1-amaliy mashg‘ulot. Axborotlarni kodlash. Sanoq sistemalarida amallar
bajarish.
Mashg‘ulotning maqsadi.
Тalabalarni axborot tushunchasi, uning xossalari,
axborot o‘lchov birliklari bilan tanishtirish. Axborotlarni kodlash haqida ma’lumot
berish. Тalabalarga komyuterlar ikkilik sanoq sistemasiga asoslanganligi, sanoq
sistemalari va ular ustida amallar bajarishni o‘rgatish.
Vazifa
:
1.
Amaliy axborot texnologiyalari, uning vazifalari haqida nimalar bilasiz?
O‘z fikr mulohazalaringizni bildiring.
2. O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni axborotlashtirish borasida qabul
qilingan me’yoriy-huhuqiy hujjatlar ro‘yxatini keltiring. Keltirgan ma’lumotingiz
asosida vizual tasvir yarating.
3. Axborot ta’rifini bering. Axborotning xossalarini sanab bering va ularni
izohlang.
Amaliy mashg‘ulotning qisqacha mavzu bayoni
Barcha fundamental fanlarda bo‘lgani
singari informatikada ham
ta’riflanmaydigan, boshlang‘ich tushunchalar mavjud. Ulardan eng asosiysi – bu
axborot
dir.
Axborot termini aslida lotincha “
information
” sozidan olingan bo‘lib,
tushuntirish, bayon etish, xabar berish kabi ma’nolarni anglatadi.
Axborot haqida tushuncha berayotib, bir kitobda shunday jumlalar
keltiriladi:
“Biz modda va energiyani
dunyoning ikki muhim mazmuni, uning ikki
muhim tarkibiy qismi deb bilamiz. Masalan, atrofimizdagi hamma narsa: havo va
suv, tog‘ va o‘tlar, metallar – bularning barchasi moddadir. Shuningdek,
o‘zimizning tanamiz, muskul va nervlarimiz, qon va terimiz – bularning barchasi
modda, atom va molekulalardir.
Energiya esa bizning dunyoni harakatga keltiradigan ta’sir manbaidir.
Masalan,
kimyoviy reaksiya energiyasi, Quyosh energiyasi, elektr energiyasi va
hokazo.
Lekin, o‘simlik, hayvon, odam va umuman
turiklik olamining mavjud
bo‘lishi uchun muhim va zarur bo‘lgan yana bir narsa bop. U, dunyoning uchinchi
mazmuni, uchinchi eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan axborotdir
1
”.
Darhaqiqat, bu borliq ibtidosidan intihosi qadar mavjudlikning asosiy
mezonlaridan biri – axborot ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Axborot kishilik
jamiyati uchun qanchalik zarur bo‘lsa, hayvonot va nabotot olami uchun ham shu
qadar muhimdir.
Axborot shunchalik muhim kategoriya ekanki,
insoniyat uni hatto kelajak
avlodga ham to‘la-to‘kis yetkazishga imkon qidirib keladi.
1
Kushnirenko A.G., Lebedev G.V., Sxoren R.A. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. – T.: “O‘qituvchi”,
1991.
Axborotga olimlar tomonidan ta’rif berishga urinishlar ko‘p bo‘lgan,
masalan, axborot nazariyasi asoschilaridan biri Klod Shennon axborotni “narsa
haqidagi bilimlarimizda mavjud bo‘lgan noaniqlikning bartaraf etilishi” deb e’tirof
etgan bo‘lsa, kibernetka fanining asoschisi Norbert Viner axborotni “bizning va
sezgilarimizning tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash” deb
qaraydi.
Ta’kidlash joizki, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan
ta’rif berish mumkin emas, chunki informatikaning asosiy boshlang‘ich
tushunchasi bo‘lib, u juda ko‘p ma’noni o‘z ichiga oladi.
Abu Nasr Forobiy bilish jarayoni haqida quyidagicha fikr yuritadi: “bilish
ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq,
lekin biri ikkinchisisiz vujudga kelmaydi”. Ko‘rinib
turibdiki, bilishning mazkur
bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi, demak, axborot
bilishning asosini tashkil
etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy o‘zining “Ilm va san’atning fazilatlari” risolasida tabiatni bilish
jarayoni cheksiz ekanligini ta’kidlaydi, ya’ni bilim
bilmaslikdan bilishga
,
sababni
bilishdan oqibatni bilishga
,
sifatlardan mohiyatga qarab boradi
va buning asosida
ilm borgan sari ortib, chuqurlashib boradi, deydi.
Olim insonning axborotni qayta ishlash xususiyatini sezgi a’zolari bilan
bog‘liq holda vujudga kelgan tashqi talablar deb baholaydi, ya’ni uning aytishicha,
odamning ibtidosida avvalo “oziqlanish talabi” paydo bo‘lib, unga ko‘ra odam
ovqatlanadi. Shundan so‘nggi talablar “tashqi talablar” bo‘lib, ular bevosita tashqi
ta’sir natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur “tashqi talablar” besh
turli bo‘lib, ular: teri-badan sezgisi, ta’m bilish sezgisi, hid bilish sezgisi, eshitish
sezgisi va ko‘rish sezgisidir.
Agar alloma Forobiy fikrlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, axborotni qanday
tushunish mumkin, degan savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin: