Reja:
Mikroprotsessor va uning turlari.
Mikroprotsessorning tuzilishi va asosiy xususiyatlari.
Mikroprotsessor va uning turlari
Mikroprotsessor - kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompyuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilmadir. U kompyuterning ishlash tezligini belgilaydi. Kompyuterlar mikroprotsessor turi bilan farqlanadi. Hozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: (Intel, Pentium va h.k.). Mikroprotsessor kompyuterning eng muhim vositasi yoki boshqacha aytganda «miyasi» hisoblanadi.
Uning hajmi aslida bir necha santimetrni tashkil etadigan elektron sxemadan iborat bo‘lib, barcha hisoblash va ma’lumotni qayta ishlab berishga xizmat qiladi. Mikroprotsessor turiga qarab bir sekundda o‘nlab, hattoki yuzlab million operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Bu operatsiyalar
yuzlab turdagi arifmetik, mantiqiy va boshqa amallar bo‘lishi mumkin.
IBM RS kompyuterlarida yuqorida aytilgandek Intel firmasining mikroprotsessorlari Intel-8088, 80286, 80386 (SX va DX modifikatsiyalari), 80486 (SX, SX2, DX2 va DX4 modifikatsiyalari) Pentium, Pentium Pro, 1,2,3,4 nomlari bilan kompyuter tarkibiga kiradi. Mazkur mikroprotsessorlarning unumdorligi va bahosi keltirilgan ketma-ketlikda oshib boradi.
Misol uchun, Pentium-4 unumdorligi Intel-8088-ra nisbatan minglab marta kattadir.
Mikroprotsessorlar tezligini takt chastotasi belgilaydi. Bir turdagi mikroprotsessorlar turli takt chastotasi bilan ishlab chiqarilishi ham mumkin. Shu sababdan takt chastotasiga qarab mikroprotsessorning bahosi va unumdorligi har xil bo‘ladi. Takt chastotasi megagerslarda (Mgs) o‘lchanadi. Misol uchun, Pentium mikroprotsessori 75 Mgs-dan 200 Mgs takt chastotasi o‘rtasidagi farq taxminan 2.5 marta kattadir.
Mikroprotsessorning nomi, odatda takt chastotasi bilan yuritiladi. Misol uchun, Pentium F75 Mrs.
Mikroprotsessorning ichki elementar operatsiyalarining bajarish tezligini takt chastotasi bildiradi. Boshqa-boshqa mikroprotsessor modellari bir xil komandalarni (misol uchun, qo‘shish va ko‘paytirish) turli sondagi taktlar bilan bajaradi.