Material nuqtaning tezlanish vektori. Uning Dekart koordinata o’qlaridagi proektsiyasi. Egri chiziqli harakatda material nuqtaning tezlanishi. Tezlanish birligi



Yüklə 260,67 Kb.
səhifə1/4
tarix28.04.2023
ölçüsü260,67 Kb.
#104186
  1   2   3   4
portal.guldu.uz-5-Mavzu


5–mavzu: Material nuqta kinematikasi. Asosiy tushunchalar. Nuqta
harakatining berilish usullari. Material nuqtaning tezlik
vektori va uning Dekart koordinata o’qlaridagi proektsiyasi. Material nuqtaning tezlanish vektori. Uning Dekart koordinata o’qlaridagi proektsiyasi. Egri chiziqli harakatda material nuqtaning tezlanishi. Tezlanish birligi.





Faoliyat

Mas’ul shaxs

I

Dars maqsadi: Talabalarda material nuqta kinematikasi asosiy tushunchalari, Nuqta harakatining berilish usullari. Material nuqtaning tezlik vektori va uning Dekart koordinata o’qlaridagi proektsiyasini bilim va ko’nikmalarini shakllantirish
Identiv o’quv maqsadi:

  • Material nuqtaning traektoriyasini aniqlay oladi.

  • Material nuqta kinematikasini so’zlay oladi.

  • Harakat qonunini berilish usullarini ko’rsata oladi

  • Material nuqta tezlik vektori to’g’risida so’zlay oladi.

  • Tezlikni yo’nalishi absolyut miqdori va birligini ko’rsata oladi.

  • Harakt qonunlarini ajrata oladi.

  • Radius vektori orqali berilishini ko’rsata oladi.

  • Koordinatalar usulida harakat qonuni ko’rsata oladi.

Qo’llaniladigan interfaol usul:
Aqliy hujum, klaster, baxs.

O’qituvchi




Beriladigan savollar:
1.1. Traektoriya deb nimaga aytiladi?
1.2. Egri chiziq deb nimaga aytiladi?
1.3. To’g’ri chiziq deb nimaga aytiladi?
1.4. Traektoriya tenglamasi qanday aniqlaniladi?
1.5. Tezlik vektori nimaga teng?
1.6. Tezlik birligi qanday?
1.7. Tezlikni yo’nalishi qanday aniqlaniladi?
1.8. Kosinuslar teoremasi qanday?
1.9. Tezlik moduli nima?

O’qituvchi

II

Kirish.
2.1. Mavzu va ko’rib chiqiladigan masalalar tushuntiriladi. Tegishli materiallar tarqatiladi.
2.2. Guruhdagi talabalarga mavzuga oid savollar beriladi va ularning fikrlari so’raladi.

O’qituvchi

III

Guruhdagi ishlash.
3.1. Talabalar fikrlari ketma-ketlikda (ishlatilinadi) eshitilinadi.
3.2. Talabalar fikrlaridagi o’xshashlik va qarama-qarshi tomonlar hamkorlikda aniqlaniladi, boshqa fikrlar ham tahlil qilinadi.
3.3. Barcha talabalar tomonidan aytilgan fikrlar umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, eng to’g’ri fikrlar jamlanadi.
3.4. Aytilgan g’oyalar to’ldiriladi, asosiy talablar ko’rsatilinadi.

O’qituvchi va talabalar

IV

Yakuniy fikrlar aytiladi.
Talabalar bilimini baholash uchun O’UMdan test savollari beriladi. Talabalar bilimi baholanadi (baholash mezoni asosida).

O’qituvchi

V

TMI beriladi, dars yakunlanadi va talabalar bilan xayrlashiladi.

O’qituvchi



Asosiy savollar:

  1. Nuqta harakatining berilish usullari.

  2. Material nuqtaning tezlik vektori va uning Dekart koordinata o’qlaridagi proektsiyasi.

Tayanch tushuncha va iboralari: radius-vektor, Dekart, tezlik.


1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:



  1. Material nuqta kinematikasidagi tushunchani talabalarda bilimni shakllantirish.

  2. Material nuqta harakat qonunining berilish usullarining uzviyligi.



Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Material nuqta kinematikasini so’zlay oladi.

  2. Harakat qonunini berilish usullarini ko’rsata oladi.

1-savolning bayoni: Nazariy mexanikaning jismlar harakatini bu harakatning biror xarakterini belgilovchi faktorlarga bog’liq bo’lmagan holda faqat geometrik nuqtaiy nazardan o’rganuvchi bo’limi kinematika deb ataladi. Jismlarning barcha moddiy tomonlari jihatlarini (og’irligi, qattiqligi va hokazo) nazarga olmay ularni fazoviy xossalarini o’rganuvchi geometriya kabi kinematika ham jismlarning harakatini ularning fazodagi vaziyatlarining uzluksiz o’zgarishidagi protsess kabi qarab, bu harakatning jismlarning moddiy tarkibiga va ularga ta’sir etuvchi kuchlarga bog’liqligi haqidagi masalani nazarga olmaydi. Demak harakatlanuvchi jism kinematikada qandaydir geometrik obraz sifatida qaraladi. Kinematika butunlay geometriya aksiomalariga va qoidalariga asoslanadi, lekin u geometriyadan farqli ravishda, harakatlanuvchi jism o’tgan fazodan tashqari, shu harakat vaqtini ham o’rganadi.


Kinematika nazariy mexanikaning oxirgi bo’limi – dinamikani o’rganish uchungina muhim ahamiyatga ega bo’lmay, balki turli mexanizmlar qismlarining harakat xossalarini tekshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika protsessi, murakkab mashina va mexanizmlarni konstruktiv qismi masalalari tufayli kinematika nazariy mexanikaning bir bo’limi sifatida ajralib chiqdi. Kinematikaning kelgusidagi taraqqiyoti ham xozirgi kunda asosan mashina va mexanizmlarni konstruktsiya va tadbiq qilish sohasida foydalanishga asoslanadi.
Material nuqtaning harakat konuni 3 usulda beriladi.

  1. Tabiiy usul

  2. Koordinatalar usulida

  3. Vektor usulida

Material nuqtaning fazoda qoldirgan izi uning traektoriyasi deyiladi, to’g’ri chiziq bo’lsa, to’g’ri chiziqli harakat deyiladi.
Tabiiy usulda harakat qonuni berilish usulidan foydalanish uchun, nuqtaning traektoriyasi oldindan ma’lum bo’lishi kerak.

Vaqt o’tishi bilan (M) material nuqtaning holati o’zgaradi, demak (S) ham o’zgaradi. Demak, xar vaqtda M,M1,M2 …nuqtalarning holatini bilish uchun munosabatni bilish kerak.
Shunday qilib, tabiiy usulda harakat konuni berilishi uchun

  1. Traektoriyasini

  2. Hisoblash sistemasini

  3. Material nuqtaning harakat qonunini bilishimiz kerak ekan.

Koordinatalar usuli.
Material nuqtaning xoyz hisoblash sistemasiga nisbatan holatini bilish uchun

Munosabat berilgan bo’lishi kerak.

Vektor usuli.
Vektor usulida material nuqtaning holati hisoblash sistemasiga nisbatan radius vektor orqali beriladi.




Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Targ S.M. Nazariy mexanika qisqacha kursi. 140-142 betlar.

  2. O’rozboev M. Nazariy mexanika asosiy kursi.



Nazorat topshiriqlari:
Izohli illyustrativ metodiga doir.

        1. Kinematikani nima uchun o’rganish kerak. (kategoriya-bilim)

1.1.1.2. Material nuqta harakat konuni berilish usullari
A) Tabiiy
B) Vektor
C) Koordinata
D) Tabiiy, vektor, koordinata
1.1.1.3. Kinematikani qanday o’rganish kerak?
1.1.1.4. Kinematikani qanday o’rgatish kerak?
1.2.1.1. Radius vektor usulini to’g’riligini ko’rsating.


        1. Koordinata usulini to’g’riligini ko’rsating.



        1. Tabiiy usulni to’g’riligini ko’rsating.


2-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi:

        1. Material nuqta tezlik vektori to’g’risidagi tushunchani talabalarda bilimni shakllantirish.

        2. Material nuqta tezligini yo’nalish absolyut miqdori o’rtasidagi uzviyligi.



Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Material nuqta tezlik vektori to’g’risida so’zlay oladi.

    2. Tezlikni yo’nalishi absolyut miqdori va birligini ko’rsata oladi.




Yüklə 260,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin