Inversiyalaydigan sxemalarda kirish kuchlanishining kichik qiymatlariga katta chiqish kuchlanishlari to’g’ri keladi .
Inversiyalanmaydiganlarda esa , kichik kirish kuchlanishlariga kichik chiqish kuchlanishlar to’g’ri keladi . Inversiyalaydigan sxemalarning an’anaviy uzatish xarakteristikasi ko’rsatilgan . Elektron sxema elementlari parametrlarining tarqoqligi , temperaturaga bog’liqligi yoki eskirishi hisobiga uzatish xarakteristika deformatsiyalanadi va u uch xil ko’rinishdan biriga ega bo’ladi .
Kuchaytirgich kaskadlarda uzatish xarakteristikasining A va V nuqtalari orasidagi uzluksiz kvaz chiziqli ishchi sohasi ishlatiladi . Kirish va chiqish signallari ko’rsatilgan soha chegarasida ixtiyoriy qiymatlarni qabul qilishi mumkin . Demak , kuchaytirgich kaskadi , ya’ni analog sxemalar ham , parametrlar tarqoqligiga , ularning temperatura ta’sirida o’zgarishiga hamda vaqt hisobiga eskirishi natijasida shovqinlarga va xalaqitlarga sezgir .
Shovqinlar dep elektron asboblarda tok va kuchlanishning tasodifiy o’zgarishlari tushiniladi . Shovqinlar barcha raqamli elektron analoglarga xos va ularni butunlay yo’qotib bo’lmaydi . Shovqinlar tebranishlarning amplitude va chastota fluktuatsiyalariga sabab bo’ladi (tasodifiy o’zgarishlar) , axborot uzatishda xatoliklarga olib keladi va elektron asbobning sezgirligini belgilaydi . Tashqi halaqitlar (kuchlanish manbai pulsatsiyalarni va elektromagnit maydon ) ham shunday natijaga olib keladi .
Tranzistorli elektron kalitlarda kirish va chiqish signallari (kuchlanish) faqat ikkita qiymatga ega bo’ladi . Uzatish harakteristikasining A va B nuqtalar orasidagi turli ko’rinishlarida chiqish signallari amalda o’zgarmas qoladi . Demak , kalitlar va ular asosidagi raqamli sxemalar parametrlar tarqoqligiga , ularning temperature ta’sirida o’zgarishiga va eskirishiga , shuningdek shovqin va halaqitlarga sezgir emas . Shuning uchun zamonaviy elektronika – integral mikroelektronika bo’lib , unda raqamli integral elektron tizimlarga hal qiluvchi o’rin berilgan .
Shunday bo’lishiga qaramasdan raqamli elektron tizimlar analog tizmlar o’rnini butunlay egallay olmaydi , chunki tabiatda kechadigan jarayonlar (birlamchi axborot)uzluksiz qonuniyat bo’yicha sodir bo’ladi va insonning axborot qabul qiluvchi , retseptor apparati analog o’zgartirgich kabi ishlaydi
Demak , signallarni o’zgartirisgning boshlang’ich va oxirgi bosqichlari analog bo’lmasligining iloji yo’q .
Analog elektronika (Signalni o’zgartirish turlari) .Analog signallarga ishlov berilganda ular kuchaytirilishi , ko’paytirilishi , solishtirilishi , qiymati chegaralanishi chastotasi filtrlanishi va boshqa o’zgarishlarga uchrashi mumkin . Kuchaytirish , solishtirish , ko’paytirish kabi signal o’zgarishlar keng ko’lamda ishlatiladigan , sanoatda seriyali ishlab chiqarilayotgan analog integral mikrosxemalar (AIS) yordamida amalga oshiriladi .
Kuchaytirish deganda siganal (kuchlanish yoki tok) amplitudasi , kuchlanish manbai energiyasini chiqish signali energiyasiga o’zgartirilishi hisobiga chastotalarning chegaralanmagan oralig’ida nochiziqli buzilishlarsiz Ku marta ko’paytirish tushiniladi . Signallarni kuchaytirish operatsion kuchaytirgich (OK) lar videochastotalarning keng polosali va YuCh kuchaytirgichlar yordamida amalga oshiriladi .