1-amaliy mashg‘ulot



Yüklə 435,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü435,95 Kb.
#168934
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-- mashg\'ulot



1-amaliy mashg‘ulot. Axborotlarni kodlash. Sanoq sistemalarida amallar 
bajarish. 
 
 
Mashg‘ulotning maqsadi.
Тalabalarni axborot tushunchasi, uning xossalari, 
axborot o‘lchov birliklari bilan tanishtirish. Axborotlarni kodlash haqida ma’lumot 
berish. Тalabalarga komyuterlar ikkilik sanoq sistemasiga asoslanganligi, sanoq 
sistemalari va ular ustida amallar bajarishni o‘rgatish. 
Vazifa

1. Amaliy axborot texnologiyalari, uning vazifalari haqida nimalar bilasiz? 
O‘z fikr mulohazalaringizni bildiring. 
2. O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni axborotlashtirish borasida qabul 
qilingan me’yoriy-huhuqiy hujjatlar ro‘yxatini keltiring. Keltirgan ma’lumotingiz 
asosida vizual tasvir yarating. 
3. Axborot ta’rifini bering. Axborotning xossalarini sanab bering va ularni 
izohlang. 
Amaliy mashg‘ulotning qisqacha mavzu bayoni 
Barcha fundamental fanlarda bo‘lgani singari informatikada ham 
ta’riflanmaydigan, boshlang‘ich tushunchalar mavjud. Ulardan eng asosiysi – bu 
axborot
dir. 
Axborot termini aslida lotincha “
information
” sozidan olingan bo‘lib, 
tushuntirish, bayon etish, xabar berish kabi ma’nolarni anglatadi. 
Axborot haqida tushuncha berayotib, bir kitobda shunday jumlalar 
keltiriladi: 
“Biz modda va energiyani dunyoning ikki muhim mazmuni, uning ikki 
muhim tarkibiy qismi deb bilamiz. Masalan, atrofimizdagi hamma narsa: havo va 
suv, tog‘ va o‘tlar, metallar – bularning barchasi moddadir. Shuningdek, 
o‘zimizning tanamiz, muskul va nervlarimiz, qon va terimiz – bularning barchasi 
modda, atom va molekulalardir. 
Energiya esa bizning dunyoni harakatga keltiradigan ta’sir manbaidir. 
Masalan, kimyoviy reaksiya energiyasi, Quyosh energiyasi, elektr energiyasi va 
hokazo. 
Lekin, o‘simlik, hayvon, odam va umuman turiklik olamining mavjud 
bo‘lishi uchun muhim va zarur bo‘lgan yana bir narsa bop. U, dunyoning uchinchi 
mazmuni, uchinchi eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan axborotdir
1
”. 
Darhaqiqat, bu borliq ibtidosidan intihosi qadar mavjudlikning asosiy 
mezonlaridan biri – axborot ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Axborot kishilik 
jamiyati uchun qanchalik zarur bo‘lsa, hayvonot va nabotot olami uchun ham shu 
qadar muhimdir. 
Axborot shunchalik muhim kategoriya ekanki, insoniyat uni hatto kelajak 
avlodga ham to‘la-to‘kis yetkazishga imkon qidirib keladi. 
1
Kushnirenko A.G., Lebedev G.V., Sxoren R.A. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. – T.: “O‘qituvchi”, 
1991. 


Axborotga olimlar tomonidan ta’rif berishga urinishlar ko‘p bo‘lgan, 
masalan, axborot nazariyasi asoschilaridan biri Klod Shennon axborotni “narsa 
haqidagi bilimlarimizda mavjud bo‘lgan noaniqlikning bartaraf etilishi” deb e’tirof 
etgan bo‘lsa, kibernetka fanining asoschisi Norbert Viner axborotni “bizning va 
sezgilarimizning tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash” deb 
qaraydi. 
Ta’kidlash joizki, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan 
ta’rif berish mumkin emas, chunki informatikaning asosiy boshlang‘ich 
tushunchasi bo‘lib, u juda ko‘p ma’noni o‘z ichiga oladi. 
Abu Nasr Forobiy bilish jarayoni haqida quyidagicha fikr yuritadi: “bilish 
ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq, 
lekin biri ikkinchisisiz vujudga kelmaydi”. Ko‘rinib turibdiki, bilishning mazkur 
bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi, demak, axborot bilishning asosini tashkil 
etuvchi element hisoblanadi. 
Forobiy o‘zining “Ilm va san’atning fazilatlari” risolasida tabiatni bilish 
jarayoni cheksiz ekanligini ta’kidlaydi, ya’ni bilim 
bilmaslikdan bilishga

sababni 
bilishdan oqibatni bilishga

sifatlardan mohiyatga qarab boradi 
va buning asosida 
ilm borgan sari ortib, chuqurlashib boradi, deydi. 
Olim insonning axborotni qayta ishlash xususiyatini sezgi a’zolari bilan 
bog‘liq holda vujudga kelgan tashqi talablar deb baholaydi, ya’ni uning aytishicha, 
odamning ibtidosida avvalo “oziqlanish talabi” paydo bo‘lib, unga ko‘ra odam 
ovqatlanadi. Shundan so‘nggi talablar “tashqi talablar” bo‘lib, ular bevosita tashqi 
ta’sir natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur “tashqi talablar” besh 
turli bo‘lib, ular: teri-badan sezgisi, ta’m bilish sezgisi, hid bilish sezgisi, eshitish 
sezgisi va ko‘rish sezgisidir. 
Agar alloma Forobiy fikrlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, axborotni qanday 
tushunish mumkin, degan savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin: 
 

Yüklə 435,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin