Pentium protsessorlari. 1992 yilning oktyabrida Intel beshinchi avlodning moslashuvchan kompyuterlari ko‘pchilik o‘ylaganiday 586 emas, balki Pentium deb atalishini e’lon qildi. 586 deb nomlanishi tabiy edi, biroq raqamli belgilashlar savdo markasi sifatida ro‘yxatga olinmaganligi uchun, ularning raqobatchilari ko‘payib ketar edi va ular ,,patentlanmaydigan“ nom bilan shunday mikrosxemalarni ishlab chiqishni boshlab yuborar edi. 1993 yil martda birinchi Pentium protsessorlari,bir necha oydan so‘ng ular asosida birinchi kompyuterlar chiqarila boshladi. Pentium Intel firmasining oldingi protsessorlari bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan birga, ulardan ko‘zga ko‘rinarli farq qiladi. Undagi bir hususuiyatni inqilobiy den hisoblash mumkin. Pentium protsessorida ikkita konveyer bo‘lib, uning bir vaqtda ukkita buyruqni bajarishiga imkon yaratadi (Barcha oldingi protsessorlar vaqtning har bir momentida faqat bitta buyruqni bajara oladi).
Intel bu imkoniyatni superskalyar texnologiya deb atadi. Shu texnologiyaga asosan Pentiumning samaradorligi protsessor bilan taqqoslaganda ko‘zga- ko‘rinarli oshdi .
486 standart mikrosxema bir buyruqni o‘rtacha ikki ichki taktda bajaradi, DХ2 va DХ4 protsessorlarida esa chastotasini ikki marta oshirish natijasida bir taktda bajaradi. Pentium protsessorida superskalyar texnologiyadan foydalanish natijasida bir taktda ikkita buyruqni bajarish mumkin. Superskalyar arxitektura tushunchasi odatda yuqori samaradorligi RISС-protsessorlari bilan bog‘liq. Pentium— superskalyar deb ataluvchi, birinchi CISC (Complex Instruction Set Computer) protsessorlaridir.U bitta korpusga biriktirilgan 486 ikki protserssoriga ekvivalent.
Pentium protsessorlarining xarakteristikalari.
Vujudga kelish sanasi
1993 yil, 22-mart (1-avlod), 1994 yil ,7 -mart(2-avlod)
Pentium MMX protsessori 1997 yilda yaratilgan P55C deb kodli nomlangan Pentium protsessorining uchinchi avlodining konstruksiyasi, ikkinchi avlod Pentium texnomanik yechimlarini va Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilib, MMX texnologiyasi deb atalgan yangi ishlanmani o‘z ichiga oldi (4.5-rasm).
Pentium MMX protsessorlari 66/166 MGts, 66/200 MGts va 66/233 MGts takt chastotalarida ishlaydi; 66/266 MGts takt chastotalarida ishlovchi portativ kompyuterlar uchun ham talqin mavjud.Ularning ikkinchi avlod kompyuterlari bilan ko‘pgina umumiy jixatlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:superskalyar arxitektura, ko‘pprotsessorli qayta ishlashni qo‘llash, APIC ichki lokal nazoratchi va energiya ta’minotini boshqarishni boshqaruvchi funksiyalar. Pentium MMX mikrosxemalari mukammallashtirilgan kremniy yarim o‘tkazgichlardan foydalangan holda 0,35 mikronli KMOP –texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi va 2.8 V pasaytirilgan bosimda ishlaydi.
1-rasm. Pentium MMX protsessorining yo‘qori va quyi tomonlari