ESSE
Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so’nggi rusumdagi o’quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog’liq. SHaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati. demokratik isloqotlarga intiluvchanligi belgilangafl maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi".
Yurtboshimiz o’zlarining "Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch" asarlarida haqli ravishda ta'kidlaganlaridek ’’Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'isa, kasblarning ichida eng sharatlisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”1.
Chindanda o’z ertangi kelajagiga betarq bo’lmagan millat, yorug’ va farovon kunlarini uning egalari bo’lmish yosh avlod istiqbolida ko’rgan millat ta'lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi.
Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun egalari bo’lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo’lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o’z navbatida o’ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.
Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so’nggi rusumdagi o’quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog’liq. SHaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati. demokratik isloqotlarga intiluvchanligi belgilangafl maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashatirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda SHarqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
Barkamol avlod haqida so’z borganda, o’tgan yillar davomida katta kuch va mablag’ hisobidan ta'lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo’lishi kerak, deb o’ylayman Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug‘dirishiiing ahamiyatini chuqur anglab olishuraz lozim Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to’g’risida"gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni (1997 yil 29 avgust) ro’yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta'limning yangi modeli yaratiladi. Bundan ko’zlangan maqsad ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi.
Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag’lar haqida gapirar ekanmiz, ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz, farzandlarimizning baxti uchun mehnat qilish, fidoiylik ko’rsatish - bu barchamizning muqaddas burchimizdir
shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi;
davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta'lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan tbydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo’lishini va hayot o’zgarishlariga moslashuvchanligini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |