Jihozning muvaffaqiyat bilan ta’mir qilinishi ko‘p
jihatdan uni qismlarga
ajratish qanday bajarilganiga bog‘liq. Qismlarga ajratish operatsiyalari berilgan har
bir agregat uchun muayyan texnologiya bo‘yicha bajariladigan muhim
operatsiyalardir.
Jihozni qismlarga ajratishga kirishishdan oldin uning tuzilishi, vazifasi hamda
yig‘ish birliklari va detallarining o‘zaro ishlashi bilan tanishib chiqish zarur. Agar
buni jihozni tekshirib chiqish yo‘li bilan amalga oshirish qiyin bo‘lsa, mazkur
jihozga oid yo‘riqnoma va chizmalar bilan tanishib chiqish
va shundan keyingina
uni qismlarga ajratishga kirishish lozim. U yoki bu yig‘ish birligini qismlarga
ajratishdan oldin ham uning ichki tuzilish mi hamda ayrim detallarini mahkamlash
usullarini yaxshilab o'rganish, qismlarga ajratish tartibi va usullarini belgilab olish
darkor. Jihozning murakkab va muhim mexanizmlarini qismlarga ajratish oldidan,
shuningdek qismlarga ajratish jarayonida ulaming sxemalarini chizish hamda
rasmlarini solish tavsiya etiladi. Bu ayniqsa shunday
qurilmalar bilan endigina
tanisha boshlagan ta’mirchilar uchun qo‘l keladi. Qismlarga ajratishda ishda
qatnashmaydigan torets sirtlariga raqamli belgilar qo‘yib borish kerak. Bu belgilar
detallarni yig‘ishga tayyorlashni va yig‘ishni osonlashtiradi.
Mahkamlash
detallarini
qismlarga
ajratayotganda
ayrim
detallar
mahkamlangan joylari bo‘shatilgandan keyin turg‘unmas muvozanatlik holatiga
o‘tib,
tushib ketishi mumkinligini, bu esa atrofdagilar uchun xavfli ekanligini va
avariyaga olib kelishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik zarur. Buni esda tutib,
yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish lozim. Masalan, og‘ir kronshteynni
olayotganda mahkamlangan joylarini bir oz bo‘shatish, kronshteyn tagiga
ishonchli
tagliklar qo‘yish darkor. Bunda avval qo‘lni olib boorish
qiyin bo‘lgan joylardagi
vintlar burab chiqariladi va kontrol shpilkalar chiqarib olinadi. Umuman, detalning
mahkamlangan
joylarini
bo‘shatishda uning og‘irlik
markazi qayerda
joylashganligini va u
yoki bu mahkamlash detali bo‘shatilganda detal qanday
yo‘nalishda
siljishini hisobga olish kerak.
Yirik va juda og‘ir jilioz hamda mexanizmlarni qismlarga
ajratishga, odatda,
sex mexanigi,
noyob jihozlarni qismlarga
ajratishga esa korxonaning bosh
mexanigi rahbarlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: