Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o’quv yili joriy yilning 2-sentyabridan boshlanadi va keying yilning 1-iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig’ida sog’lomlashtirish davri davom ettiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilarfi hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvhcisi, va xodimlari o’rtasidagi munosabatlar o’zro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tegishli pedagogic ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar pedagogic faoliyatga qo’yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatalrida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |