Muammoli ta'limning asosiy maqsadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda muammoli ta'limning ilmiy-nazariy asoslari haqida gap borganda, uni ta'limning metodi, printsipi yoki alohida tizim deb hisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta'limni qanday nomlashdan qat'iy nazar uning asosiy hususiyati - bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiy izlanish, o’zi uchun yangi bilim, ko’nikma va malakalarni kashf etishdan iboratdir. Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo’li bilan egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalaryig’indisiga muammoli ta'lim deyiladi. Respublikamizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta'lim jarayoniga tatbiq etilishi muammoli ta'limni hozirgi sharoitda dolzarb pedagogik masalaga aylantirdi.
Muammoli ta'lim o’zining maxsus tushunchalariga ega bo’lib, ularning mohiyatini bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda tashkil etib bo’lmaydi.
Muammoli ta'lim quyidagi asosiy tushunchalarga ega:
Muammo
Muammoli savol
Muammoli vazifa
Muammoli topshiriq
Muammoli vaziyat
Muammoli ta'limning asosiy tushunchalariga izoh berishdan oldin, tayyor bilimlarni o’qituvchi tamonidan berilishi yoki o’quvchining mustaqil egallashini izohli- ko’rgazmali metodi natijasi sifatida aniq tasavvurlar hosil qiladigan, ongda saqlanadigan, zarur bo’lganda qayta tiklanishini aniqlaydigan axborot shaklidagi savolni tushunish o’rinlidir.
Axborotshaklidagisavol: tayyor javobi bo’lgan, xotiradagi bilimlarga tayanib echimi topiladigan holat bo’lib, “ nima, kim, qachon, qayerda, qanday, qancha, qaysi, ..? ” kabi so’roqlar asosida javobi aniqlanadi.
Muammoli ta'limning dastlabki tushunchasi muammo hisoblanadi.
Muammo yunoncha “problem” so’zidan olingan bo’lib, vazifa, topshiriq degan ma'no-ni anglatadi.
Tayyor javobi bo’lmagan, o’rganish, tadqiq etishni talab qiladigan nazariy yoki amaliy masala muammo hisoblanadi.
Inson hayoti va faoliyati jarayonida cheksiz muammolarga duch keladi. Shaxsiy muammolar, ijtimoiy muammolar, turmush muammolari, talim-tarbiya muammolari va boshqalar. Bularning har biri o’ziga xos echim yo’llariga ega. Ta'limiy muammolar bilim oluvchidan aqliy operatsiyalarni bajarishni talab etadi. Bu operatsiyalar muammoli holatning xususiyatidan kelib chiqib, bir-biridan farq qiladi. Muammoli savolda bajariladigan aqliy operatsiya muammoli vazifanikidan, muammoli topshiriqda bajariladiganlari muammoli vaziyatnikidan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Muammoli ta'limning keyingi asosiy tushunchasi muammoli savol sanaladi. Muammoli savol axborot shaklidagi savoldan farqli o’laroq tafakkur qilish yo’li bilan izlangan noma'lumni topishni ta'minlaydigan so’roq bo’lib alohida holda, muammoli vaziyat va vazifalarning tarkibida bo’lishi mumkin. Muammoli savolga fikr yuritish orqali javob topiladi. “Nima uchun, nima sababdan, buni qanday tushunsa bo’ladi, bundan qanday xulosa chiqarish mumkin...? “ kabi so’roqlar muammoli savol paydo bo’lishini ta'minlaydi. Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari mavzusi yuzasidan quyidagi savolni muammoli deb tavsiya etish mumkin:
- Pedagogika faniga turlicha ta^riflar berilgan. “Pedagogika tarbiya haqidagi fandir" - degan ta'rif ko’p uchraydi. Siz shu qoidaga qo’shilasizmi yoki qo’shilmaysizmi? Siz qanday ta^rifni pedagogika fani uchun eng ma'qul deb sanaysiz? O'zingizgayoqqan ta^rifni izohlab bering. Bir nechta echimini kutayotgan muammoli savolning bir-biriga bog’liq holda qo’yilishi muammoli vazifani keltirib chiqaradi. Muammolivazifa sharti aniq bo’lgan, kimdir tamonidan hosil qilingan, javobini topish doirasi cheklangan didaktik tushunchasidir.
Muammoli vazifaning mazmuni bilim oluvchiga aniq bo’lgan masalaning noanig’i bilan ziddiyatlashuvidan iboratdir. Noaniq topilishi zarur bo’lib, izlanishni, fikrlashni, mantiqiy hulosalar chiqarishni ta'minlaydi. Muammoli vazifa albatta vazifa beruvchi tomonidan hosil qilinadi.
Pedagogika fanining ta'lim metodlari mavzusi yuzasidan talabalar uchun o’qituvchi tomonidan quyidagi muammolivazifalar belgilanishi mumkin: