1-amaliyot ishi
Mavzu: Paxta tolasi standartidagi ko‘rsatkichlar meyorlari va ularning ishlab chiqarishdagi ahamiyati.
Ishdan maqsad: Paxta tolasi standartidagi ko‘rsatkichlar meyorlari va ularning ishlab chiqarishdagi ahamiyati o’rganish.Klassyorlik usuli, HVI usuli, Maxsus qo‘llaniladigan usullarini o’rganish.
Amaliyot ishi uchun kerak bo’ladigan anjomlar va materiallar: O’zDst 604 -2016 , HVI-1000 sistemasining prospekti.
Topshiriq
1. Paxta tolasiga beligilangan standartlar
2. Maxsus qo‘llaniladigan usullar
Paxta tolasiga beligilangan standartlar
Amliy ishini bajarish uchun paxta tolasiga belgilangan GOSTlar:
O’zDSt 581-2002 Paxta tolasi. Paxtani qayta ishlash. Atama va ta’riflar
O’zDSt 614-2014 Paxta tolasi. Namuna tanlab olish usullari.
O’zDSt 618-2014 Paxta tolasi. Pishib etilganligini aniqlash usullari.
O’zDSt 619-2014 Paxta tolasi. Solishtirma uzulish kuchini aniqlash usullari.
O’zDSt 620-2014 Paxta tolasi. CHiziqli zichlik va mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash usullari.
O’zDSt 629-2010 Paxta tolasi. Rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash usullari
O’zDSt 632-2010 Paxta tolasi. Nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini aniqlash usullari.
O’zDSt 633-2010 Paxta tolasi. Uzunlikni aniqlash usullari.
O’zDSt 634-2010 Paxta tolasi.Namlikning massaviy ulushini aniqlash usullari.
O’zDSt 841-2016 Paxta tolasi, paxta momig‘i, paxta tozalash korxonalarining ulyuk aralashgan chiqindilari va paxtaning kalta momig‘i aralashgan chiqindilari. Joylab o‘rash, markalash, tashish va saqlash.
O’zDSt 2861:2014 Paxta va paxta tolasi. Shiradorligini baholash metodikalari.
O’zDS EN 14278-1:2012 To’qimachilik xom ashyosi. Paxta tolasining shiradorligini aniqlash. 1-qism: Qo’l termodetektori bilan aniqlash usuli
O’zDSt 604-2016 Paxta tolasi. Texnikaviy shartlar. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tamonidan 2011 yil 23.08.№05-782 sonli qarori bilan tasdiqlandi va amalga kiritildi.
Paxta tolasi klassyorlik usulda, maxsus usulda va HVI usullar orqali baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |