1-amaliy mashg`ulot mavzusi



Yüklə 24,3 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü24,3 Kb.
#46572
1   2
1-amaliy mashgulot (1)

Masalalarning sharti:

1).G‘o‘za o‘simligining cheklanmagan shoxli (S) bo‘lishi cheklangan shoxli (s) bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% i cheklanmagan shoxli va 50% i cheklangan shoxli o‘simliklar bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

2). Dengiz cho`chqalarida yungning kaltaligi (A), yungning uzunligi (a) ustidan to`liq dominantlik qiladi. Agar geterozigotali organizmlar o`zaro chatishtirilganda 1600 ta individ olingan bo`lsa, shulardan nechtasining yungi uzun ekanligini hisoblab toping.

3).G‘o‘za o‘simligida hosil shoxlarining cheklanmagan tipda bo‘lishi (S) cheklangan bo‘lishi (s) ustidan va gullarining sariq rangi (U1) och sariq rangi (u1) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 372 ta o‘simlik olingan bo‘lib, ularning 93 tasi cheklanmagan shoxli, sariq gulli; 93 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 93 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 93 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo‘lgan. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

4).

a)Odamlarda ko‘zning jigarrang bo‘lishi ko‘k rangi ustidan va o‘ng qo‘l bilan ishlashga layoqatlik(o‘naqaylik) chap qo‘l bilan ishlashga layoqatlik (chapaqaylik) ustidan to‘liq dominantlik qiladi.a) ota-onasi digeterozigotali bo‘lgan bolalar ko‘z rangi va qaysi qo‘l bilan ishlashga layoqatlik bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi?

b) otasi ko‘z rangi bo‘yicha geterozigotali va chapaqay, onasi esa ko‘k ko‘z, lekin ikkinchi belgi bo‘yicha geterozigotali bo‘lsa, shu oilada tug‘ilgan bolalar qanday fenotipga ega bo‘ladi?
Yüklə 24,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin