1-amaliy mashg’ulot Mavzu: O‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigenik


-jadval Somatometrik ko‘rsatkichlani olish va aniqlash



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə2/2
tarix18.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#99858
1   2
1-Amaliy mavzu

1-jadval
Somatometrik ko‘rsatkichlani olish va aniqlash



Ko’rsatkichlar



O’lchamlar



O’rta
me’yor

Farqning o’rtacha me’yorga nisbati

Jismoniy rivojlanish darajasi

Bo’y (sm)













Ko’krak qafasi aylanasi













Bosh aylanasi













Bazn (kg)














2-jadval
1-7 yoshdagi bolalarning o’rtacha ko’rsatkichlari

Bolalar
yoshi

Bo’yi, sm

Vazni, kg

Qizlar

O’g’il bolalar

Qizlar

O’g’il bolalar

1 yosh

72-77

73-79

9,1-10,3

10,0-11,5

2 yosh

82-90

85-92

11,7-14,1

12,4-13,7

3 yosh

91-99

92-99

13,1-16,7

13,7-16,1

4 yosh

95-106

98-107

14,4-17,9

15,5-18,9

5 yosh

104-114

105-116

16,5-20,4

17,4-22,1

6 yosh

111-121

111-121

19,0-23,5

19,7-24,1

7 yosh

118-129

118-129

21,1-27,5

21,6-27,9


3-jadval
Yelka muskullarining kuchi



Yoshi

Bo’yi, sm

Vazni, kg

O’g’il bolalar

Qizlar

O’g’il bolalar

Qizlar

6 yosh

9,2

8,4

8,5

7,7

7 yosh

10,7

9,9

10,1

9,2

8 yosh

13,4

11,2

11,7

10,5

9 yosh

14,3

13,8

13,5

12

10 yosh

16,6

14,6

15,6

13,7

11 yosh

18,8

16,5

17,7

15,5

12 yosh

21,2

18,9

22,5

17,8

13 yosh

24,4

21,8

22,5

20,4

14 yosh

28,4

24,8

20,2

22,9

15 yosh

23,4

27

30,9

24,9

kattalar

49,3

29,7

45

27,7



2. Somatoskopik ko‘rsatkichlar quyidagicha
aniqlanadi
1.Tashqi qoplam. Ya’ni terining elastikligini bilish uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan qo‘l kaftining terisi yuqoriga tortib qo‘yib yuboriladi. Agarda teri tezda o‘z xolatiga qaytsa, uning elastikligi meyorda bo‘ladi, agarda tezda o‘z xolatiga qaytmasa uning elastikligi kam bo‘ladi.
2. Yog‘ qatlami. Yog‘ qatlami bo‘yinning pastki qismi va o‘mrov suyaklari sohasida aniqlanadi. Agarda shu soxalardagi suyaklar yaqqol ko‘rinsa yog‘ qatlami kam, agarda sezilar-sezilmas darajada bo‘lsa yog‘ qatlami meyorda, agarda umuman sezilmasa yog‘ qatlami ko‘p bo‘ladi.
3.Mushaklarning rivojlanganligi. Mushaklarni ushlab ko‘riladi, agarda mushaklar qalin etli va tarang bo‘lsa yaxshi rivojlangan, ma’lum darajada etli va taranglikka ega bo‘lsa meyorda, etsiz va bo‘sh bo‘lsa yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
4.Suyaklarning rivojlanganligi. Suyaklarni ushlab ko‘rib yirik yoki nozik ekaligini bilish mumkin. Suyaklar qalinligiga qarab yo‘g‘on, meyorda va nozik bo‘lishi mumkin. Yo‘g‘on suyaklar organizmda A vitamini ortib ketganda, ya’ni gipervitaminozda uchraydi va kasallik hisoblanadi. Meyordagi suyaklar ma’lum darajadagi qalinlikda bo‘ladi. Nozik suyaklar nisbatan ingichkaligi bilan ajralib turadi.
5.Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N –meyorda, O – simon va X-simon shaklda bo‘ladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O-simon shakl bolani noto‘g‘ri yo‘rgaklash va raxit kasalliklari tufayli vujudga kelishi mumkin. Bunda tizzalar bir-biriga tegib turmaydi. X-simon oyoq shakli ham yuqoridagi sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunda tizza ichkariga bukilgan bo‘ladi.
6. Ko‘krak qafasi shakli. Uch xil ko‘krak qafasi shakli farq qilinadi-konussimon, silindrik, yassi. Konussimon ko‘krak qafasi asosan sportning og‘ir atletika va suzish turlari bilan shug‘ullangan, muskullari yaxshi rivojlangan odamlarda bo‘ladi. Yassi ko‘krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi. Silindrik ko‘krak qafasi normal xisoblanadi.
7. Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, ko‘krak qafasining shakli, umurtqa pog‘onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. Normal, egilgan, lordoz, kifoz, skolioz qomat xillari frqlanadi. Normal qomatda bosh to‘g‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa pog‘onasi normal egriliklarga ega, ko‘krak qafasi silindr yoki konus shaklida bo‘la di. Egilgan qomatda yelka oldinga egilgan, lordoz qomatda umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismidagi egrilik meyordan ortiq, kifoz qomatda umurtqa pog‘onasi ning bel qismidagi egrilik meyordan ortiq bo‘ladi. Skolioz qomatda umurtqa pog‘onasining o‘ng yoki chap tomonga egilishi kuzatiladi. Quyidagi rasmda normal, egilgan, lordotik, kifotik, skoliotik qomat xillari ko‘rsatilgan.

3-rasm. Qad-qomatning shakllari
3. Yassioyoqlik. Yassioyoqlik darajalari oyoq kaftining ichki botig‘iga qarab aniqlanadi. Buni aniqlash uchun oyoq izlari tekis joyga tushiriladi. Agarda oyoq kaftining ichki botig‘i kam yoki umuman bo‘lmasa yassioyoqlik hisoblanadi.

4. Fiziometrik ko‘rsatkichlar quyidagicha aniqlanadi:
Fiziometrik ko‘rsatkichlarga yelka oldi muskullari kuchi va o‘pkaning tiriklik sig‘imi ko‘rsatkichlari kiradi.
Elka oldi muskullari kuchini o‘lchash uchun dinamometr asbobidan foydalaniladi. Dinamometr oldin o‘ng qo‘l kafti yordamida bir urinishda bor kuch bilan siqiladi, so‘ng chap qo‘l kafti bilan xam bor kuch bilan siqiladi. Yelka oldi muskullari kuchi kilogramm birligida o‘lchanadi.Dinamometrning ko‘rsatkichi yelka oldi muskullari kuchini aniqlaydi. Masalan 6 yashar o‘g‘il bolaning meyyorda o‘ng qo‘li yelka oldi muskullari kuchi 9,2 kg.ga, chap qo‘lining yelka oldi muskullari kuchi 8,5 kg.ga teng. 3- jadvalda bolalar va kattalarning yelka oldi muskullari kuchining meyyordagi ko‘rsatkichlari keltirilgan.


4-rasm. Yelka oldi muskullari kuchini o‘lchash uchun foydalaniladigan dinamometr asbobi

5-rasm. O’pkaning tiriklik sig’imini o‘lchash uchun foydalaniladigan spirometr asbobi
O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi to‘xtagan joydagi raqam o‘pkaning tiriklik sig‘imini ifodalaydi. O‘pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi, so‘ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi o‘pkaga o‘tadi, shu vodorod miqdori o‘pkadagi qoldiq havo miqdorini ko‘rsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod bo‘lsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o‘zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo o‘pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi o‘zgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va o‘pkadan kirgan 1000 ml havo bo‘lsa, u vaqtda 1000 ml vodorodga 330 ml o‘pka havosi to‘g‘ri keladi. Bunday vaqtda o‘pkaga o‘tgan 1000 ml vodorodga 330 ml havo to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, o‘pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000+330=1330 ml bo‘ladi.

Nazorat savollari.


1. O‘sishga ta’rif bering.
2. Rivojlanishga ta’rif bering.
3. O‘sish va rivojlanish qonuniyatlari nimadan iborat?
4. O‘sish va rivojlanishga salbiy ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat? .
5. Tibbiy tekshirishning antropometrik usullarini izoxlab bering.
6. Tibbiy tekshirishning samotometrik usullarini izoxlab bering.
7. Tayyorlov guruhlariga qanday bolalarni kiritish mumkin?
8. Mahsus guruxlarga qanday bolalarni kiritish mumkin?

Mashg’ulot mavzusi: Oʻquvchilar jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash.
Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatma:

  1. Amaliy mashg’ulot ishini bajarish tartibini elektron ta’limdan (yoki adabiyotlardan) foydalangan holda tanishib chiqish;

  2. Turli yoshdagi 5-6 nafar o’quvchilar belgilab olinib, antropometrik o’lchovlar o’tkazish va o’tkazilgan antropometrik o’lchashlar natijalarini quyidagi jadvalga tushirish;



Ko’rsatkichlar



O’lchamlar



O’rta
me’yor

Farqning o’rtacha me’yorga nisbati

Jismoniy rivojlanish darajasi

Bo’y (sm)













Ko’krak qafasi aylanasi













Bosh aylanasi













Bazn (kg)













5. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda natijalarni normadagi o’sish va rivojlanish bilan taqqoslab (2-3-jadvaldagi) tahlil qilish orqali o’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash va fan o’qituvchisiga yuborish;



  1. Bajarilgan ishni xulosalash.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin