marta tebrandi. Agar to‘lqinning ikkita qo‘shni do‘ngligi orasidagi masofa 1 m bo‘lsa, uning tarqalish tezligi qanday (m/s)?
A) 2.5. B)1. C) 2. D) 3. E) 4.
28. Kuzatuvchi dengiz to‘lqinining 2 ta botiqligi orasidagi masofa 12 m ekanligini aniqladi. Agar uning yonidan har 6 s da bitta to‘lqin do‘ngligi о’tib tursa, to‘lqin tarqalish tezligi necha m/s bo‘ladi?
A) 2. B) 4. C) 6. D) 12. E) 18.
29. Qayiq 1,5 m/s tezlik bilan tarqalayotgan to‘lqin ustida tebranmoqda. To‘lqinning bir-biriga eng yaqin ikki do‘ngligi orasidagi masofa 9 m. Qayiqning tebranishlar davrini toping (s).
A) 9. B) 6. C) 4. D) 3. E) 1,5.
30. Ip (tizimcha) bo‘ylab chastotasi 4 Hz bo‘lgan tebranishlar 8 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. To‘lqin uzunligi qanday (m).
A) 2. B) 32. C) 4. D) 12. E) 0,5.