Amaliymashg‘ulotningmaqsadi: Talabalarga barcha masofaviy o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllari xakida ma’lumot berish.
Nazariyqism: Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o‘qitish barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o‘quv-uslubiy materiallarni o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o‘quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo‘ladi. Ma’lum sabablarga ko‘ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlarida tahsil olish imkoniyati bo‘lmagan, masalan, sog‘ligi taqoza etmaydigan, mutaxassicligini o‘zgartirish niyati bo‘lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo‘lgan kishilar uchun masofaviy o‘qitish qulay o‘qitish shakli hisoblanadi. Masofaviy o‘qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog‘liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishga, elektron pochta to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatishga, ya’ni xabarlarni jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o‘tamiz. Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Masofaviy o‘qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuaidir. Masofaviy o‘qitish tizimi – masofaviy o‘qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo‘lib qoldi? – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: - Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog‘liqmasligi va boshqalar). - Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi. - Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi. - Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. - Xalqaro integratsiyaning kuchayishi. Yuqorida sanab o‘tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o‘qitishga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi. Masofaviy o‘qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari mavjud bo‘lib, ular quyidagi qo‘llanish shartlari bilan farqlanadi: - geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi); - mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi; - kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi; - ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qo‘llanish darajasi; - ta’limda qo‘llaniladigan an’analari; - masofaviy o‘qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning salohiyati va boshqalar. Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi: - Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o‘quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish. - Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish. - Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish. - Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish. - Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish. - Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash. Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shart- sharoitlar mavjud. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir. 1. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qo‘rilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari,video konferensiya jihozlari va hakazo. 2. Dasturiy ta’minotga: Mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami kiradi.So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib kelinayotgan Internet yoki Interanet tarmog‘i orqali elektron shakldagi ta’lim turini Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. 1-rasm. Masofaviy ta’lim modellari. Elektron ta’limi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elearning o‘z ichiga elektron o‘quv kontenetlarni bilim oluvchiga yetkazish usulidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish mumkin. YuNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida (“Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development”) keltirilgan masofali o‘kitish modellarini keltiramiz: Birlamchi (Yagonalik) modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko‘ra faqat masofali o‘qitishda va «masofali» talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O‘kitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi. Barcha o‘qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o‘qitishda xududiy markazlar bo‘lib, ularda talabalar o‘qituvchilardan maslahatlar olishi ëki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin. Bunday oliygoxlarda o‘qituvchilarga ham talabalarga ham o‘quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o‘quv jadvallariga qat’iy chegaralar qo‘yilmaydi. Bunday tamoyilda o‘qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University – http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan. Ikkilamchi (Ikkilangan) modeli. Bunday tizimda oliygox kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o‘qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo‘ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantiraëtgan oliygox kunduzgi talabalar soni masofali o‘qiëtgan talabalar sonidan katta bo‘lgan ana’naviy oliygoxlardir. Shuning uchun bir universitetning o‘zida ikki shaklning birgaligida ko‘proq o‘zlarida katta o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan kunduzgi ta’lim olayotgan talabalar yutadilar. Bunday oliygoxlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba’zan u qisman kunduzgi talabalarni o‘qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg‘u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovatsiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o‘qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England, Australia – http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan. Aralash model. Ushbu model universitet talabalarini masofali o‘qitishning turli shakllarini, aniqrog‘i shakllarning integratsiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda o‘qiëtgan talabalar masofali o‘qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o‘qituvchisi o‘qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o‘qiydilar. Shuningdek, bu modelda an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma’ruzalar ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo‘lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jixozlangan bo‘lsa, shunchalik o‘qitish shakllari
turli-tuman bo‘ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zelandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand – http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan. Konsorsium. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o‘quv materiallari bilan almashadilar yoki ba’zi vazifalarni bo‘lishib oladilar. Masalan, bir universitet masofali o‘qitish uchun o‘quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofali o‘qitish dasturlarini rasmiy akkreditatsiyasini o‘tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay ëki uning alohida markazlari, fakultetlari, xatto ta’lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo‘lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material xuquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali bo‘ladi. Kanadadagi Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada – http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo‘lishi mumkin. Franchayzing. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o‘qitish modelida hamkor universitetlar bir – birlariga o‘zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta’lim xizmati bozorida o‘zini ko‘rsatgan qandaydir universitet o‘zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o‘qitish uchun o‘quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lmagan boshqa oliygox – hamkorlariga o‘qitish huquqini berishi mumkin. Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o‘zlarining universitetida o‘qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg‘or oliygox talabasi kabi o‘sha hajmda va o‘sha sifatda ta’lim xizmatlariga, o‘qishni bitirganlaridan keyin xatto diplomlariga ega bo‘ladilar. Bunda ilg‘or universitetning barcha atributikalari o‘z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish mumkin. Validatsiya. Masofali o‘qitishning juda keng tarqalgan modeli bo‘lib, bunda ta’lim muassasalari masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validatsiyasi, kurs va dasturlarni akreditatsiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygox (davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan taniqli oliygox) va uning xududlardagi ko‘p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi. Uzoqlashtirilgan auditoriyalar. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. Qandaydir oliygoxda o‘tkazilayotgan o‘quv kurslar, ma’ruzalar yoki seminarlar talabalar yig‘iladigan uzoqlashtirilgan o‘quv auditoriyalarga sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko‘rinishida telekommunikatsiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o‘qituvchi bir vaqtni o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo‘yicha AQSh ning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali o‘qitish tashkil etilgan. Loyihalar. Davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallangan masofali o‘qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o‘quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxassis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o‘qituvchilar va olimlar yig‘iladigan ilmiy – uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o‘qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo‘ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so‘ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan qishloq xo‘jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo‘yicha va sh.k. masofali o‘qitish kurslari olish mumkin.