Reja:
I.KIRISH.
1.Analog qurilma.
2.Analog elektron qurilmalar guruhlari.
3.Analog operatsiyalar turlari.
II.ASOSIY QISM.
1.Analog qurilmalar sxemotexnikasi.
2.Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari
3.Kuchaytirgich kaskadlarning kuchaytirish sinflari.
4.Kuchaytirgichlarda teskari aloqa.
III.XULOSA.
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .
KIRISH
Analog qurilma.Analog qurilma , shuningdek analog uskuna bu analog signallar bilan mo’ljallangan uskunalardir
Analog elektron qurilmalar (AEQ) elektron qurilmalar asosida ishlab chiqarilgan analog elektr signallarni kuchaytirish va qayta ishlash mo’ljallangan qurilmalardir.
Analog signal uzluksiz funksiya bo’lib ,turli vaqtlarda cheksiz miqdordagi qiymatlarga ega bo’ladi.Eng keng tarqalgan analog signal bizning nutqimiz tovushlari hisoblanib , osillogrammalarda turli xil , g’alati shakllarga ega bo’ladi . Analog signallar ular tasvirlangan fizik jarayonlar bilan bir xil qonunga muvofiq o’zgaradi.
Aanalog elektron qurilmalar guruhlari
Analog elektron qurilmalarni tasniflash mumkin bo’lgan quyidagi ikki yirik guruhga ajratish lozim:
Kuchaytirgichlar – quvvat manbai energiyasi hisobiga yangi signal hosil qiladigan qurilmalar bo’lib , bunda berilgan signalning aniq nusxasi ko’proq yoki kamroq ko’rinishda bo’ladi . Biroq bunda oqim kuchlanish yoki quvvat hisobi bo’yicha oshib ketishi mumkin.
Kuchaytirgichlarga asoslangan qurilmalar. Bular asosan elektr signallari va qarshiliklarning konventorlari hisoblanadi.
Elektr signallarini o’zgartirgichlar (faol analog signallarini qayta ishlash qurilmalari ) kuchaytirgichlarga asoslangan bo’lib signallarni mahsus qayta aloqa zanjirlari bilan bevosita ishlatish yoki ularni ma’lum bir tarzda modifikatsiyalash orqali amalga oshiriladi . Bu jarayonda yig’ish, ayirish , lagorifm , antilogarifm , filtrlash , aniqlash , ko’paytirish , bo’lish , taqqoslash va boshqa amallar bajariladi .
Dostları ilə paylaş: |