1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari mohiyati, xavf turlari va



Yüklə 46,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü46,36 Kb.
#199456
1   2   3   4   5
ХФХ.1-амал.

2-aksioma.
texnosfera elementlari texnogen xavflar manbaidir. 
Xavflar, texnik sistemadagi nosozlik va nuqsonlar mavjud bo’lganda, ularni 
noto’g’ri ishlatilganda va zararli chiqindilar chiqarganda paydo bo’ladi. Texnik 
sistemalardagi nosozlik va nuqsonlar jarohatlanish xavfini tug’dirsa, zararli chiqindilar 
(chang, gaz, oqava suvlar, energetik nurlanishlar va maydonlar) ajralib chiqishi insonga, 
tabiiy muhitga va texnosfera elementlariga zararli ta’sir qiladi. 
3-aksioma.
Texnogen xavflar makon va zamonda ta’sir qiladi. 
Jarahatlovchi omillar, odatda, cheklangan makonda qisqa vaqt ichida va to’satdan, 
kutilmaganida ta’sir qiladi. 
Ular avariya va falokatlarda, portlash, bino va inshoatlarning to’satdan buzilish 
hollarida paydo bo’ladi. Ularning ta’sir doirasi, odatda, cheklangan bo’ladi. Lekin 
ayrimlari juda katta maydonlarga tarqalishi mumkin. 
Zararli ta’sirlarning xarakterli tomoni shundaki, ular uzoq muddat yoki vaqti-vaqti 
bilan odamga, tabiiy muhitga va texnosfera elementlariga noxush ta’sirini o’tkazadi. 
Ularning makondagi ta’sir doirasi juda katta, ya’ni kichik bir ish zonasida va yashash 
zonasidan er sharini o’rab turgan fazogacha bo’lishi mumkin. Bularga ozon qatlamini 
emiruvchi “issiq xona samarasi” hosil qiluvchi gazlar, radioaktiv moddalarning 
atmosferaga tarqalishi va sh.o’. misol bo’la oladi. 


4-aksioma.
Texnogen xavflar-odamga, tabiiy muhitga va texnosfera elementlariga 
baravar salbiy ta’sir qiladi. 
Odam va uni o’rab turgan texnosfera o’zaro moddiy, energetik va informatsiya
almashuvida bo’lar ekan doimiy (odam-texnosfera) fazoviy sistemasini vujudga 
keltiradi. Bir vaqtning o’zida “Texnosfera-tabiiy muhit” sistemasi ham mavjud. 
Texnogen xavflar tanlab ta’sir qilmaydi. Ular yuqoridagi sistemalar tarkibida va 
elementlarga baravar salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Yüklə 46,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin