presslab chiqarish mumkin. Moslama
vinti (2) shtirlari (4) bor disk (3) teshigiga
erkin kiradi. Vintning bir
uchiga gayka (5) va almashtirma tirak shayba (6), boshqa
uchiga esa
dastalari (1) bor gayka buralgan. Podshipnikni korpusdan chiqarib
olish uchun gayka (5) va shayba (6) ni olib, vint (2) ni podshipnikdan
o‘tkazish
kerak; keyin demontaj qilinadigan yig‘ish birligi korpusiga
shtirlar (4) ni
yaqinlashtirish, vint uchiga almashtirma shayba (6) kiygizish va shayba
podshipnikka tiralguncha gayka (5) ni burash
lozim. Shundan so‘ng dastalari (1)
bor gayka disk (3) ga tiralguncha
buraladi; dastalar (1) ni burab podshipnik
presslab chiqariladi.
10.1-rasm. Ajratgichlar:
a – valdan sharikli podshipniklarni olish uchun, b, d – rolikli
podshipniklarning
tashqi halqalari va boshqa detallarni presslab
chiqarish uchun,
Bayon etilgan moslamalar demontaj qilishda podshipniklarning
o‘tkazish
joylarini shikastlamaydi va podshipniklarning o‘zini ham
shikastlanishdan
saqlaydi. Boshqa detallarni, yig‘ish birliklarini,
chunonchi, shki vlar, maxoviklar,
tishli g‘ildiraklarni qismlarga
ajratish va yig‘ishda ham shu moslamalardan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: