Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish, tarqatiladigan material, ma'ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo‘lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o‘z ichiga oladi. Slayd - ma'lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat.
Microsoft Power Point (to‘liq nomi — Microsoft Office Power Point, inglizcha:power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo‘ljallangan dastur bo‘lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 - yilda yaratilgan bo‘lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va hali hamon yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o‘lchamli televizion ekranlarda ko‘rishga mo‘ljallangan.
MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi yoki u yangi ish boshlovchi bo‘lsa, yoki tajribali bo‘lishidan qat'iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf- harajatni juda ham kam bo‘lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va Internet xususiyatlarini bog'lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi:
1). Matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish; 2). Matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy tartibda joylashtirish; 3).Taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha slaydlarga avtomatik o‘tkazish; 4).Taqdimotdagi har bir slaydni alohida ko‘rinishda bezash; 5).Taqdimotda multimediali slaydlar yaratish.
MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish Power Point dasturiga kirish
Dastur ishga tushirilgach, eskiz va shablonlardan iborat bo‘lgan oyna hosil bo‘ladi
Hosil bo‘lgan oynaning pastki qismida foydalanuvchi shu kungacha foydalangan hujjatlar to‘plami aks etadi. Oynaning tepa qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga takil etayotgan hujjat yara tiladigan dizaynlar eskizlari namoyon bo‘lgan. Bulardan foydalanuvchi o‘ziga maqul bo‘lgan dizaynni tanlaydi va natijada Power Point dast urining quydagi ishchi sohasi namoyon bo‘ladi.
Oynaning eng yuqori qismida dasturning nomi, joriy oyna raqami va oynani tartibga solib turish elementlari joylashadi. Power Point taqdimotlar muxarririning menyusi oynani yuqori qismida joylashgan bo‘lib u 10 bo‘limdan iborat: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa va Okno. Bu bo‘limlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda joylashgan xar xil matn, rasm hamda boshqa istalgan obyektlar ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Endi bu bo‘limlar bilan yaqinroq tanishaylik:
Prezentatsiya avvalo, sarlavhali slayddan boshlanadi. Bunda taqdimot yaratuvchining ism-sharifi, tanlagan mavzusi va shu kabilar yoziladi. Masalan: Asosiy menyudagi uskunalarning har biri bilan tanishib chiqamiz:
Qo‘shish (Вставка) menyusidan prezentatsiyamiz uchun kerakli bo‘lgan jadval, rasm, turli xil shakllar, formula, diagramma, ssilkalar va multimediyalar joylashtirish imkoniyatiga egamiz:
Masalan: 1.Uskunalar panelidan Dobavit tablisu (Jadval kiritish) tugmasini bosamiz. 2.Qatorlar va ustunlar sonini kiritamiz. Murakkab jadvallarni yaratish: 1.Uskunalar panelidan Tablisi i granisi (Jadvallar va chegaralar) tugmasini bosamiz. 2.So‘ngra Narisovat tablisu (Jadval chizish) tugmasi bosiladi. 3.Sichqonning ko‘rsatkichi qalam shakliga o‘tadi: 4.Jadval chizish uchun sichqonning chap tugmasini bosgan holda qalamni istalgan tomonga harakatlantiriladi. Shu yo‘l bilan har xil turdagi jadvallarni chizish mumkin. 5.Jadvalning ortiqcha joylarini o‘chirish uchun Lastik (o‘chirg'ich) dan foydalanamiz.
Konstruktor rejimida esa slaydlarning dizayniga e'tibor qaratamiz:
Kompyuter internetga bog'langan bo‘lsa, dizaynlardan foydalanish imkoniyati kengayadi: Bu funksiyadan foydalanish taqdimotimizni qiziqarliroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Hozirgi kunda bu o‘tishlarning turlari ko‘payib bormoqda
Переходы bo‘limidan har bir slayd uchun animatsiyalar tanlashimiz va ularning boshlanish va tugash vaqtlarini sozlashimiz mumkin: Animatsiya menyusida slaydga joylashtirilgan ma'lumotlarga: jadval, rasm, shakllar, formula, diagramma va matnlarga animatsiyalar tanlashimiz mumkin. Namoyish vaqtida prezentatsiyaga bo‘lgan diqqatni saqlab qolish uchun har bir obyektga har xil animatsiyalarni tanlashimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.