1-amaliy mashg‘ulot


Axborot deganda biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali borliqning



Yüklə 445,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix23.02.2023
ölçüsü445,24 Kb.
#85263
1   2   3   4   5   6
1-amaliy QXM

Axborot deganda biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali borliqning 
ongimizdagi aksi yoki ta’sirini hamda bog‘liqlik darajasini tushunamiz. 
Axborot tushunchasi bilan bir qatorda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan yana 
signal, xabar va ma’lumot tushunchalari ham mavjudki, ularga quyidagicha izoh 
berish mumkin: 
Signal (lotincha “signum” - belgi) – bu axborot tashish bilan bog‘liq istalgan 
bir jarayonni ifodalaydigan hodisadir. 
Xabar deganda uzatish uchun mo‘ljallangan muayyan shakldagi axborotni 
tushunamiz. 
Ma’lumot esa qayta ishlangan yoki qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, 
formallashtirilgan bir ko‘rinishdagi axborotdir. 
Informatikada axborot va ma’lumot tushunchalari parallel ravishda juda ko‘p 
ishlatiladi. Ta’kidlash joizki, informatika yoki kompyuter uchun axborot shunchaki 
simvolik belgilar ketma-ketligidan iboratdir (garchi u ma’noga ega bo‘lmasa ham). 
Kompyuter aynan shu axborotning rasmiy ya’ni formal bir ko‘rinishi bo‘lgan 
ma’lumot bilan ish ko‘radi, ya’ni ma’lumot – kompyuter uchun tushunarli bo‘lgan, 
muayyan vositalar yordamida rasmiy tartibga solingan axborotdir. 


 
Axborotlarning tuzilishi, turlari, shakllari va turkumlanishi. Inson 
hayotini axborotsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axborotning esa hayotda har xil 
ko‘rinishlari va turlari bor. Ma’lumki, har bir inson moddiy ne’matlar bilan birga 
ular haqidagi axborotlarni ham bilishi zarur. Inson o‘zining qo‘li orqali jismning 
qattiq va yumshoqligini, tili orqali ovqat ta’mini, burni orqali har xil hidlarni 
sezadi, quloqlari orqali har xil tovushlarni eshitadi, ko‘zi orqali turli shakllar, 
manzaralar va ranglarni ko‘radi, umumiy qilib aytganda, sezgi a’zolari orqali turli 
axborotlarni oladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, axborotni hayotdan har xil 
ko‘rinishlarda olish mumkin ekan. Masalan: 

rasm, chizma, yozuv va fotosurat ko‘rinishida; 

nur yoki tovush signallari ko‘rinishida; 

radioto‘lqinlar ko‘rinishida; 

elektr va nerv impulslari ko‘rinishida; 

magnit yozuvlari ko‘rinishida; 

mimika ko‘rinishida; 

hid va ta’m sezgisi korinishida; 

xromosomalar ko‘rinishida va hk. 
Informatikada narsalar, jarayonlar, moddiy va nomoddiy xususiyatli 
hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari 
deb ataladi. 
Axborot ko‘rinishlardan tashqari shaklan turlarga ham ajratiladi: uzluksiz va 
uzlukli. Uzluksiz axborotlar analog axborotlar deb ham ataladi. Analog 
axborotlarga ob-havo holati yoki vaqtni misol keltirish mumkin. Ammo shunday 
jarayonlar ham borki, ular to‘g‘risida hamma vaqt ham axborot ololmaymiz. 
Masalan, faqat soat va minutlarni ko‘rsatadigan soat yordamida sekundlarni bilib 
bo‘lmaydi. U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko‘rsatadi, xolos. Inson hayoti 
uzluksiz axborotga misol bo‘lsa, uning yurak urishi, nafas olishi uzlukli axborotga 
misol bo‘ladi. 
Analog axborot 
 
Diskret axborot 
Uzlukli axborotlar fanda diskret yoki raqamli axborot deb yuritiladi. Amaliy 
jihatdan zamonaviy kompyuterlarning deyarli barchasu aynan raqamli axborotlar 
bilan ish ko‘radi. Shu bois kompyuterda ifodalanadigan ma’lumotlar 0 hamda 1 
lardan iborat butun sonlar ko‘rinishida bo‘ladi. 
Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar 
axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborotlar ustida bajariladigan amallarga 
quyidagilar kiradi: 


1) hosil qilish; 
6) qabul qilish; 
11) eslab qolish; 
16) formallashtirish
2) to‘plash; 
7) o‘lchash; 
12) tarqatish; 
17) kodlash; 
3) izlash; 
8) qayta 
ishlash; 
13) bo‘laklash; 
18) buzish; 
4) saqlash; 
9) nusxalash; 
14) 
soddalashtirish; 
19) ishlatish; 
5) uzatish; 
10) his etish; 
15) birlashtirish; 20) boshqa ko‘rinishga 
o‘tkazish. 
To‘plangan axborotlardan kerak bo‘lganda foydalanish uchun ularni saqlab 
qo‘yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, 
magnit tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular 
axborot tashuvchi vositalar deb yuritiladi.
Axborotlarni qayta ishlash deganda, bir axborotdan biror-bir amal bajarib 
boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotni qayta ishlash axborotlarni 
ko‘paytirish va ko‘rinishlarini o‘zgartirish uchun zarurdir. 

Yüklə 445,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin