1-amaliy mashg‘ulot: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyalarini о‘rganish



Yüklə 261,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix09.02.2023
ölçüsü261,28 Kb.
#83634
  1   2   3   4
1-amaliy mashg\'ulot



1-amaliy mashg‘ulot: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyalarini о‘rganish. 
1.1. Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi 
Jihozlarni ta’mir qilish uchun berishga tayyorlash ishlariga javobgarlik 
ishlab chiqarish sexining boshlig'i yoki uchastkalar boshliqlari (katta masterlar) 
zimmasiga yuklangan. Ta’mir qilish uchun to‘xtatishdan oldin jihoz (jihozlar va 
hokazo) qirindi, kir, chang hamda sovitish suyuqligidan tozalangan bo‘lishi lozim. 
Jihozni kapital ta’mirga berish ishlari bosh mexanik bo‘limidagi inspektor va 
ishlab chiqarish sexi mexanigi birgalikda tuzgan akt bilan rasmiylashtiriladi. Aktga 
tashqi tomondan ko‘zdan kechirish, ishlatib sinash natijalari, shuningdek 
mashinada ishlovchi (jihozchi)ning mulohazalari yoziladi. Tashqi tomonini 
ko‘zdan kechirish yo‘li bilan agregatning hamma mexanizmlari komplektliligi, 
mavjud buzuqliklar, mexanizmlar detallarida shilingan, pachoqlangan, ezilgan, 
yorilgan, singan, egilgan joylar va qismlarga ajratmasdan ham payqasa bo‘ladigan 
boshqa nuqsonlarning bor-yo‘qligi, bundan tashqari, moylash hamda himoyalash 
qurilmalarining holati aniqlanadi. 
Mashinada ishlovchidan so‘rab, mashina har xil ish rejimlarida ishlaganda 
unda o‘ziga xos qanday kamchiliklar uchrashi, mexanizmlar va hatto ayrim 
detallarning holati bilib olinadi. Masalan, tokar jihoz ishlayotganda tezliklar 
ma’lum bosqichga yetganda tishli uzatma o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishini aytsa
demak, tishli g‘ildiraklar juftidagi tishlar yeyilgan va nuqsonlar qaydnomasini 
tuzayotganda bu detallarga alohida e’tibor berish kerak. Ishlab turgan mashinani 
eshitib ko‘rib uning shovqin chiqarib va taqillab ishlamasligi, titramasligi 
aniqlanadi. 
Aktda qayd qilingan hamma buzuqliklar ta’mir qilish uchun nuqsonlar 
qaydnomasini tuzayotganda hisobga olinadi. 
1.1. Mashinalami qismlarga ajratishda ishlarni 

Yüklə 261,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin