Ko’pchilik kimyoviy elementlar buyuk olimlar (elementni ochgan olimning) nomi bilan ataladi. Masalan; 96 Cm - Kyuriy, 97 Bk - Berkliy, 99 Es - eynshteyniy, 100 Fm - Fermiy, 101 Md - Mendeleeviy, 102 No -Nobeliy, 104 Ku - Kurchatoviy, 105 Ns -Nil’sboriy Ayrim kimyoviy elementlar mamlakatlar (vatan) nomi bilan ataladi.
Masalan, 87Fr-Frantsiy (Fransiya), 84Ro-Poloniy (Polsha), 44Ru-Ruteniy (Rossiya), 15Am-Ameritsiy (Amerika), 32Ge-Germaniy (Germaniya).
92U-uran, 93Np-Neptuniy, 94Pu-Plutoniy planetalar nomi bilan atalgan.
52Te-Tellur (Tellos – lotincha – yer) yer sharafiga, 34Se-Selen (selenium – lotincha – oy) oy sharafiga qo’yilgan.
Metallar o’z navbatida qo’yidagiga bo’linadi: Ishqoriy – Li, Na, K, Rb, Cs, Fr. Ishqoriy-yer – Ca, Sr, Ba, Ra. Siyrak-er – Sc, Y, La va lantanidlar, As- va aktinidlar. Metalmaslar ham bo’linadilar: Inert (asl) gazlar – He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn Galogenlar – F, Cl, Br, I, At Xalkogenlar – O, S, Se, Te Pniktogenlar – N, P, As Metalmaslarga – H, B, C, va Si lar ham kiradi. Kimyoviy elementlarni metallar va metalmaslarga bo’linishi ma’lum darajada shartli. Masalan, Cr, Mn, Zn - tipik metallar, ammo ular ayrim birikmalarida – CrO3, Mn2O7 tipik kislotali oksidlar, ularga muvofiq keladigan H2CrO4, HMnO4, H2ZnO2 kislotalarda ular o’zlarini tipik metalmaslardek tutadilar. Bir birikmada o’zini metalmasdek tutgan element ikkinchi birikmada metaldek tutadi yoki aksincha.Boshqa tomondan yod (I) tipik metalmas, ammo oddiy modda holida I2 ayrim metallik (qattiqlik, yaltiroqlik) xossalarini namoyon qiladi. Shuning uchun ko’pincha I2 metallik yod deb ham ataladi.
Elementlarning tabiatda tarqalishi. Kimyoviy elementlarning muhim xususiyatlaridan biri ularning tabiatda, ya’ni yer sharida, qobig’ida (ery qobig’i deganda litosfera 17 km gacha chuqurlikka olingan yerning qattiq po’stlog’i, gidrosfera deganda dengiz va okeanlar suvi sathidan 15 km gacha chuqurlik, atmosfera deganda 15 km gacha balandlikdagi havo qatlami tushuniladi) tarqalganligidir. Shu kungacha bizga ma’lum bo’lgan 105 ta elementdan 88 tasi tabiatda topilgan (qolganlari laboratoriyalarda sun’iy usulda olingan), lekin ularning yer qobig’ida tarqalganligi turlichadir. Kosmosda eng ko’p tarqalgan elementlar vodorod va geliydir. Havoda eng ko’p tarqalgan elementlar azot hajm jihatidan – 78,1% va kislorod – 20,8%. Kimyoviy elementlarning yer qobig’ida tarqalishiga Klark deyiladi (Klark – amerikalik geokimyogar).