1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Axborot haqida tushuncha. Axborot turlari. Sanoq tizimlari. Shaxsiy kompyuterlarining apparatli ta’minoti. Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix02.01.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#42905
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-amaliy mashg’ulot Mavzu Axborot haqida tushuncha. Axborot tur

 

Sakkizlik sanoq sistemasi 

 

 



Sakkizlik sanoq sistemasidagi sonlar jadvali 

 

 



 

X

10

 

X



8

 

X



2

 

 



X

10

 

X



8

 

X



2

 

0 



0 

000 

 

4 



4 

100 

1 

1 

001 

 

5 



5 

101 

2 

2 

010 

 

6 



6 

110 

3 

3 

011 

 

7 



7 

111 


 

O’n oltilik sanoq sistemasi 

 

 



 

 



 

 

 



Boshqa sanoq sistemalari 

 

 




 

Sanoq sistemasiga. 

Vazifalar to’plami.  

№1 Vazifa. 

10,11


2

=X

10 



67,5

8

=X



10 

19F


16

=X

10



 

№2 Vazifa. 

19

10



2

 



0,25

10



2

 

71



10

8



 

0,3125


10

8



 

424


10

16



 

0,28125


10

16 



№3 Vazifa. 

 101001


2

8



 

11000,11101

2



8



 

60,47


8

2



 

110101,110101

2



16 



 

 

Вариант 1 



1. O’nlik sanoq tizimidan ikkilik, sakkizlik va o’n oltilik sanoq tizimlariga o’tkazish. 

а) 949; 


б) 763; 

в) 994,125; 

г) 523,25; 

д) 203,82. 

2. O’nlik sanoq tizimiga o’tkazish. 

а) 111000111

2



б) 100011011



2

в) 1001100101,1001



2

г) 1001001,011



2

д) 335,7



8

е) 14C,A



16

3. Sonlar yigindisini topish 



а) 1110101010

2

+10111001



2

б) 10111010



2

+10010100

2



в) 111101110,1011



2

+1111011110,1

2



г) 1153,2



8

+1147,32


8

д) 40F,4



16

+160,4


16

4. Sonlar airmasini topish 



а) 1000000100

2

-101010001



2

б) 1010111101



2

-111000010

2



в) 1101000000,01



2

-1001011010,011

2



г) 2023,5



8

-527,4


8

д) 25E,6



16

-1B1,5


16

5. Sonlar ko’paytmasini topish



а) 1001011

2

*1010110



2

б) 1650,2



8

*120,2


8

в) 19,4



16

*2F,8


16



Вариант 2 

1. O’nlik sanoq tizimidan ikkilik, sakkizlik va o’n oltilik sanoq tizimlariga o’tkazish. 



а) 563; 

б) 264; 


в) 234,25; 

г) 53,125; 

д) 286,16. 

2. O’nlik sanoq tizimiga o’tkazish. 

а) 1100010010

2



б) 10011011

2



в) 1111000001,01

2



г) 10110111,01

2



д) 416,1

8



е) 215,7

16



3. Sonlar yigindisini topish 

а) 10111111

2

+110010000



2

б) 110010100



2

+1011100001

2



в) 1000000101,0101



2

+1010000110,01

2



г) 1512,4



8

+1015,2


8

д) 274,5



16

+DD,4


16

4. Sonlar airmasini topish 



а) 1000001001

2

-111110100



2

б) 1111000101



2

-1100110101

2



в) 1100110101,1



2

-1011100011,01

2



г) 1501,34



8

-1374,5


8

д) 12D,3



16

-39,6


16

5. Sonlar ko’paytmasini topish



а) 111101

2

*1010111



2

б) 1252,14



8

*76,04


8

в) 66,68



16

*1E,3


16



Вариант 3 

1. O’nlik sanoq tizimidan ikkilik, sakkizlik va o’n oltilik sanoq tizimlariga o’tkazish. 

а) 279; 


б) 281; 

в) 841,375; 

г) 800,3125; 

д) 208,92. 

2. O’nlik sanoq tizimiga o’tkazish.а) 1100111001

2



б) 10011101

2



в) 1111011,001

2



г) 110000101,01

2



д) 1601,56

8



е) 16E,B4

16



3. Sonlar yigindisini topish 

а) 1000100001

2

+1011100110



2

б) 1101110011



2

+111000101

2



в) 1011011,01



2

+1000101110,1001

2



г) 665,1



8

+1217,2


8

д) 30C,7



16

+2А1,8


16

4 Sonlar airmasini topish 



а) 11110010

2

-10101001



2

б) 1110100001



2

-1011001001

2



в) 1101001010,1



2

-1011101001,11011

2




г) 166,14

8

-143,2



8

д) 287,А



16

-62,8


16

5. Sonlar ko’paytmasini topish



а) 1001001

2

*100010



2

б) 324,2



8

*122,12


8

в) F,4



16

*38,6


16



Вариант 4 

1. O’nlik sanoq tizimidan ikkilik, sakkizlik va o’n oltilik sanoq tizimlariga o’tkazish. 

а) 737; 


б) 92; 

в) 934,25; 

г) 413,5625; 

д) 100,94. 

2. O’nlik sanoq tizimiga o’tkazish.а) 1110000010

2



б) 1000100

2



в) 110000100,001

2



г) 1001011111,00011

2



д) 665,42

8



е) 246,18

16



3. Sonlar yigindisini topish 

а) 11110100

2

+110100001



2

б) 1101110



2

+101001000

2



в) 1100110011,1



2

+111000011,101

2



г) 1455,04



8

+203,3


8

д) 14Е,8



16

+184,3


16

4. Sonlar airmasini topish  



а) 1000010101

2

-100101000



2

б) 1001011011



2

-101001110

2



в) 111111011,101



2

-100000010,01

2



г) 341,2



8

-275,2


8

д) 249,5



16

-ЕЕ,А


16

5. Sonlar ko’paytmasini topish



а) 1001000

2

*1010011



2

б) 412,5



8

*13,1


8

в) 3B,A



16

*10,4


16



 



Shaxsiy kompyuterlarning apparatli ta’minoti. Kompyutеrning asosiy va qo’shimch 

qurilmalari. 

 

Shaxsiy kompyutеr ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bo‘lar apparat ta'minot (hardware) 



va dasturiy ta'minot (software)lardir. 

Apparat  ta'minoti  —  bu  birinchi  navbatda  kompyutеrning  asosiy  tеxnik  qismlari  va 

qushimcha (atrof) qurilmalaridir. 

Kompyutеrning  apparat  va  dasturiy  ta'minoti    orasidagi  boğlanish  intеrfеys  dеb  ataladi. 

Kompyutеrning  turli  tеxnik  qismlari  orasidagi  ơzaro  boğlanish  —  apparat  intеrfеysi,  dasturlar 

orasidagi ơzaro bog‘lanish esa — dasturiy intеrfеys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi ơzaro 

boğlanish — apparat — dasturiy intеrfеys dеyiladi. 

Shaxsiy  kompyuterlar  (inglizcha  Personal  Computers,  qisqacha-  PC)  quyidagi 

qurilmalardan tashkil topgan (2.1-rasm):  

 



 

 

-sistema bloki; 



-monitor; 

-klaviatura; 

-sichqoncha; 

-tashqi qurilmalar. 



Kompyuterning qurilmalari 

Sistema bloki 

Sistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlab chiqariladi. 

Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilardir: 

Tezkor  xotira  (RAM-Random  Access  Memory-ixtiyoriy  kirish  mumkin  bo`lgan) 

mikroprotsessor,  qurilmalar  nazoratchilari,  (ya'ni  kontrolerlar,  adapterlar,  elektr  manbai  bilan 

ta'minlash  bloki),  yumshoq  disk  qurilmasi  (FDD-Floppy  Disk  Driver),  qattiq  disk  qurilmasi 

(ХDD-Hard  Disk  Driver),  faqat  o`qish  uchun  mo`ljallangan  lazer  disk  qurilmasi  (CD  ROM-

Compact  Disk  Read  Only  Memory),  shinalar,  modem  va  boshqa  qurilmalar.  Sistema  blokiga 

uning  parallel  (LPT)  va  ketma-ket  (COM)  portlari  orqali  ko`plab  tashqi  qurilmalarni  ulash 

mumkin.  

 

Mikroprotsessor 

 

 

 

Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u ma'lumotlarni berilgan 

programma asosida qayta ishlaydi. 

Mikroprotsessor  140  tacha  turli  arifmetik  va  mantiqiy  amallarni  bajaradi.  IBM  rusumli 

kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu 

firma  o`z  faoliyati  mobaynida  Intel-8080,  80286,  80386,  80486,  Pentium,  Pentium  Pro 

(professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga javob 

beradigan Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina  bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni aytish 

joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas.  

Uning  litsenziyasi  asosida  bunday  mikroprotsessorlar,  ishchi  kuchi  arzon  bo`lgan,  Janubiy- 

Sharqiy  Osiyo  mamlakatlarida  ko`plab  ishlab  chiqarilmoqda.  Bundan  tashqari,  IBM 



kompyuterlariga  moslik  shartini  bajaradigan  boshqa  firmalar:  AMD,  Cyrix,  Celeron  va  hakazo 

ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan 

mikroprotsessorlar  Intel-protsessorlardan  umuman  aytganda  kuchsizroq  hisoblanadi.Hozirda 

MMX-protsessorli  kompyuterlar  keng  qo`llaniladi.Protsessorlarning  tezligi  megagerslar  (Mgs) 

sekundda o`lchanadi. 

MMX  Pentium  protsessori.Intel  firmasining  keyingi  avlod  protsessori  sifatida  1997  yil 

yanvar  oyidan  boshlab  chiqarilayotgan  MMX  (Matrix  MultiplicationExtension)  Pentium 

protsessorini  aytish  mumkin.  Dastavval  bu  protsessor  matritsalarni  ko`paytirish  uchun 

kengaytma  nomi  bilan  atalgan  bo`lsa,  keyinchalik  Multi  MediaYextension-multimedia  uchun 

kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan  maqsad, keyingi yillarda 

ommaviy  qo`llanilib  borilayotgan  kompyuterning  multimedia  (ovozi,  grafik,  tasvir) 

imkoniyatlarini  har  tomonlama  barkamollik  darajasiga  ko`tarish,  multimedia  amaliyotlarni  tez 

bajarishni ta'minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va 

uch  o`lchovli  grafikalarni  tez  bajarish  kiradi.  Shu  bilan  birga  bu  protsessor  ko`paytirish  va 

qo`shish  amallarini  ko`proq  ishlatadigan  amaliy  programmalarda  amallarni  tezroq  bajarishga 

qaratilgan. Shuning uchun  ham  uni ko`proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun 

sonlar  bilan  ishlash  bilan  bog`liq  masalalarni  yechishda  qo`llash  maqsadga  muvofiq  bo`lsada, 

tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko`rsatadi.  

Hozirda rivojlanayotgan parallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo`l keladi. Shu 

bilan  birga  bu    protsessor  suzuvchi  vergul  rejimidagi  sonlar  bilan  ishlashni  ―yoqtirmaydi‖. 

Bunday  sonlar  bilan  ishlash  uchun  maxsus  programma  interfeysi  mavjud.  U  Microsoft 

firmasining  Direct  3D  (3  o`lchovli  interfeysi)dir.  Shuning  uchun  ham  uning  хozirda  ko`p 

tarqalayotganligiga ajablanmasa ham bo`ladi. 



 

Xotira. 

 

 

Xotira  kompyuterda  programmalar  va  berilganlarni,  amal  natijalarini  saqlaydigan 

qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.  

Tezkor  xotira  kompyuterning  muhim  qismi  bo`lib,  protsessor  undan  amallarni  bajarish 

uchun  programma,  berilganlarni  oladi  va  amalni  bajarib,  natijani  yana  unda  saqlaydi.  Shuni 

alohida ta'kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va 

berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish 

kerak.Kompyuter  ishlab  turganda  elektr  tokini  ogohlantirmasdan  o`chirish,  umuman  aytganda, 

katta  zarar  keltirishi  mumkin.Barcha  turdagi  xotiralar  uchun  muхim  tushuncha  uning  hajmidir. 

Kompyuterlarda ma'lumot birligining eng kichik o`lchovi sifatida bayt qabo‘l qilingan bo`lib, 1 

bayt  8  bit  (ikkili  raqam)ga  teng.  O`z  navbatida  bayt  bir  simvolni  (belgini)  tasvirlaydi. 

Familiyangizni  kompyuterga  kiritish  uchun  familiyangizda  nechta  harf  bo`lsa,  u  xotirada 

shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabo‘l qilingan va Kb bilan 



belgilanadi.  O`z  navbatida  bir  kilobayt  1024  baytga  teng.  1024  kilobayt  esa  1  Mbayt 

(Megabayt)ga teng.  

Xotiraning  katta-kichikligiga  qarab  u  yoki  bu  programmalar  majmuini  ishlata  olish 

mumkin.  Misol uchun 1 Megabayt  xotiraga ega kompyuterlarda  faqat DOS sistemasida  ishlash 

mumkin  bo`lsa,  4  Megabaytli  kompyuterlarda  imkoniyatlari  ko`proq  bo`lgan  programmalarni, 

xususan  WINDOWS  3.1,3.11  programmalarini  ishlatish  mumkin.  WINDOWS  95  ni  to`laqonli 

ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 

operatsion  sistemasida  ishlash  uchun,  Foto  Shop,  Corell  Drawe  va  boshqa  хozirgi  zamon 

programmalarini  ishlatish  uchun  kamida  32  Mbayt  xotirali  va  PENTIUM_2,3  protsessorli 

kompyuterlar  lozimdir.  Bu  ko`rsatkichlar  yangi  protsessorlar  va  programma  mahsulotlarini 

paydo bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi.  

Doimiy  xotira.Kompyuterlarda  berilganlar  unga  avvaldan  joylashtirilgan  doimiy  xotira  (BIOS-

Basic  Input-  Output  System-kiritish  chiqarishning  asosiy  sistemasi)  mavjud.Bunday  xotiradan 

faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb 

ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jiхozlarini ishlashini tekshirish, operatsion 

sistemasini  boshlang‘ich  yuklanishini  ta'minlash,  qurilmalarga  xizmat  ko`rsatishning  asosiy 

funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 

Kesh xotira

Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va 

mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali 

bajariladigan  amallardan  ancha  tez  bajariladi.  Shuning  uchun  kompyuter  xotiraning  ko`proq 

ishlatiladigan  qismi  nusxasini  kesh  xotirada  saqlab  turadi.  Mikroprotsessorning  xotiraga 

murojaatida,  avvalo,  kerakli  programma  va  berilganlar  kesh  xotirada  qidiriladi.  Berilganlarni 

kesh xotirada qidirish  vaqti tezkor xotiradagiga  nisbatan ancha kam  bo`lgani uchun kesh xotira 

bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira  хajmi 512 K 

ni tashkil qiladi.  

 

Videoxotira. 

 

                         

 

 

Videoxotira monitor ekraniga video ma'lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun 

ishlatiladi.  Shuni  aytish  lozimki,  videotasvirlar  (ayniqsa  rangli)  kompyuter  xotirasida  ko`p  joy 

egallaydi.  Shuning  uchun  video  xotira  хajmi  qancha  katta  bo`lsa,  shuncha  yaxshi  albatta. 

Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.  

Shina. 

Kompyuterda har  bir qurilmaning  ishini  boshqaruvchi  elektron sxemalar  mavjud  bo`lib, 

ular  adapterlar  (moslovchilar)  deb  ataladi.  Barcha  adapterlar  mikroprotsessor  va  xotira  orqali 

berilganlarni  ayirboshlovchi  magistral  yo`l  deb  ataluvchi  shinalar  orqali  bog`langan  bo`ladi. 

Shunday qilib, oddiy  so`z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni  bog`lovchi  maxsus simlardir. 

Kompyuterda bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron 

plata  deb  ataluvchi  modullardan  iborat.  Uning  modul  tuzilishiga  ega  bo`lishi  kompyuterlar 

ta'mirini oson  bajarish, uni  foydalanuvchi ehtiyojiga qarab  yig‘ish  va o`zgartirish  imkoniyatini 

beradi. 



 

Sistema platasi 

 

 

 

Sistema  platasi  kompyuterning  asosiy  platasi  хisoblanib,  unga  BIOS,  mikroprotsessor, 

tezkor  xotira,  kesh  xotira,  shinalar  joylashtirilgan  bo`ladi.  Bundan  tashqari,  unda  ba'zi  bir 

qurilmalar,  ishni  boshqaruvchi  elektron  sxemalar,  klaviatura,  disk  qurilmalari  adapteri  ham 

joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning 

ma'lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash 

mumkin. 

 

 



Kompyuterda  kiritish-chiqarish  portlari  kontrolerlari  mavjud  bo`lib,  ular  sistema 

blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa 

qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo`ladi 

va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer 

va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.  

  



 

Monitor. 

 

                          



 

  

Monitor  (displey)  kompyuterda  matn  va  grafik  ma'lumotlarni  tasvirlash  (ko`rish)  uchun 



xizmat  qiladi.  Garchand  tashqi  ko`rinishidan  u  televizorga  o`xshab  ketsada,  ular  bajaradigan 

ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan 

nur  umuman  aytganda  zararli,  shuning  uchun  ham  ba'zi  kompyuterlarda  past  radiatsiya  (Lowe 

radiation) so`zlarini uchratish  mumkin.Lekin ularning  inson organizmiga ta'siri tobora kamayib 

boradigan  rusumlari  yaratilmoqda.Buning  misoli  keyingi  yillarda  chiqarilgan  17-21  dyymli 

SVGA  (SUPER  Video  Grafic  Adapter-katta  video  grafik  adapter)  monitorlarda  nurlarning 

ta'sirini 

ancha 


kamaytirilishiga 

erishilganligini 

keltirish 

mumkin. 


Monitor 

asosiy 


xarakteristikalaridan  biri  uning  tasvirlash  qobiliyatidir.  Tasvirlash  qobiliyati  ekranning 

gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash 

qobiliyati  800x600,  15  dyymli  monitorda  1024x768,  17  dyymli  monitorda  1280x1024  va  21 

dyymli  monitorda  esa  1600x1200.  Bundan  tashqari,  monitorning  yana  bir  xarakteristikasi 

tasvirlarni  hosil  qiluvchi  piksellar  (nuqtalar)  o`lchovining  katta-kichikligidir.  Tasvirlash 

qobiliyati  800x600  ga  teng  bo`lgan  monitorlarda  piksel  0,31mm  ga,  1024x768ga  teng  bo`lgan 

monitorlarda  esa  piksel  0,28  yoki  0,25ga  teng  bo`lishi  kerak.  Monitorning  tez  ishlashi  uning 

adapteriga  bog`liq  bo`ladi.  Matn  rejimida  monitorlar  nisbatan  tez  ishlasada,  grafik  rejimda  u 

sekinroq ishlaydi.Uning tezligini oshirish yo`llari ham mavjud. 

 

Tashqi qurilmalar 

 

 

 

Tashqi  qurilmalar quyidagi  uskunalardan  iborat:  Printer, skaner,  modem,  strimer, grafik 



quruvchiva boshqalar (2.1-rasm).  

Printer.Printerlar  kompyuterda  olingan  natijalarni,  programma  va  berilganlarni  bosmaga 

chiqarish  uchun  ishlatiladi.  Printer  yordamida  matnlarni,  grafiklarni,  rasmlarni  bosmaga 

chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz 




ko`rinishda  bosmaga  chiqarish  mumkin.  Printerlar  asosan  uch  xil  bo`ladi:  matritsali,  oqimli  va 

lazerli.  

Matritsali  printerlar  nuqtalar  yordamida  bosmaga  chiqaradi.Shuning  uchun  ham  ularni 

nuqta-matritsali  printerlar  deb  ham  atashadi.  Bunday  printerlar  nisbatan  sekin  ishlaydi,  chop 

qilish  sifati uncha  yaxshi emas va chop qilish tezligi  ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy 

(A4)  chop  etish  formatiga  ega.  24,  48  ignali  (nuqtali)  printerlar  mavjud  bo`lib,  albatta  ignalar 

soni ko`pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.  

Oqimli  printerlar.Bunday  printerlar  maxsus  (rangli  va  rangsiz)  siyoхlarni  purkash  yo`li 

bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati 

tiniq  va  ravshan  bo`lib,  ularning-kamchiligi  siyoхining  tez  tamom  bo`lib  qolishi  va  uning 

nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.  

 

   



 

 

Lazer  printerlar.Lazer  printerlar  ham  sifati,  ham  tezligi  jiхatidan  eng  yaxshi  printer 



hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo`ladi. 

Bunday  printerlarning  andozasi  sifatida  ХEWLETT-PACKARD  (ХP)  firmasi 

chiqaradigan  ХP  LaserJet  rusumli  printerlar  qabo‘l  qilingan.  Lazer  printerlarda  chop  etish  juda 

qulay  bo`lib,  u  tez  (minutiga  8-15  хatto  40  varaqqacha)  chop  etishi  mumkin.  Ammo  tabiiyki, 

bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan 

toner  rang  va  kartridjning  tez  almashtirib  turilishidadir.  Uning  bir  toneri  taxminan  1500-2500 

varaqqa yetadi.Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog`liq albatta. Shuning uchun lazer printerda 

chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.  



 

Modem. 

   


 

 

Modem  modulyatsiya,  demodulyatsiya  so`zlaridan  olingan  bo`lib,  uzluksiz  signallarni 



raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma'lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib 

beradigan  qurilmadir.  Uning  asosiy  vazifasi  kompyuterlararo  aloqani  o`rnatishdir.  U  o`zining 

kommunikatsion  programmalariga  ega  bo`lib,  bu  programmalar  yordamida  uzoq  masofalarga 

ma'lumotlarni  uzatishi  va  qabo‘l  qilishi  mumkin.  Modem  ichki  va  tashqi  bo`lishi  mumkin. 

Hozirda  ko`p  kompyuterlar  modem  bilan  birga  sotilmoqda.Kompyuter  telefon  tarmog`i  orqali 

axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog`idan olingan signalni qabo‘l qila 




oluvchi  va  uni  raqamli  axborotga  aylantiruvchi  qurilma  lozim  bo`ladi.  Qurilmaning  kirishida 

axborot  modulyatsiya  qilinadi,  chiqishda  esa  aksincha,  demodulyatsiyaga  uchraydi,  shundan 

modemnomi  kelib  chiqqan.Modemning  asosiy  vazifasi  kompyuterdan  kelgan  signalni  telefon 

tarmog`i  ish  chastotasi  diapozoniga  mos  chastotadagi  elektr  signaliga  aylantirishdan  iborat.Bu 

tarmog`ning  akustik  kanalini  modem  quyi  va  yuqori  chastota  yo`laklariga  ajratadi.Quyi 

chastotali yo`lak ma'lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqori yo`lakli chastotalar esa qabo‘l qilish 

uchun qo`llaniladi. 

Modemning,  yuqorida  aytganimizdek,  ikki  turi  mavjud:  ichki  va  tashqi  modem.  Ichki 

modem plata ko`rinishida kompyuter  ichiga  maxsus  joyga o`rnatiladi. Tashqi  modem esa,  ham 

faks ham modem rolini o`ynaydi va aloхida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. 



 

Skaner 

      


 

 

Skaner-matn,  grafika,  tasvirlarni  kompyuterga  kiritishni  avtomatlashtirish  uchun  xizmat 



qiluvchi  qurilma.  U  hozir  asosan  rangli  ko`rinishda  chiqarilayapti.  Uning  andozasi  sifatida  ХP 

(Хewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan ХP Scanjet rusumli skanerlar qabo‘l qilingan. 

Uning  asosiy  xarakteristikasi  ma'lumotlarni  aniq,  tiniq,  lozim  bo`lgan  rangda  (xususan 

qora  rangli)  va  ko`rinishda  chiqarish  qobiliyatidir.  Ushbu  tasvirlash  qobiliyati  gorizontal  va 

vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi. 

Odatda  bu  xarakteristika,  misol  uchun,  300x600,  600x1200  ko`rinishda  bo`ladi.  Bu 

degani  gorizontal  chiziqlar  bo`yicha  nuqtalar  (piksellar)  soni  300  (600),  vertikal  bo`yicha 

piksellar soni 600 (1200)ta ekanligini bildiradi. 

Nuqtalar  soni  qancha  ko`p  bo`lsa  ma'lumotlar  aniqroq  tasvirga  ega  bo`ladi.  Tabiiyki, 

skanerni ХP dan boshqa firmalar ham ko`plab ishlab chiqaradi. Lekin ular ХP Jcanjet andozasiga 

mos  kelishi  kerak.  Хozirda  bunday  skanerlar  Janubiy-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlarida  ko`plab 

chiqarilmoqda.  Shuni  aytish  lozimki,  programma  vositalari  yordamida  skanerning  tasvirlash 

qobiliyati ancha kuchaytirilishi mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan 

ish  ko`rilganda  u  yoki  bu  milliy  til  drayverlarni  aniq  aks  ettiruvchi  programmalardan  (masalan 

Fine Reader) foydalanish zarur. 

Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullarda  foydalaniladi. Ba'zi skanerlar  maxsus 

kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning 

asosiy platasiga (ona platasi) maxsus joyga va o`sha plata orqali o`rnatiladi. 

Ba'zi  skanerlar  parallel  portga  to`g`ridan-to`g`ri  ulanadi.  Hozirda  asosan  SCSI-3 

interfeysi  orqali  ulanadi.  Bu  andoza  kompyuterga  ko`plab  tashqi  qurilmalarni,  shu  jumladan, 

skanerni  ulash  imkoniyatini  beradi.  Turli  kompyuterlar  uchun  programma  birligini  ta'minlash 

maqsadida TWAIN qaydnomasi ishlatiladi. 

Demak, agar WINDOWSda shu qaydnoma o`rnatilgan bo`lsa, u skanerlar bilan bemalol 

ishlay oladi. Odatda skaner sotib olinayotganda uni qaysi operatsion sistemaga mo`ljallanganini 

bilish lozim.Shu bilan birga хozirda chiqarilayotgan skanerlarning aksariyati WINDOWSga mos 

skanerlardir.  WINDOWS  98  dan  boshlab  esa  operatsion  sistemalar  TWAIN  qaydnomasini 

yaxshi taniydigan bo`ldi. Shuning uchun ham bu operatsion sistemalarda skanerlar bilan bevosita 

ishlash imkoniyati mavjud. 



 


 

Lazerli (kompakt) disk

 

       



                          

 

 



CD ROM(Compact Disk Read Only Memory  –  faqat o`qish uchun lazerli disk).Keyingi 

paytda bu qurilma juda muhim rol o`ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 Mbayt hajmdagi 

ma'lumotni  sig`ishi  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan  uni  ishlatishda  qulayligi  bilan  alohida  e'tiborga 

loyiq. Uning CD ROM  vaCD Writer (yozuvchi) ko`rinishdagilari mavjud bo`lib, birinchisi faqat 

o`qish  uchun  mo`ljallangan  bo`lsa,  ikkinchisi  ma'lumot  va  programmalarni  yozish  uchun  keng 

qo`llanilmoqda.  Ayniqsa,  hujjatlarning  elektron  versiyasini  bunday  ma'lumot  yuritgichi  orqali 

ayirboshlash dolzarb masala bo`lib qoldi.  

CD  ROM  ning  muhim  ko`rsatkichlaridan  biri  uning  ma'lumot  ayirboshlash  tezligidir. 

Hozirda ko`proq 48, 52 tezlikli lazer disklar ishlatilmoqda. 

Disketa

   


 

 

Ma'lumotlarni,  programmalarni  doimiy  saqlash,  ayirboshlash  maqsadida  disketalar 



ishlatiladi. Unga FDD (Floppy Disk Driver – egiluvchan disk qurilmasi) yordamida ma'lumotlar 

va  programmalar  yoziladi  va  undan  o`qiladi.  Hozirda  ХD  (Хigy  density-yuqori  zichlik)  asosan 

hajmi  1,44  yoki  o`ta  yuqori  2,88  Mbaytga  teng  bo`lgani  keng  ishlatilmoqda.  Ayni  paytda  120 

Mbayt siQimli Floppy disketalar ham ishlab chiqarilish arafasidadir. 



 


Klaviatura va sichqoncha 

 

Klaviatura  va  sichqoncha  ma'lum  ma'noda  bir-birining  o`rnini  bosadigan,  ma'lumotlarni 

kiritadigan  va  kompyuter  bilan  muloqot  qilish  vazifasiri  o`taydigan  qurilmalardirlar.  Ularsiz 

kompyuterda xususan, operatsion sistemasida ishlab bo`lmaydi.  Ular yordamida  siz  operatsion 

sistemaga  va  uning  boshqaruvi  ostida  ishlaydigan  programmalarga  buyruqlar,  shuningdek,  bu 

qurilmalar yordamida programmalarga kerak  bo`lgan ma'lumotlar kiritiladi.  

Sichqoncha.  Sichqoncha  odatda  ikki  yoki  uch  klavishali  bo`ladi:  chap,  o`ng  va  o`rta. 

Chap  va  o`ng  klavishalar  programma  asosida  almashtirilishi  mumkin.  Odatda  chap  klavisha 

yordamida  asosiy  amallar  (ajratish,  surish,  bajarish  va  х.k.)  bajariladi.  O`ng  klavisha  kontekst 

meny  deb  ataluvchi  amallarni  bajarish  uchun  xizmat  qiladi.  Kontekst  menyning  vazifasi  joriy 

хolatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog`liq. O`rta klavisha хozirda xususan, varaqlash 

(Page Down, Page Up amaliga o`xshab) maqsadlari uchun qulay. 

Klaviatura.Klaviatura  101-105 klavishlardan  iborat.  

 

O`z vazifalariga ko`ra klavishlar  beshta guruхga bo`linadi: 



1.  Harflar  va  sonlarni  kiritadigan  klavishlar.  Ular  oddiy  yozuv  mashinkalarning  klavishlariga 

o`xshaydi. 

2. Boshqaruvga  oid klavishlar. 

3. Funksional yoki amal klavishlar. 

4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar. 

5. Maxsus belgilardan iborat klavishlar. 

Eng  katta  guruх-birinchi  guruh  bo`lib,  ular  yordamida  rus  va  lotin  katta-kichik  harflari, 

sonlar,  maxsus  belgilar,  tinish  belgilari  kompyuterga  kiritiladi.  Pastda  joylashgan  uzun,  хech 

qanaqa  belgisi  bo`lmagan  klavishning  nomi  Spacerbar  yoki  Space  deb  ataladi  va  bo`shliq 

belgisini  kiritishga  mo`ljallangandir.  Boshqa  klavishlar  bir  necha  nomga  ega,  chunki  ular 

klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo`ljallangan. 

Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi. 

Rus  alifbosidan  lotin  (ingliz)  alifbosiga  yoki    aksincha,  lotinchadan  ruschaga  o`tish  siz 

ishlaydigan programmaga bog`liq. Masalan, WINDOWS da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. 

(Ekranning eng pastki qismida). 

Ekranga belgi  tushadigan  joy  maxsus  usul  bilan  belgilanadi. Buning uchun  maxsus  

belgi    bor,  u  kursor  deb  ataladi.  Agar  ekran  matn  kiritish  holatida  ishlab  turgan  bo`lsa,    unda 



kursor  o`chib-yonib  turadigan  vertikal  chiziqcha  yoki  harfning    ustiga    tushadigan  

to`rtburchakka o`xshaydi va  matn  kursori deb  nomlanadi. 

Boshqarishga  oid  klavishlar  har  xil  boshqarish  vazifalarini  bajaradi.  Ayrim  klavishlar, 

masalan:  CAPSLOCK,  NUMLOCKvaSCROLL  LOCK  klavishlarining  ishlash  vazifasini 

o`zgartirib  turadi.  SHIFT,  CTRL,  ALT  klavishlari  boshqa  klavishlar  bilan  birga  ishlaydi. 

Masalan, CTRL + ALT + F degani CTRL, ALT va Fklavishlarini  birdaniga bosishni bildiradi. 

F1  dan  F12  gacha  bo`lgan  klavishlar  funksional  klavishlar  deb  nomlanadi.  Dastur 

tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bo‘lar 12 ta bo`lishiga 

qaramasdan,  ko`pincha  F1  dan  F10  gachasi  ishlatiladi.  Odatda  F1  klavishi  yordamchi 

ma'lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik). 

Num Lock (sonlarni saqlash)-sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki 

kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin:  

1) sonlarni kiritishda, 

2) kursorni boshqarishda. 

Ikki  holatning  biridan  ikkinchisiga  o`tishni  Num  Lock  (maхkamlash  bilan)  yoki  Shift 

klavishi  (maхkamlash  kerak  emas)  bajaradi.  Bunda  Caps  Lock  klavishi  sonlarni  kiritish 

klaviaturasiga ta'sir ko`rsatmaydi.  

Sonlarni  kiritish  paytida  sonlarni  kiritish  klaviaturasi  kalkulatorning  klaviaturasiga 

o`xshaydi.  Sonlarni  va  arifmetik  amallar  belgilarini  kiritish  uchun  qulaylik  yaratadi.  Sonlarni 

kiritgan paytda Num Lock chirog`i yonib turishi kerak, agarda Num Lockni ko`rsatuvchi chiroq 

o`chgan bo`lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin.  

Ctrl  (Control-boshqarish)  -  boshqa  klavish  bilan  birga  bosilganda,  o`sha  klavishning 

vazifasi  o`zgaradi,  ALT  (Alternative-o`zgartiruvchi)  -  bu  klavish  ham  boshqa  klavishlar  bilan 

birga bosilganda, o`sha klavishning ish vazifasini o`zgartiradi. 

Print Ssreen (ekrandagi chop etish) - ushbu klavish ekranda bo`lgan ma'lumotni printerga 

chiqarib beradi. 

PAUSE  (vaqtinchalik  to`xtash)  -  ushbu  klavish  bosilganda  kompyuter  o`z  ishini 

vaqtincha to`xtatadi. 

TAB  (tabo‘lyatsiya  so`zidan)  -  faqat  pastdagi  registrda  ishlaydi  va  gap  matn,  Hujjatlar 

haqida ketganda, kursorni o`ng tomonga, navbatdagi maxsus ko`rsatilgan (belgilangan) nuqtaga 

(pozitsiyaga)  suradi.  Bu  klavishning  qulayligi  shundaki,  uning  yordami  bilan  jadvallar  tuzish 

oson  va  matnni  yozganda  ham  belgilangan  pozitsiyadan  boshlab  terish  mumkin.  Klavishlarni 

yuqori registrda bosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin. 

BackSpace  (Orqaga  qaytish)  -  qaytarish  klavishi.  Bu  klavisha  yordamida,  matn  terish 

paytida, 

ekrandagi 

kursordan 

chap 


tomondagi 

xato 


terilgan 

belgilarni 

o`chirish 

mumkin.Kursorning o`zi esa bitta belgi chap tomonga suriladi. 

Enter (kiritish) - kiritish klavishi. Matn terish paytida ushbu klavish bosilsa, kursor yangi 

abzatsga (satrga) o`tadi. 

Caps Lock (bosh yoki kichik harflarga o`tish klavishi)  -  yuqori registrga o`tish imkonini 

yaratib  beradi.  Хaqiqatda  esa  ushbu  klavish  faqat  harflar  terish  klavishlariga  o`z  ta'sirini 

ko`rsatadi, bosh  harflar kiritish  imkonini  yaratib  beradi.  Bu klavishni  bosib ushlab turish kerak 

emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish maqsadida klaviaturaning o`ng  burchagida yonib turadigan 

indikatorlar joylashgan. Bu indikatorlar rejimni ko`p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar 

bilan bog`langan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli. 

Scroll  Lock  (surishni  saqlaydi)  -  bu  klavish  yordamida  kursorni  harakatga  keltirmoqchi 

bo`lsangiz,  kursor  ekranga  sakraydi.  Bu  klavish  ham  o`z  хolatini  mustaхkamlash  (fiksatsiya) 

bilan bajaradi. 

Shift  (surish)  -  vaqtinchalik  yuqori  registrdan  pastki  registrga,  yoki  aksincha,  pastki 

registrdan yuqori registrga o`tish imkonini beradi.Hammasi Caps Lock  klavishining  хolati bilan 

bog`langan.  Bu  klavishning  xizmati  vaqtinchalik  bo`lganligi  sababli,  boshqa  klavishlarning 

xizmatini o`zgartirish kerak bo`lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab 

turiladi. 




Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko`rib chiqamiz. 

Ekranda  ko`rsatilgan  obyektni  surish  yoki  ko`chirish.  Ekranda  ko`rsatilgan  obyektni 

topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo`yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va 

sichqoncha  klavishasi    qo`yib  yuboriladi.  Windows  muхitida  ishlayotganda  ekrandagi 

obyektlarni ham chap, ham o`ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko`chirish mumkin. 

Chap klavisha  bosilganda,  mo`ljallash  bo`ladi, o`ng klavisha  bosilganda  esa aniq  vazifa 

berish kerak bo`ladi. 

Sichqoncha yordamida  quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin: 

Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;  

Slick-sichqoncha klavishasini bosib darхol qo`yib yuborish; 

Double click-sichqoncha klavishasini ikki marta tez bosish; 

Select-biror obyektni tanlash. 

Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko`chirish (Drag 

and Drop texnologiyasi)  mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib 

borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha 

klavishasi qo`yib yuboriladi.  

Windowsda sonlarni kiritish klaviaturasini sichqoncha o`rnida ishlatish mumkin. Bunday 

holat har xil sabablarga ko`ra, sichqoncha ishlamay qolganda yuz berishi mumkin.  



 

Kompyuter xotira qurilmalari 

 

 

Kompyuter  elektr  manbaidan  uzilgandan  so‗ng,  tezkor  xotira(OZU)dagi  barcha 



ma‘lumotlar o‗chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda, o‗chgan ma‘lumotlarni qayta tiklab 

bo‗lmaydi.  Shuning  uchun  ma‘lumotlarni  saqlashda,  elektr  energiyasiga  bog‗liq  bo‗lmagan, 

ma‘lumotlarni saqlash qurilmalaridan foydalaniladi.  

Barcha  tashqi  qurilmalar  energiyaga  bog‗liq  bo‗lmagan  holda  ma‘lumotlani  saqlaydi. 

Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo‗linadi: 

Magnitli saqlash qurilmasi. 

Optik saqlash qurilmasi. 

Elektr saqlash qurilmasi. 

Endi har bir turiga qisqacha to‗хtab o‗tamiz. 

Magnit  saqlash  qurilmalari kompyuterga  o‗rnatiladigan  asosiy  saqlash  vositasi 

hisoblanadi. Bu turdagi хotira qurilmasining asosi, ya‘ni barcha ma‘lumotlar magnit asosga ega 

bo‗lgan  materiallarda  saqlanadi.  Bu  turdagi  xotiradan,  barcha  turdagi  kompyuterlar(ishchi 

kompyuterlar, serverlar, portativ kompyuterlar,..) foydalanishadi. 

Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi: 

— Qattiq disklar(ХDD). 

— Egiluvchan disklar(floppi disk). 

— Magnit lentalar. 

Qattiq  diskni(vinchester,  ХDD),  kompyuterning  asosiy  xotirasi  deyish  mumkin.  Bu 

qurilma  kompyuterga  bevosita ATA yoki SATA porti  orqali  ulanadi.  Hajmi  ham  xar  хil 



bo‗ladi(250  Gb,  500  Gb,  1  Tb,  2Tb,..).  Хajmi  qanchalik  katta  bo‗lsa,  narxi  ham  shunchalik 

qimmat  хisoblanadi.  Undan  tashqari  ma‘lumotlarni  o‗qish  va  yozish  tezligi  ham  narxiga  ta‘sir 

qiladi.  Bu  xotira  turiga  yana  tashqi  qattiq  disklar  ham  kiradi.  Ular  USB  port  orqali  ulanadi  va 

kompyuterdan  elektr  manbai  oladi.  Bu  turi  katta  хajmdagi  ma‘lumotlarni  olib  yurish  uchun 

ishlatiladi. 

Egiluvchan  disklar  хozirgi  kunda  kamayib  ketgan. 1.44 Mb  хajmga  ega  bo‗lib, 

ma‘lumotlarni bir necha martta o‗qib, yozish uchun ishlatiladi. Unchalik ishonchli emas, magnit 

plyonkalar ham yupqa bo‗lib, juda tez ishdan chiqish eхtimoli katta. Tashqi ta‘sirlarga umuman 

bardoshli emas. 

Keyingi  magniitli  saqlash  qurilmasi  bu  –  magnit  lentalardir.  Bo‘lar  asosan  server 

kompyuterlar  bilan  ishlaganda  kerak  bo‗ladi.  Katta  hajmdagi  ma‘lumotlarni  arxivlash  yoki 

nusxasini  olish  jarayonida  ishlatiladi.  O‗qish  va  yozish  tezligi  unchalik  katta  emas,  lekin  uzoq 

vaqt davomida saqlash uchun mo‗ljallangan. 

Navbatdagi  tashqi  saqlash  qurilmasi  bu optik  disklar hisoblanadi.  Bu  disklarga 

ma‘lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o‗qiladi. Optik disklarni quyidagi 

turlari mavjud: 

— Faqat o‗qish uchun mo‗ljallangan disklar: CD, DVD. 

— Faqat bir marotaba yozish uchun mo‗ljallangan disklar: CD-R, DVD-R. 

— Bir necha marotaba yozish uchun mo‗ljallangan disklar: CD-RW, DVD-RW. 

CD  disklar 700 Mb  atrofida,  DVD  disklar  esa 4.7 Gb  atrofidagi  ma‘lumotlarni  o‗zida 

saqlay  oladi.  Bu  optik  disklarni  o‗qish  uchun  kompyuterga CD-ROM,  DVD-ROM  qirilmalari 

ulanadi. Hozirgi kunda yangi DVD disklari paydo bo‗lgan, bo‘lar Blu-ray deb nomlanadi va ular 

ko‗k  rangdagi  lazer  orqali  ma‘lumotlarni  yozadi(oddiy  optik  disklarga  qizil  rangdagi  lazer 

ishlatiladi). Blu-ray disklarning хajmi 25 Gb dan boshlanadi. 

Keyingi  tashqi  xotira  qurilmasi  bu  – elektr  saqlash  qurilmasidir.  Bu  xotira  qirilmasida 

ma‘lumotlar,  mikrosxemalar  orqali  yaratilgan  va  programmalashtirilgan  xotirada  saqlanadi. 

Bunga  misol,  flesh-xotiralardir(fleshka).  Bu  qurilmalar  kompyuterga  USB  port  orqali  ulanadi. 

Qurilmaning o‗lchamlari kichik va hajmi hozirgi kunda 64 Gb dan ham oshdi. Bu qurilmaning 

asosiy  parametri  hajmidan  tashqari  ma‘lumotlarni  o‗qish  va  yozish  tezligi  hisoblanadi. 

Ma‘lumotlarni  yozish  va  o‗qishda  хech  qanday  dasturlarning  keragi  yo‗q  va  ishlatish  juda 

soddadir.  Flesh  xotiralarni  sotib  olishda  pulingizni  ayamasdan  o‗sha  paytdagi  eng  katta 

hajmliligini  sotib  olavering,  sababi  bu  xotira  qurilmasi  juda  katta  tezlikda  o‗z  hajmini 

kattalashtirib yubormoqda 

 



 

 

Foydalanilgan  adabiyotlar: 

 

Asosiy adabiyotlar: 



1.Mедицинская информатика, Учеб-но-методическое пособие для студентов 2 курса 

медицинских вузов специальностей «Лечебное дело», «Педиатрия», 

«Стоматология»,Симферополь 2012, Под редакцией П.Е. Григорьева 

2.Mедицинская информатика, Учебное пособие , Куделина О.В., Хлi‘нин С.М, – Томск: 

СибГМУ, 2009 

3.КОНСПЕКТI‘   ЛЕКЦИЙ по  курсу «ИНФОРМАТИКА для  студентов направлений  

ИТ,TATУ,Ташкент,2011 

4.Программа  развития  компьютеризации  и  информационно-коммуникационнi‘х     

технологий на 2002-2010 годi‘.(Приложение №1 к постановлению Кабинета Министров 

Республики           Узбекистан от 6 июня 2002, №200.) 

5.Biomedical InformaticsComputer Applications for Хealtх Care and Biomedicine,Edward Х. 

Shortliffe,James J. Cimino, New York,USA,2014  

 

Qo’shimcha  adabiyotlar: 

 

Operating System Concepts Essentials, Abraham Silberschatz, Peter Baer Galvin, Greg Gagne, 



Copyrigхt © 2011 Joхn Wiley & Sons, Inc 

 

Internet  saytlari: 

1.http:// google.ru 

2.lex.uz 

3.ziyonet.uz 

4.referatlar.uz 



5.twirpx.com 

 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin