1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja


-topshiriq. Bolalar idrokini rivojlantiruvchi o’yin o’tkazing



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə45/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

1-topshiriq. Bolalar idrokini rivojlantiruvchi o’yin o’tkazing.

2-topshiriq. BBB. Oilada farzand tarbiyalashda o’yinlarning ahmaiyati haqida.


Bilaman


Bilishni xohlayman


Bilib oldim





















30-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: OILADA FARZAND TARBIYALASHDA O’YINLARNING O’RNI.

REJA:
  1. Bolalarning taffakkurini o’stirish uchun o’yinlar.


  2. Bolaning yosh davriga xos o’yinlar tanlash.




Amaliy mashg’ulotning maqsadi: oilada farzand tarbiyalashda o’yinlarning ahamiyatini, oilada o’tkazish mumkin bo’lgan o’yin turlarini o’rganish.

Ta’lim mertodlari: BBB, Ven diagrammasi.

Ta’lim vositalari: tayanch matn, tarqatmalar, topshiriqlar.

Kutilayotgan natija: bolalar tafakkurini rivojlantiruvchi o’yinlarning metodikasi bilan tanishadilar.

Kichik ma’ruza:

Tafakkurni o‘stirish - obrazli-xarakatli, ko‘rgazmali-obrazli, mantikiy tafakkur turlarini egallashdan iborat. Bola turli rejalar, sxemalardan erkin foydalana olishi lozim. Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalarda mantiqiy tafakkur elementlari shakllana boshlaydi, ya’ni ular xulosalar qila oladilar, mantiq qonunlariga ko‘ra fikrlaydilar.

Bola ijodiy qobiliyatining o‘sishi deganda tasavvur - xayolning taraqqiyoti va noan’anaviy tafakkur qila olish tushuniladi. Ijodkorlik ko‘p jihatdan o‘z his - tuyg‘ulari, olam xaqidagi tasavvurlarini turli usullar bilan bayon eta olishga bog‘liq. Buning uchun esa bola xar bir narsada uning turli tomonlarini ko‘ra olishi, narsaga xos alohida belgilarning barchasini his qilishi, obrazni ko‘z oldiga keltira olishi kerak.

Va nihoyat, bolalarni maktabga tayyorlashga yordam beradigan o‘yinlar orqali kichkintoylarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish, nutqning taxlili bilan tanishtirish, bola qo‘lini yozuv malakasini egallashga tayyorlash ishlari olib boriladi.

Deyarli har bir o‘yin uchun uni o‘tkazishning soddaroq yoki murakkabroq ko‘rinishlari keltiriladi. SHu sababli bola bilan uyin tashkil etishda uning individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Agar bola topshiriklarni bajarishga qiynalmasa, unga birmuncha murakkabroq topshiriq beriladi, agar qiynalsa, soddaroq topshiriq berish lozim. Topshiriqni bajara olmagani uchun uni koyish kerak emas.

Bolaning ilk yosh davri nihoyasiga etib, maktabgacha yoshi boshlanadigan davr. Bola o‘zini o‘rab turgan kattalar olamidan ajrata boshlaydi, bir muncha mustaqilroq xayotta qadam tashlaydi. Kichkintoy ko‘proq narsalarni tushunadi, biladi, yanada ko‘proq narsani bilib olishga harakat qiladi. Sizning vazifangiz - bu borada bolaga yordamlashishdan iborat. Bolaning aqliy taraqqiyotida uni o‘rab turgan olam bilan tanishtirish muxim axamiyat kasb etadi. Narsalarning shakli, kattaligi, rangi, fazoda joylashuvi - bolani o‘ziga tortadigan jixatlar ana shulardir.

Bolaning bir narsaga qizikqishi oson (ayniqsa, yorqin, rangdor narsani ko’rsa), shuningdek qiziqishi so’nib qolishi ham oson. SHu sababli, agar ota-onalar bola bilan rivojlantiruvchi o‘yin-mashg‘ulotlar tashkil etmoqchi bo‘lganida, quyidagi uch narsaga doimo amal qilish lozim.

Birinchidan - o‘yin o‘tkazishga mo‘ljallangan o’yinchoqni bolaga muntazam o’ynash uchun bermaslik.

Ikkinchidan - o‘yin vaqtida bolani chalg‘ituvchi narsalar bo’lmasligiga e’tiborni qilish. Xamma ortiqcha narsalar bola nazaridan chetda bo‘lgani ma’qul.

Uchinchidan - o‘yinlar iloji boricha sodda, qisqa bo‘lgani ma’qul, xatto, besh daqiqa ham kifoya. Lekin, bola boshlagan ishini oxiriga yetkazib qo’yishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.




Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin