1-amaliy mashg’ulot o‘zbekiston respublikasining “metrologiya to‘G’risida”gi qonuni



Yüklə 19,3 Kb.
səhifə3/3
tarix16.09.2023
ölçüsü19,3 Kb.
#144329
1   2   3
1-amaliy mashg’ulot o‘zbekiston respublikasining “metrologiya to-fayllar.org

Davlat metrologiya nazorati:
  • o‘ lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug’ullanish, ularni realizatsiya qilish


  • ularning holati va qo‘ llanilishi (fizik o‘ lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘ lchov tizimlarini qo‘ shgan holda)


  • o‘ lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘ llanilishi;


  • belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya kilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.


Zarur hollarda "O‘zstandart" karoriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.


O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash tartibi qonunning 16-moddasida aniqlangan bo‘ lib, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘ rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘ yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘ lgan o‘ lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘ tkazilishi lozimligi, o‘ lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘ tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reestriga kiritishni "O‘zstandart" amalga oshirishi, tasdiqlangan o‘ lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reestri belgisini qo‘ yishi shartligi, boshqa davlatlarning o‘ lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e’tirof etilishi belgilangan.
O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘ tkazish (17-modda) tekshiruvdan o‘ tkazilishi lozim bo‘ lgan o‘ lchov vositalari turkumlarining ro‘ yxati "O‘zstandart" tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘ lchov vostalarini tekshiruvdan o‘ tkazish huquqi berilishi mumkin. Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan o‘ lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida e’tirof etiladi.
17-1-moddada ta’kidlanganidek, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘ rsatib o‘ tilganidan bo‘ lak sohalarda qo‘ llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘ tkazilmaydigan o‘ lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘ tkazilishi mumkin. O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o‘ lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘ lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘ tkazish tartibi "O‘zstandart" tomonidan belgilanadi.
Ushbu qonunning 14-moddasida ko‘ rsatilgan doirada qo‘ llanilishi mumkin bo‘ lgan o‘ lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug’ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi 18-moddada ko‘ rsatilgan.
Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o‘ lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida ko‘ rsatilgan doirada qo‘ llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘ lgan o‘ lchov vositalarini tekshiruvdan o‘ tkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish "O‘zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi 18-1-moddada yoritilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘ g’risida”gi qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘ lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ ladilar (19-modda).


NAZORAT SAVOLLARI
  1. O‘lchashlar birliligini ta’minlashning asoslari.


  2. “O‘zstandart” agentligining metrologiya bo‘ yicha vakolatlari.


  3. O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘ g’risida”gi qonuni qisqa sharhi.


  4. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati.


  5. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati turlari.


  6. Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish.




http://fayllar.org
Yüklə 19,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin