1-Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Microsoft Access dasturida shakllar bilan ishlash


-Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Sun`iy intellekt tizimi va undan foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 361,38 Kb.
səhifə13/13
tarix02.01.2022
ölçüsü361,38 Kb.
#42496
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 Mavzu

7-Amaliy mashg`ulot.

Mavzu: Sun`iy intellekt tizimi va undan foydalanish imkoniyatlari.

Intellekt tushunchasi ta`rif uchun bag`oyat qiyin tushunchalar sirasiga kiradi. Uzoq asrlar davomida insoniyatning eng zehni o`tkir ilm peshvolari intellektning aynan nima ekanligi haqida muttasil ilmiy-falsafiy munozaralar yuritib kelishgan. Lekin bundayin ilmiy bahslar qanchalik darajada keskin yoki murakkab bo`lmasin, ularda o`ziga xos mutlaq yakdillik bor edi: intellekt - insongagina xos bo`lgan oliy tushuncha o`laroq qaralardi. Basharti, biror adabiy yoki fantastik asarda insondan o`zga mavjudod yoki narsaning ong va tafakkur sohibi bo`lishi, qisqacha aytganda - intellektga egaligi haqida gap borsa hamki, bu o`z nomi bilan badiiy to`qima yoki, fantastik uydirmadan nariga o`tmagan. Suqrotdan boshlab, Eynshteyngacha bo`lgan davrlarda hatto eng yuksak zakovatli olimlarda ham intellektning sun`iy bo`lishi mumkinligi haqida jo`yali jiddiy ilmiy fikrning o`zi bo`lgan emas...

Biroq, XX-asrning dastlabki choragidan boshlab vaziyat butunlay o`zgardi. Aniqrog`i, insoniyat o`z xizmati uchun elektron hisoblash mashinalari - kompyuterlarni joriy qila boshlar ekan, intellekt masalasidagi bahslar ham yangi o`zanga burildi. Insoniyat o`z qo`li bilan yaratilgan intellektual mashinalar - kompyuterlar, robotlar va boshqa shunga o`xshash mexanik-elektronik tizimlar tomonidan muayyan intellektual salohiyat taqozo etuvchi masalalarni mustaqil hal etishi, o`zi qaror qabul qilishi va vaziyatga qarab o`z hatti-harakatlarini muvofiqlashtira olishi mumkinligi kabi intellektual "hislatlari" bilan yuzma-yuz keldi. o`shanda ilk bora intellektning yasama shakli, ya`ni - sun`iy intellekt haqidagi bahslar o`rtaga chiqqan edi. Keling, ushbu maqolada biz ham yana bir bora o`sha muhim va qiziq masalaga - sun`iy intellekt masalasiga murojaat etib ko`ramiz.

Avvalo "sun`iy intellekt" tushunchasining o`zi haqida. "Sun`iy" so`zining ma`nosi ayon: u kelib chiqishiga ko`ra tabiiy bo`lmagan narsani, ya`ni, inson qo`li bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi. "Intellekt" so`zini esa bundayin oson ta`riflashning imkoni yo`q. Lug`atlarda uning ma`nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni "qaror qabul qila olish qobiliyati", "anglash qobiliyati" kabi qisqa va lo`nda ta`riflaridan tashqari, "bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yig`ilgan tajriba hamda ko`nikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish" kabi uzundan uzoq ta`riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi "sun`iy intellekt" tushunchasi esa ilk bora 1956-yilda, Stenford universitetida o`tkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha "artificial intelligence" (AI) tarzida ilm-fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam o`rnashib qoldi.



Aytib o`tganimizdek, sun`iy intellekt borasidagi jiddiy munozaralar ilk EHMlarning paydo bo`lishi bilan ibtido oladi. Lekin yanada teranroq nazar tashlasak, intellektual masalalarni hal qilish vazifasini insondan boshqa obyetklarga yuklashga qaratilgan urinishlar ancha avvalroq - Paskal va Leybnitslar davridan boshlangan. Chunonchi Leybnits 1672 yilda mashhur golland olimi Gyugens huzurida mehmonda bo`ladi va uning kun tartibining katta qismini, ilmiy tadqiqotlarning faqat matematik jihatiga tegishli bo`lgan murakkab hisob-kitoblarni qo`lda bajarish amaliyoti band qilayotganini ko`radi. Leybnits Gyugensga achinish bilan shunday yozgan edi: "Bu shunday ajoyib odamlarga nomunosib holat; U boshqalarga, masalan, mashinaga ishonib topshirish mumkin bo`lgan hisoblash ishlarini xuddi qullar kabi, o`zi bajarmoqda...". E`tibor bering: Leybnits "qullar kabi" iborasini qo`lladi. U uzundan-uzoq va hajman ulkan murakkab matematik hisoblash amallarini olimning qimmatli vaqtini band etmasdan, biror mashinaga topshirish mumkinligi va bu orqali olimning diqqat-salohiyatini ilm-fanning boshqa, yanada dolzarb masalalariga yo`nalitirshga erishish kerakligini o`ylab qolgan edi. Leybnits tez orada - 1694 yilda "arifometr" deb nomlangan o`zining mexanik hisoblash mashinasini tayyorladi va uni ilm-fan namoyondalariga havola etdi. Shu tarzda, Paskal va Leybnits mashinalari mohiyatan intellektual masalalarni hal etishga qodir ilk sun`iy vositalar o`laroq tarixga kirdi. Lekin ularni sun`iy intellektga ega mashinalar deb bo`lmasdi. Chunki ular eng sodda arifmetik amallarni bajara olardi xolos. Ammo nima bo`lganda ham, inson shu choqqacha istisnosiz ravishda faqat o`zigagina xos bo`lgan ongi, bilimi va tafakkuriga tayanib hal qilib kelgan intellektual masalalarni endilikda o`zidan boshqa "birovga" - mashinaga topshirish uchun ilk qadamlar tashlangandi...

Ta`kidlanganidek, sun`iy intellekt haqida ilk haqiqiy jiddiy bahs-munozaralar elektron hisoblash mashinalarining paydo bo`lishi bilan maydonga chiqa boshlagan. Mashinaning intellektga ega bo`lishi mumkinligi haqidagi ilk jiddiy ilmiy tadqiqotlar esa, zamonaviy informatika fanlarining asoschisi sanaladigan inson - Brutan fizigi va matematigi Alan Tyuring nomi bilan bog`liq. Tyuring sun`iy intellektning amalda imkonli yoki imkosiz ekanligini isbotlash uchun o`z nomi bilan ataladigan (Tyuring testi) test taklif qiladi. Tyuring shunday deydi: agar mashina o`zini har jihatdan fikrlaydigan mavjudotdek tutsa, u intellektga ega bo`lishi kerak. Tyring testi quyidagicha o`tkaziladi: inson va u bilan "suhbatlashishi" kerak bo`lgan mashina (ya`ni, kompyuter), boshqa-boshqa xonalarga joylashtiriladi va ular bir-birini ko`rmaydi (to`g`rirog`i - inson kompyuterni ko`rmaydi, zero, kompyuter shundoq ham insonni ko`rish xossasiga ega emas). Ular orasida darchada monotor joylashtitladi. Inson o`zi o`tirgan xonadagi klaviaturadan, o`zi istagan bir necha savollarni kompyuterga matn ko`rinishida terib kiritadi va javob talab qila boshlaydi. Lekin u, aytganimizdek, devor ortida kompyuter yolg`iz ekanini bilmaydi va savollarini narigi tarafda ham o`zi kabi boshqa bir inson o`qib javob qaytaradi deb o`ylashi mumkin. Biroq, u kiritgan savollarga kompyuterning o`zi, o`ziga avvaldan yuklangan dastur-algoritmalriga ko`ra javob qaytaradi. Tyuring testining mohiyati juda oddiy. Agar xonadagi inson, o`zi bergan savollarga olgan javoblardan shubhalanmay, o`zi bilan inson gaplashyapti deb hisoblasa, demak unga javob qaytargan mashinani sun`iy intellektga ega deb hisoblash mumkin. Muallif tomonidan 1950 yilda` fanga taklif qilingan ushbu test, ilmiy jamoatchilik va ayniqsa faylasuflar orasida keskin shov-sguvga sabab bo`ldi. Tanqidchilarning asosiy e`tirozi shunda ediki, mashina faqat savollarga to`g`ri javob bergani uchungina intellektga ega bo`lib qolmaydi. Balki, intellekt boshqa o`ziga xos jihatlarni - mulohaza, idrok va shunga o`xshash ongli ravishda bajariladigan neyrofiziologik-ruhiy jarayonlar to`plamini ham o`z ichiga olish kerak. Sevinish, achinish, g`azab va qo`rquv singari insoniy hissiyotlarning mashinada ham bo`lishi mumkinligi haqida esa, gap ham bo`lishi mumkin emas. Tyuring testining sun`iy intellektning mavjudligini isbotlash uchun yetarli emasligini isbotlash uchun esa, Dip Syorl ismli faylasuf boshqa bir, lekin Tyuringnikiga o`xshash test taklif qiladi. Syorl testi "Xitoycha xona" deb nomlangan. Syorl Xitoyning eng gavjum shaharlaridan birida, aytaylik, Shanxayning qoq markazidagi eng gavjum savdo markazida to`rt tomoni zich berk bo`lgan kichika xona qurishni va u joyga Xitoy tilidan mutlaqo bexabar bo`lgan horijlik sayyohni o`tkazishni taklif qiladi. Horijlik kishiga o`z ona tili va Xitoy tili o`rtasidagi mukammal lug`at kitoblarni berishadi. Savdo markaziga kelgan qiziquvchan Xitoylar esa, ushbu g`aroyib xonaga qilingan tuynukdan, ichkaridagi odamga Xitoy tili va ierogliflarida qog`ozga xat yozib savol kiritishadi. Ichkaridagi asli horijlik bo`lgan odam esa, o`ziga berilgan savollarni avval lug`atlar vositasida o`z ona tiliga tarjima qiladi, keyin yana o`sha lug`at yordamida javob tuzib, tuynukdan tashqariga - savol muallifiga yo`llaydi. Tashqaridagi Xitoylik esa javobni o`qib, undan qoniqish yoki qoniqmasligidan qat`iy nazar, ichkaridagi odamning Xitoy millatiga mansub emasligini bilmaydi. Olgan javobiga ko`ra esa, u o`ziga javob qaytargan shahsni ham Xitoy deb o`ylashi ehtimoli juda katta. Chunki u o`zi bergan tilda javob oldi!...
Yüklə 361,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin