Shakllarni uch xil usul bilan hosil qilish mumkin:
-Shakllar konstruktori yordamida - shakl maketi yaratiladi va foydalanuvchiga shakl yaratish uchun mo`ljallangan uskunalar to`plamini (usta va quruvchi kabi avtomatlashtirish vasitasilari ham) tavsiya qiladi.
-Shakl ustasi yordamida - shakllarni loyihalash jarayonini “boshqaradi”. Foydalanuvchi va ustaning shakl yaratish bo`yicha muloqoti natijasida tayyor forma paydo bo`ladi.
-Avtoshakldan foydalanib - tanlangan jadval asosida quyidagi tur shakllardan biri hosil qilinadi: В столбец, Ленточную, Табличную.
Shakl yaratish uchun ma`lumotlar bazasi oynasining Формы qo`yilmasidagi Создать tugmasi bosiladi. Ekranda Новаяформа muloqot oynasi paydo bo`ladi. Bu oynada dastur foydalanuvchiga shakl yaratish usulini tanlashni tavsiya qiladi. Shakl yaratish usullari ro`yxatidan tanlashdan oldin oynaning pastki qismida joylashgan maydonda shakl yaratishda asos qilib olinayotgan jadval yoki so`rov ko`rsatiladi.
Ro`yxatdan Автоформа: в столбец elementini tanlang va OK tugmasini bosing. Biroz vaqtdan so`ng ekranda tayyor shakl paydo bo`ladi. Agar siz uni yopmoqchi bo`lsangiz Access bu shaklning saqlanmaganligi haqida eslatadi va uni ВЕДОМОСТЬ СДАЧИ ЭКЗАМЕНОВ nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi.