1-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: O‘rin almashtirish shifrlari.
Almashtirish (podstanovka) usullarining moxiyati bir alfavitda yozilgan axborot simvollarini boshqa alfavit simvollari bilan ma’lum qoida bo‘yicha almashtirishdan iboratdir. Eng sodda usul sifatida to‘gridan-to‘g‘ri o‘rin almashtirishni ko‘rsatish mumkin. Dastlabki axborot yoziluvchi A0 alfavitning soi simvollariga shifrlovchi Aj alfavitning simvollari mos qo‘yiladi. Oddiy xolda ikkala alfavit xam bir xil simvollar to‘plamiga ega bo‘lishi mumkin.
Ikkala alfavitdagi simvollar o‘rtasidagi moslik ma’lum algoritm bo‘yicha K simvollar uzunligiga ega bo‘lgan dastlabki matn T0 simvollarining raqamli ekvivalentlarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Monoalfavitli almashtirish algoritmi quyidagi qadamlar ketma-ketligi ko‘rinishda ifodalanishi mumkin
1-qadam. [lxR] o‘lchamli dastlabki A0 alfavitdagi xar bir simvol s0 € T i=1k) ni A0alfavitdagi s0l simvol tartib raqamiga mos keluvchi h0 (s0j) songa almashtirish yoli bilan raqamlar ketma-ketligi L0h ni shakllantirish.
2-qadam. L0h ketma-ketligining xar bir sonini h1h= (k1xh0i(s0i)+k2)(modR) formula orqali xisoblanuvchi L1h ketma-ketlikning mos soni hji ga almashtirish yo‘li bilan Llh son ketma-ketligini shakllantirish, bu erda k1- o‘nlik koeffitsent; k2-siljitish koeffitsenti. Tanlangan k1k2 koeffitsentlar hoi, hij sonlarning bir ma’noli mosligini ta’minlashi lozim, hij=0 olinganida esa hij=R almashinuvi bajarilishi kerak.
1-qadam. Lih ketma-ketlikning xar bir soni hih(sli) ni [lxR] o‘lchamli shifrlash alfavitning mos Sji, € Ti(i=1k) simvoli bilan almashtirish yo‘li bilan Ti shifrmatnni xosil qilish.
2-qadam. Olingan shifrmatn o‘zgarmas B uzunlikdagi bloklarga ajratiladi. Agar oxirgi blok to‘liq bo‘lmasa blok orqasiga maxsus simvol-to‘ldiruvchilar joylashtiriladi (masalan:*).
Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
-jadval o‘lchovlari;
-so‘z yoki so‘zlar ketma-ketligi;
-jadval tarkibi xususiyatlari.
Masalan:
T0=KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
K=4x7; B=4;
Ushbu axborot ustun bo‘yicha ketma-ket jadvalga kiritiladi:
K
L
А
L
I
Y
T
А
А
YO
А
L
D
Y
D
R
Е
SH
L
А
R
R
Т
R
M
I
S
I
Natijada, 4x7 o‘lchovli jadval tashkil qilinadi. Endi shifrlangan matn qatorlar bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni o‘zimiz uchun 4 tadan belgilarni ajratib yozamiz.
KLAL_IYTA_AYAL_DUDR_YoShLA_RRTR_MISI Bu erda kalit sifatida jadval o‘lchovlari xizmat qiladi. Oddiy o‘rin almashtirish usulidan tashqari kalit yordamida o‘rin almashtirish usuli xam mavjud. Shifrlash jadvalidan kalit orqali foydalaniladi.