5-aksioma.
Texnogen xavflar odamlar
salomatligini yomonlashtiradi, jarohatlarga,
moddiy talofatlarga va tabiiy muhitning tanazzuliga olib keladi.
Jarohatlovchi omillarning ta’siri odamlarni jarohatlanishi yoki o’limiga olib keladi.
Bu odatda tabiiy muhit va texnosferadagi cheklangan buzilishlar tufayli yuzaga keladi.
Zararli omillarning ta’siri odatda, uzoq muddatli bo’lib,
salomatlik holatiga salbiy
ta’sir qiladi, kasbiy yoki regional kasalliklarga olib keladi. Tabiiy muhitga ta’sir qilib,
tabiat va hayvonot olami, hamda biosfera elementlarining tanazzuliga olib keladi.
Zararli moddalarning yuqori kontsentratsiyalarida yoki energiyaning katta
oqimlarida zararli omillar o’zlarining ta’sir qilish xarakteri bo’yicha jarohatlovchi
omillarga tenglashadi. Masalan,
zaharli moddalarning suvdagi, havodagi va oziq-
ovqatdagi kontsentratsiyalari odamni zaharlashi mumkin.
6-aksioma.
Texnogen
xavflardan
himoyalanish
xavf
manbalarini
mukammallashtirish, xavf manbai bilan himoya ob’ekti orasidagi masofani uzoqlashtirish
va himoya choralari qo’llash bilan amalga oshiriladi.
Modda, energiya va informatsiya oqimini kishi faoliyati zonasida kamaytirish uchun
bu oqimlarni xavf manbaidan chiqishini kamaytirish yoki
ular orasidagi masofani
uzaytirish bilan amalga oshirish mumkin. Bularni amalga oshirish mumkin bo’lmagan
hollarda himoyalovchi texnik, tashkiliy tadbirlar va shaxsiy
hamda kollektiv himoya
vositalari qo’llanadi.
7-aksioma.
Odamlarning xavflar va ulardan himoyalanish borasidagi chuqur
bilimlari - hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashdagi zarur shartdir.
Texnogen xavflarning xilma-xilligi va ularni tez sur’atlar bilan ko’payib borishi,
ulardan himoyalanishni tabiiy mexanizmlarini yo’qligi, odamda xavflarni oldindan sezish
va ulardan himoyalanish malakasiga ega bo’lishni talab qiladi.
Bunga uni hayoti
davomida faqat o’qitish, o’rgatish va malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash
bilangina erishib bo’ladi.
Muhokama uchun savollar:
1.
Texnosfera rivojlanishining erdagi hayotga ta’siri qanday?
2.
Atmosfera havosining harorati ko’tarilib
borishi erdagi hayotga
qanday ta’sir qilyapti?
3.
Ozon qatlamining emirilishi biosferaga ta’sir qiladimi?
4.
Xavf nima? Unga ta’rif bering.
5.
Yashash muhiti monitoringi haqida nima bilasiz?