«Aqliy hujum» metodidan foydalanilganda ta‘lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi. Shu jumladan, ta‘lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta‘lim oluvchilarda o‘z fikrini faqat og´zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish maxorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko´nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baxolanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli g´oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta‘lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. «Aqliy hujum» metodi ta‘lim beruvchi tomonidan quyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi
Ta‘lim oluvchilarning boshlang´ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib quyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
Ta‘lim oluvchilarning boshlang´ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib quyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan boglash yangi mavzuga utish qismida amalga oshiriladi.
Utilgan mavzuni mustaxkamlash mavzudan sung, darsning mustaxkamlash qismida amalga oshiriladi.
«Aqliy hujum»metodining tuzilmasi
«Aqliy hujum» metodining bosqichlari:
Ta‘lim oluvchilarda savol tashlanadi va ulardan ushbu savol bo´yicha o‘z javoblari (fikr, goya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
Ta‘lim oluvchilar savol bo´yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishadi.
Ta‘lim oluvchilarning fikr- g´oyalari (magnitofondan, videotasmadan rangli qog‘ozlarda yoki doskada) to´planadi.
Fikr-g´oyalar ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlanadi.