1-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida..
Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doim bir-birini to ’ldirib keladi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatadi.Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o ’quv fani bo ’lib ham xizmat qilishi mumkin.
Masalan: YU.V .Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o’qitish nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi.
A.V.Mudrikning fikricha,“Ijtimoiy pedagogika - barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogika”dir.
V.D .Semenov “Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi”ni ma’lum yutuqlari birlashtiruvchi va ulari ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiradigan fan, deb hisoblaydi.
M.A .Galaguzova Ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta ’rif bermoqchi bo’lgan.
1-topshiriq.
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida mavzusi bo’yicha adabiyolardan foyldalanib ma’lumotlatlar to’ping va taqdimot tayyoring.
2-topshiriq.
Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzading.
Foydalaniladigan adabiyotlar
1.P. Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi.
2.J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
3.C.A. Koзловa. Дошкольная педагогика. Moсква. “Просвещение”2000
4.Ф.A.Mустафаева, Социональная педагогика Moсква, “Просвещение”,2003
Dostları ilə paylaş: |