Maxsus qo‘llaniladigan usullar
Paxta tolasi kam namuna asosida asbob yordamida sinashning an’anaviy usullari, bunda paxta tolasining turli toylaridan yoki tekshirilayotgan andazaning turli joylaridan tanlab olingan namunalar miqdorini ko‘p marotaba o‘rtacha holga keltirish va kamaytirish yo‘li bilan sinov namunasi olinadi. Ko‘p mehnat va vaqt talab qilishi, sinalayotgan namunaning kam miqdolri bilan ajralib turuvchi bu usullar paxta xom-ashyosini baholashda, seleksiyachilar ishida paxta zavodlarida va to‘qimachilik korxonalaridagi texnologik jarayonni nazorat qilishda qo‘llaniladi.
Mikroneyr ko‘rsatkich (Mic) –paxta tolasi namunasining havo o‘tkazuvchanligiga qarab tolaning ingichkaligi va pishib etilganlik ko‘rsatkichi.
Yuqori o‘rtacha uzunlik (UHM) Upper Half Mean Length - tekshirilayotgan namuna massasining yarmini tashkil qiluvchi eng uzun tolalarning o‘rtacha uzunligi bo‘lib, dyumda yoki mm da ifodalanadi.
Solishtirma uzulish kuchi (Str) Strength –paxta tolasining pishiqligi bo‘lib, kalibrlanuvchi paxtaning HVI graduiprovkasida gs/teks sN/Teks da ifodalanadi
Tresh kod (T) Trash Code –notolaviy aralashmalar bilan ifloslanganlik ko‘rsatkichi iflos aralashmaning maydonini 10 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan iflos aralashmalar maydonining ulushi 0,4 % bo‘lsa Tresh codc 4 bo‘ladi.
Uzulishdagi uzayish(Elg) HVI tizimidagi dinomometrda tolaning uzulishdagi uzayishi % da ifodalanishi.
Sarg‘ishlik darajasi (+b) Yellowncs-sinalayotgan namuna tarkibida sarg‘ishlik darajasi.
Dostları ilə paylaş: |