1-Amaliyot ishi



Yüklə 15,88 Mb.
səhifə3/6
tarix22.09.2023
ölçüsü15,88 Mb.
#147111
1   2   3   4   5   6
Amaliyot ishi

6-Amaliyot ishi


  1. Soat 8:00 dan 10:00 gacha ishxonamizda maxsus kiyimlari va maxsus oyoq kiyimlarini amal qilish muddatlari tekshirganimizda muddatidan o`tgan eski maxsus kiyimlarni omborga topshirishini aytib o`rniga yangi kiyim olishi uchun qog`oz yozib berdik.

  2. Soat 10:00 dan 12:00 gacha ishxonamizga noxush xabarlar haqida xat keldi u bilan yaqindan tanishib chiqdik va ishchi xodimlarni tanishtirish uchun ularning ustalari (master) va prorablarini chaqirib xatni o`qib berdik.

  3. Soat 13:00 dan 15:00 gacha ishchi xodimlarning kiyinib yechinishi uchun qilingan dushlarini tekshirishga bordik va u yerda kamchiliklarni yozib oldik.Ishchilarga kiyinishi uchun bir dona shkaf bor ekan talab bo`yicha eski kiyimi uchun va yangi kiyimi uchun bir donadan shkaf bo`lmaganligi uchun usta va prorablarga ogohlantirish berdik.

  4. Soat 15:00 dan 17:00 gacha mehnat muhofazasi muhandisi bilan yig`ilishga kirdik u yerda hafta davomida bo`ladigan ishlar haqida gaplashildi.Hafta davomida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini buzgan odamlarga tushuntirish ishlari olib borolishi usta va prorablarga aytildi.


7-Amaliyot ishi


  1. Soat 8:00 dan 10:00 gacha Mehnatni muhofaza qilish bu tegishli qonun va boshqa meʻyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʻminlashga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat ekanligini tushuntirdi.

  2. Soat 10:00 dan 12:00 gacha Korxona, tashkilot va tashkilotlarda xodimlar va atrof-muhitga ta’sir etuvchi zararli omillarni kamaytirish, sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish, bu borada ish beruvchilarning mas’uliyatini zamon talablari darajasida oshirish, zararli ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan shahodatdan o‘tkazish haqida dars bo`lib o`tdi.

  3. Soat 13:00 dan 15:00 gacha xavfli ishlab chiqarish obyektlarida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini ta’minlash, ishlovchilarni maxsus kiyim, poyafzal hamda jamoaviy himoya vositalari, davolash-gigiyena mahsulotlari bilan bepul ta’minlanishi bo‘yicha davlat va jamoat nazoratini olib borishda hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi” doirasida “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

  4. Soat 15:00 dan 17:00 gacha Har bir xodim, shu jumladan rahbarlar ishga qoʻyilishidan oldin mehnatni muhofaza qilish va ishni bexatar olib borish boʻyicha yoʻriqlardan oʻtkazildi va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lozim ekanligi aytib o`tildi. Xodimlar oʻzlarining malakasi va ish stajidan qatʻiy nazar, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha ish joyida “Dastlabki” va har 6 oydan oshib ketmagan muddatda “Davriy” yoʻriq olishlari haqida aytib o`tdik.



Yüklə 15,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin