Noorganik moddalarning sinflarga bo’linishi va ularning nomlari mavzularini o’qitish metodikasi Reja: 1.Anorganik birikmalarning asosiy sinflari. 2.Elementlarning tabiatda tarqalishi. 3.Oddiy modda.Allotropiya. Anorganik birikmalarning asosiy sinflari. Kimyo moddalar va ularning o’zgarishlari haqidagi fan ekanligi bilan yuqorida tanishib chiqdik. Modda nima ? degan savol bilan ham tanishdik. Endi anorganik birikmalar (anorganik moddalar) ning asosiy sinflari bilan tanishishni boshlaylik.Barcha anorganik birikmalar dastlab 4 ta guruhga bo’linadi. Kimyoviy element.Ma’lum yadro zaryadlari bilan tavsiflanadigan atomlar turiga kimyoviy element deyiladi.
Musbat yadro zaryadlari bir xil atomlar turiga kimyoviy element deyiladi. Yoki yadrosining musbat zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turiga kimyoviy element deyiladi. Kimyoviy element – yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning alohida turidir. Kimyoviy elementga qanday ta’rif berishimizdan qat’iy nazar uni tavsiflaydigan asosiy belgi uning yadro zaryadidir. Masalan, kislorod kimyoviy elementining hamma atomlari yadro zaryadlari 8 ga teng, yoki yadro zaryadi 8 ga teng bo’lgan faqat birgina kislorod elementi tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda musbat yadro zaryadlari bir – biridan farq qiladigan 105 ta atomlar turi, yoki 105 ta kimyoviy elementlar ma’lum. (Ko’pchilik darsliklarda kimyoviy elementlar soni 108 yoki 110 deb ko’rsatilgan, ammo IUPAC tomonidan tasdiqlanib, davriy jadvallarda berilgan elementlar soni 105 tadir). Nisbatan kam sondagi kimyoviy elementlar ulkan sondagi moddalarni hosil qiladi. Har bir element belgiga va nomga ega. elementlarning belgilari to’g’risida sal keyinroq to’xtalamiz. Kimyoviy belgilar (simvollar) – quyidagi axborotlarni beradi: kimyoviy element – R fosfor elementi, modda miqdori – 1 mol kimyoviy elementga muvofiq NA=6,02·1023 zarracha, 1 mol kimyoviy element massasi 31 g ga teng.