1-amaliy mashg’ulot Moodle tizimida o`quv materiallarni joylashtirish Chirchiq Davlat pedagogika instituti virtual ta'lim tizimi http://dist.cspi.uz/ manzilida faoliyat olib boradi.
Platformaga har bir foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi parametrlari(login va parol) orqali kirib
boradi.
Foydalanuvchi login va parolni to`g`ri kiritgach platformaning asosiy oynasi hosil bo‟ladi:
KURSELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISH
Лекция(Ma’ruza)–o`quv elementi masofaviy ta`lim tizmining asosiy mazmunini yoritib beruvchi elementlardan biri hisoblanadi. «Ma`ruza» kursining elementi o`qituvchiga kontent yoki amaliy topshiriqlarni (testlarni) qiziqarli va moslashuvchan shaklda joylashtirish imkonini beradi. O`qituvchi bir qator o`rgatuvchi sahifalaridan tashkil topgan Ma`ruzaning chiziqli sxemasidan yoki talaba uchun turli yo`llar yoki variantlarni o`z ichiga olgan murakkab sxema yaratishi mumkin. Har qanday holatda, faol o`zaro ta`sirni oshirish va tushunishni nazorat qilish uchun o`qituvchilar «Bir nechta tanlov», «Muvofiqlik» va «Qisqa javob» kabi turli savollardan foydalanishlari mumkin. Talaba tomonidan tanlangan javob va o`qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan strategiyaga qarab, talabalar boshqa sahifaga o`tishlari, oldingi sahifaga qaytishlari yoki butunlay boshqa yo`lga yo`naltirilishlari mumkin. Kursni yaratuvchi (o`qituvchi) kursga kerakli elementlarni qo`shish uchun oynaning yuqori o`ng tomonidagi tugmasinibosishilozim.Natijadaoynataxrirlashrejimiga o`tadi. Hosil bo`lgan oynadan tugmasini bosish orqali, kursga kerakli elementlarni qo`shish mumkin bo`ladi.