1-amaliy mashg‘ulot mavzusi: tobe birikmalar va ularning turlari. Vositali to’ldiruvchilar va ularning ifodalanish yo'llari. Vositasiz to’ldiruvchilar va ularning ifodalanish yo'llari. O‘zbek tili tarixini davrlashtirish xususida o'zbek tilshunoslari


O’ZBEK ADABIY TILI TARIXINI DAVRLASHTIRISH



Yüklə 49 Kb.
səhifə2/2
tarix09.06.2023
ölçüsü49 Kb.
#127952
1   2
1-Amaliy mashg\'ulot

O’ZBEK ADABIY TILI TARIXINI DAVRLASHTIRISH
O’zbek tili uygʻur tili bilan birgalikda qarluq tili gruppasiga kiradi. Qarluq tili tarixiy jihatdan O’rta Osiyo gruppasiga, ayniqsa, gʻarbiy xun shaxobchasiga kirgan tillar bilan oiladoshdir.
XI asrdan keyingi O’rta Osiyo turkiy tillari, shu jumladan, o’zbek adabiy tilining rivojlanishidagi ma’lum davrlarni belgilash mumkin.
Til tarixini o’rganishdagi eng muhim masalalardan biri - davrlashtirishdir. Davrlashtirish uchun o’zbek tili va unga urugʻdosh bo’lgan turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o’zaro munosabatlari aniqlanishi lozim.
Ma’lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bogʻlikdir. Tasnif ma’lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. CHunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil printsipga amal qilinadi.
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Qoshgʻariy tomonidan berilgan bo’lsa ham XIX asrgacha bu tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan edi. XIX asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari tasnif qila boshladilar. Bulardan ayrimlarini namuna uchun keltiramiz.
I. V. V. Radlov turkiy tillari to’rt guruhga bo’ladi:
1.SHarqiy guruh (Sibirь tatarlari tili).
2. Gʻarbiy guruh (qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar tillari).
3. O’rta Osiyo guruhi (o’zbek, uygʻur tillari).
4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim tatar tillari).
II. A.N. Samaylovich Radlov va Korsh tasniflarini birlashtirib oladi.
1. Janubiy - SHarqiy yoki chigʻatoy guruhiga hozirgi uygʻur, o’zbek tillarini va shevalarini kiritadi.
2. Janubiy - Gʻarbiy yoki o’gʻuz guruhiga o’zbek tilining o’(uz shevalarini kiritadi.
III. S. E. Malov o’z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o’zbek, chigʻatoy tillarini kiritadi.
IV. N.A.Baskakov tasnifida turk tillarining Gʻarbiy xun tarmogʻi qarluq tillari guruhiga kiritiladi; a) qarluq — xorazm guruhi. Bunga qoraxoniy - xorazm tili (Ahmad YAssaviy asarlari), hozirgi uygʻur tili va shevalari kiritilgan (bunda ayrim lingvistik belgilar hisobga olingan).
IV. A.M.SHcherbak tarxi (1957)
Til tarixini o’rganishdagi eng muhim masalalardan biri — davrlashtirishdir. Davrlashtirish uchun o’zbek tili va unga urugʻdosh bo’lgan turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o’zaro munosabatlari aniqlanishi lozim.
Ma’lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bogʻliqdir. Tasnif ma’lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. CHunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil printsipga, ya’ni tarixiylik printsipiga amal qilinadi.
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Koshgʻariy tomonidan berilgan bo’lsa ham, XIX asrgacha bu tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan edi. XIX asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari tasnif qila boshladilar. Bularga ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz:
I. V.V. Radlov turkiy tillarni to’rt guruhga bo’ladi:
1. SHarqiy guruh(Sibirь tatarlari tili).
2. Gʻarbiy guruh (qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar tillari...).
3. O’rta Osiyo guruhi (o’zbek, uygʻur tillari).
4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim-tatar tillari).
II. A.N.Samoylovich, Radlov va Korsh -tasniflarini birlashtirib oladi. 1. Janubi - SHarkiy yoki chigʻatoy guruhiga hozirgi uygʻur, o’zbek tillarini va shevalarini kiritadi.
SH.S.E. Malov o’z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o’zbek, chigʻatoy tillarini kiritadi.
IV.N.A. Baskakov tasnifqda turk tillarining Gʻarbiy xun tarmogʻi qarluq tillari guruhiga kiritiladi: a) qarluq-uygʻur guruhi; b) qarluq - xorazm guruhi. Bunga koraxoniy-xorazm tili (Ahmad YAssaviy asarlar), hozirgi o’zbek tili va shevalari, hozirgi uygʻur tili va shevalari kiritilgan (bunda ayrim lingvistik belgilar hisobga olingan).
V. V.A. Bogoroditskiy (1921) tasnifida O’rta Osiyo guruhiga o’zbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari kiritilgan.
Ularning ba’zilari turkiy tillarni hududiy - jo’gʻrofiy jihatdan tasnif qilsa, boqshalari tshsharning bir xil lingvistik beyagisiga asoslanadi. Uchinchilarida turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan etarlicha bogʻlanmaydi. SHular ichida N.A. Baskov tasnifi ancha mukammal tuyuladi.
A.M. SHcherbek tarxi (1953):
1.Eng kadimgi davr o’zbek adabiy tili (X - XII asrlar).
2. O’rta davr o’zbek adabiy tili (X1U-XU1 asrlar).
3. YAngi davr o’zbek adabiy tili (XUSH-X1X asrlar).
4. Eng yangi davr o’zbek adabiy tili (XIX asr oxiri va XX asr boshlari).
Olim Usmon tarxi (1957):
1. Turk xoqonligi davrida qadimgi tug-yu turk tili (U1-1X asrlar). VI-VIII asrlar; VIII - IX asrlar).
2. Qadimgi o’zbek tili (1X-XN asrlar).
3. Eski o’zbek tilining ilk davri (XIII -XIV asrlar).
4. Eski o’zbek tili (XIV asrning oxiridan XIX asr II yarmigacha).
5. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili:
A) XIX asrning II yarmidan Oktyabrь inqilobigacha bo’lgan davr o’zbek adabiy tili.
B) SHo’ro davri o’zbek milliy adabiy tili.
VI. Gʻ.Abduraxmonov, SH.SHukurov tarxi (1973):
1. Eng qadimiy turkiy til (VII asrgacha).
2. Qadimgi turkiy til (VII asrdan XI asrgacha).
3. Eski turkiy til (XI asrdan XIII asrgacha).
4. Eski o’zbek adabiy tili (XIV asrdan XIX asrgacha).
5. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili.
VII. Ergash Fozilov tarxi (1977).
A) Turkiy tillar uchun mushtarak bo’lgan obidalar - VI - X asrning birinchi choragi. B) Eski turkiy yodnomalar - IX - XII asrlar (Qutadgʻu bilig», «Devonu lugʻotit turk», «Hibatul haqoyiq»).
I. Tarix oldi o’zbek tili - XP-X1U asrlar (manbalari-»Tafsir», Sayfi Saroyi – «Guliston bit turkiy», «Muhabbatnoma», «Xusrav va SHirin», «Najhul Farodis»...).
II. Ilk o’zbek tili -
Akademik A.Samoylovich O’rta Osiyo turkiy tshsharini quyidagi davrlarga bo’lib ko’rsatadi.
I davr. X1-X1U asrlarni o’z ichiga oladi.
II davr. Mo’gʻullar hukmronligi davridagi o’zbek adabiy tili.
III davr. Temuriylar davridagi o’zbek adabiy tili. Bu davr XIX asrning 2-yarmiga qadar davom etadi.
IV davr. O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olingandan keyingi adabiy til. .
O’zbek tili tarixini uning ichki rivojlanish xususiyatlariga qarab,
shuningdek o’zbek xalqi va millatining shakllanishi, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga qarab shunday davrlarga bo’lish mumkin.
I. O’zbek xalq tili taraqqiyotining ilk davri. Bu davr XI asrdan XIV
asrning yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
II. O’zbek xalq tili taraqqiyotining O’rta davri. Bu XIV asrning 2-yarmidan XIX asrning 1-yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr eski o’zbek adabiy tilining shakllangan va ma’lum tarakiyotga yuz tutgan davridir.
III. O’zbek xalq tili taraqqiyotining so’nggi davri. Bu davr XIX asrning 2-yarmidan oktyabrь revolyutsiyasining gʻalabasi va O’zSSR barpo etilgan davrni o’z ichiga oladi.
IV.Milliy O’zbek adabiy tili. Bu davrda O’zbekiston milliy tili shakllandi va taraqqiy etdi.
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin