1-Amaliy mashg‘ulot: Kompyuterni qismlarga ajratish, tizimli blok qismlari bilan tanishish, kompyuterga qo‘shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash



Yüklə 17,16 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü17,16 Kb.
#131919
1-Amaliy mashg‘ulot Kompyuterni qismlarga ajratish, tizimli blo

1-Amaliy mashg‘ulot: Kompyuterni qismlarga ajratish, tizimli blok qismlari bilan tanishish, kompyuterga qo‘shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash.




Amaliy ishning maqsadi – Kompuyuterning qisimlarini sanash va ajratish.


Nazariy qism


Tizim platasi (motherboard) - qurilmalami va hisoblashlami boshqaruvchi asosiy qurilma bo'lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va turli adapter, elektrosxemalar o'matiladi. Tizim platasi asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi. Mikroprotsessor - kompyutemi boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlami bajarilishini ta ’minlaydi. Mikroprotsessor turli amallami tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq boiish i mumkin. Uning tezligi megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700. Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo'lgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o'chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o'chiriladi. Qattiq disk (doimiy xotira - hard disk drive) - dastur va ma’lumotlami doimo saqlaydi. U ba’zan ≪vinchester≫ deb ham nomlanadi. Vinchester nomi birinchi yaratilgan qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973-yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi ≪30/30≫ bo'lgan va bu mashhur Winchester miltig'ining kalibrga o'xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
Qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa o'chirilmaydi. Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko ‘p ishlatilgan ma’lumotlami saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o'rtasida joylashadi. Kontroller (adapterlar) - ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydi. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video platasi, tovush platasi, tarmoq platasi va ...). Disk yurituvchilar - bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o'qish va yozish ishlarni bajaradigan qurilma.
Kiritish-chiqarish porti orqali mikroprotsessor bilan ma ’lumot almashinadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashinuv uchun maxsus portlar hamda umumiy poitlar mavjud. Umumiy portlar 2 xil bo'ladi: parallel (LPT1. LPT4) va ketma-ket (C0M1, ...,COM3). Parallel portlar kiritishchiqarishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi. Har bir poll o'zining shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo'lib, ulaming umumiy soni 65536 taga yetadi. BIOS (Basic input output system) - o ‘z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan ma’lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan xotira turi hisoblanadi.
Odatda, bu xotiradagi ma’lumotlami uni ishlab chiquvchi korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma’lumotlar kompyuter elektr manbadan o'chirilgan holda ham saqlanadi va alohida mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma’lumotlami o'qish rejimida ishlaydi. Shuning uchun bunday xotirada kompyuteming qurilmalarini tekshiruvchi test dasturlar, operatsion tizimlaming yuklovchi dastur modullari saqlanadi.


Topshiriqlar:

  1. Shaxsiy kompyutеrning (ShK) apparat ta'minoti qanday qurilmalardan

tashkil topgan?

  1. Tizim blokda qanday qurulmalar joylashgan?

  2. Monitorning vazifasi nima, uning qanday ko`rinishlar mavjud?

Yüklə 17,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin